Le Gre FFF rahbari lavozimidan chetlatilganidan so'ng yig'lab yubordi
12 jan 2023 17:48
Yangiliklar
Le Gre FFF rahbari lavozimidan chetlatilganidan so'ng yig'lab yubordi
U hech qanday yomon ish qilmaganini takidlamoqda.
Franciya Futbol Federaciyasi rahbari lavozimidan chetlatilganidan keyin ko'zyosh to'kdi.
FFF Ijroqo'mi Noel Le Greni istefoga chiqarishga qaror qildi. Tashkilot vice-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Filipp Diallo Franciya Futbol Federaciyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi bo'ldi.
"RMC Sport" xabariga ko'ra, 81 yoshli Le Gre ijroiya qo'mita yig'ilishida yig'lab yubordi va "hech qanday yomon ish qilmagani"ni aytib, qasam ichdi.
Eslatib o'tamiz, Le Gre Zinedin Zidan haqidagi so'zlari uchun tanqid qilingan edi. SHuningdek, FFFning sobiq xodimlari uni nomaqbul xatti-harakatlarda ayblagan.
Fikrlar