Lautaro Martines kelajagini "Inter"da ko'rmoqda
21 may 13:50
Yangiliklar
Lautaro Martines kelajagini "Inter"da ko'rmoqda
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines "Inter" bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Bu haqida futbolchining o'zi xabar berdi.
"Biz "Inter" bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibmiz. Hozirda faqatgina bazi detallarni kelishib olish qoldi. O'zimga qolsa, shu haftaning oxirigacha barchasi hal bo'lardi. Lekin biroz ko'proq vaqt kerak bo'ladi chog'i".
Martines 2018 yildan buyon "Inter" sharafini himoya qiladi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan. "Neradzurri" safida 26 yoshli forvard 282 o'yinda ishtirok etib, 129 ta gol urgan va 43 ta golli uzatma etkazib bergan.
Fikrlar