Leau "Milan"ning shartnomani uzaytirish borasidagi ilk taklifini rad etdi
16 iyu 2022 16:53
Yangiliklar
Leau "Milan"ning shartnomani uzaytirish borasidagi ilk taklifini rad etdi
"Milan" hujumchisi Rafael Leau klubning shartnomani uzaytirish borasidagi ilk taklifiga rad javobini berdi.
Klub 23 yoshli portugaliyalik futbolchiga 2026 yilga qadar shartnoma va sezilarli darajada yuqorilagan maosh taklif qildi, ammo o'yinchi va uning vakillari rad javobini berdi.
Leauning agentlari transfer oynasi yopilganidan so'ng muzokaralar stoliga o'tirishga tayyorlar.
Hujumchi o'tgan mavsum "Milan" tarkibida 42ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 12ta assist qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar