Lautaro Martines "Inter"dagi faoliyatini davom ettirmoqchi
02 iyu 2022 17:38
Yangiliklar
Lautaro Martines "Inter"dagi faoliyatini davom ettirmoqchi
"Inter" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines kelajagi haqida nimalarni o'ylayotgani haqida gapirdi.
24 yoshli forvard faoliyatini Milan klubida davom ettirishni xohlaydi.
"Rejam aniq: rostini aytsam kelasi mavsum "Inter"da qolmoqchiman. Hali bu borada klub bilan gaplashmadim, ammo "Inter"da o'ynashda davom etishni xohlayman", - deydi Martines.
Argentinalikning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar