Lautaroning agenti: "U "Inter" loyihasining asosiy bo'lagi"
17 avg 2021 00:35
Yangiliklar
Lautaroning agenti: "U "Inter" loyihasining asosiy bo'lagi"
"Inter" futbolchisi Lautaro Martinesning agenti Alexandro Kamano mijozi jamoada qolishni istayotganini malum qildi.
"Lautaro "Inter"da qolishni istamoqda. U klub loyihasiga ishonadi va yana bir skudetto yutishni istamoqda. Lautaro loyihaning asosiy bo'lagi.
"Inter" vakillari bilan uchrashuv chorshanba kuni bo'ladi. Uning jamoada qolishi uchun barcha ishni qilamiz. Martinesga Milan shahri yoqadi. U jamoadoshlari va murabbiylari bilan yaxshi munosabatda.
Lautaro pul haqida o'ylamayapti. Bu bilan agentlar shug'ullanadi. Aytishim mumkinki, odamzod istalgan holatga ko'nikib keta oladi", - dedi Kamano.
Fikrlar