Lautaro Martinesning agentlari "Barselona" vakillari bilan uchrashadi

Alisher
10 dek 2019, 11:54
Tez orada "Inter" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Kataloniyaliklar Milanda Lautaro Martinesning agenti bilan muzokaralar o'tkazishadi.

"Barselona" 22 yoshli forvardni yanvarda 33 yoshni qarshilaydigan Luis Suaresning o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda.

Martinesning "Inter" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Lautaroga shuningdek "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football.ua