“Laxviya” qizil, “Bunyodkor” oq libosda o'ynaydi
07 apr 2015 19:47
Yangiliklar

“Laxviya” qizil, “Bunyodkor” oq libosda o'ynaydi
“Laxviya” – “Bunyodkor” bahsi oldidan har ikkala jamoa vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda jamoalarning ertangi bahsda qanday rangli liboslarda to'p tepishiga ham oydinlik kiritib olindi. Unga ko'ra, mezbonlar “Laxviya” futbolchilari qizil, “Bunyodkor” azolari esa oq rangli kiyimlarda maydonga chiqib kelishadi. Hakamlar guruhi esa sariq rangli liboslarda harakat qilishadi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo CHempionlar ligasi 4-turi doirasidagi “Laxviya” – “Bunyodkor” uchrashuvi 8 aprel kuni Dohadagi “Abdulloh bin Halifa” stadionida soat 18:30da (Toshkentda 20:30 bo'ladi) boshlanadi.

Fikrlar