Lautaro Argentina safidagi gollar bo'yicha Maradonaga etib oldi
20 noy 2024 15:44
Yangiliklar


Lautaro Argentina safidagi gollar bo'yicha Maradonaga etib oldi
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines JCH-2026 saralashi doirasida Peru darvozasini ishg'ol qildi (1:0).
Bu to'p hujumchi uchun milliy terma jamoa safidagi 32-si bo'ldi. Natijada, Lautaro afsonaviy hamyurti Diego Maradonaga etib oldi.
Bu reytingda Lionel Messi (112 ta gol) etakchi, undan keyingi o'rinlarda Gabriel Batistuta (54), Serxio Aguero (42) va Ernan Krespo (35) bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar