Ledli King "Tottenxem"da Mourinyuning murabbiylar shtabiga kirishi mumkin
25 iyu 2020 11:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583021_original.jpg)
![](/upload/storage/583021_220.jpg)
Ledli King "Tottenxem"da Mourinyuning murabbiylar shtabiga kirishi mumkin
"Tottenxem" sobiq sardori Ledli King jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuning shtabidagi ish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Portugaliyalik murabbiyning yordamchilaridan biri Rikardu Formozinyu oldinroq klubni tark etgan edi.
King Formozinyuning o'rnini egallamaydi. Aniq majburiyatlar borasida hali gaplashilmadi. Ammo, u "Tottenxem"ning o'yinlarga va aniq raqiblarga qarshi bahslari oldidan yordam beradi.
King 2012 yildan buyon "Tottenxem" elchisi lavozimida faoliyat yuritdi. Sobiq himoyachi o'zining butun faoliyati davomida "shporlar" tarkibida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar