Lautaro Martines: "Messi - dunyoning eng zo'r o'yinchisi. U barcha uchun namuna, biz undan o'rganishimiz kerak"
26 iyu 2021 08:16
Yangiliklar
Lautaro Martines: "Messi - dunyoning eng zo'r o'yinchisi. U barcha uchun namuna, biz undan o'rganishimiz kerak"
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines Argentina terma jamoasidagi sherigi Lionel Messi haqida gapirdi.
"Messi - dunyoning eng yaxshi o'yinchisi. U bizniki, argentinalik. Messi maksimum darajada mashg'ulot qiladi, u barcha uchun namuna.
Messi boshqa o'yinchilar qilmayotgan barcha ishni qiladi. Biz bunday huzur olishimiz va undan o'rganishimiz kerak.
Men 20 yoshligimda u bilan terma jamoada bo'lgan birinchi kunimni esimdan chiqarmayman. U meni qabul qilgandi. Men uning qanday mashg'ulot qilganini ko'rgandim va aytgandimki, bu orzu.
Messi Amerika Kubogidagi g'alabadan juda ham mamnun, biz unga yutqazilgan finallardan keyingi ochlikni qondirishga yordam berdik. Endi u yutdi va men u uchun juda ham mamnunman", - deydi Martines.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar