So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Laudrup jamoasi “Bunyodkor” mehmoni Yangiliklar

Laudrup jamoasi “Bunyodkor” mehmoni

O'tgan turda o'z maydonida kutilmaganda “Persepolis”ga imkoniyatni boy berib qo'ygan “Bunyodkor” Toshkentda Qatarning “Lahviya” klubiga qarshi bellashuvda o'sha o'yindagi yo'qotish o'rnini to'ldirishga urinib ko'radi.
“LAHVIYA” FUTBOL KLUBI
Laqabi:
“qizil ricarlar”
Tashkil topgan yili: 1938
Stadioni: “Abdulloh Bin Xalifa”, 10 ming tomoshabinga mo'ljallangan
Xo'jayini: SHayx Abdulloh Al Tani
Bosh murabbiyi: Mikael Laudrup (Daniya)
Erishgan yutuqlari: Qatar chempioni (2011, 2012, 2014), Valiahd SHahzoda Kubogi sohibi (2013).

“Lahviya” uzoq yillik tarixga ega. Ilk bor 1938 yil “Al SHorta” nomi bilan tuzilgan klub uzoq yillar mobaynida hech qanday muvaffaqiyatlarga erishmagan. Faqat 2009 yilga kelib jamoa nomi “Lahviya”ga o'zgargach, sovrinlarga erisha boshladi. Jamoa Qatardagi klublar orasida eng katta byudjetga ega. Klubga SHayx Abdulloh Al Tani xo'jayin sanaladi. 2009 yil quyi ligada zafar quchgan jamoa 2011, 2012 va 2014 yillarda Qatar chempionligini qo'lga kiritdi.



2013 yil ushbu klub “Paxtakor” bilan to'qnash kelib, 3:1 va 2:2 hisoblarini qayd etgandi. O'sha mavsumda jamoa OCHLda g'olib chiqish uchun davogarlardan biri sifatida etirof etilgandi. CHunki tarkib juda kuchli edi. Ayni paytda “Lahviya”ning tarkibi avvalgichalik kuchli emasdir, lekin baribir yaxshi saviyadagi futbolchilar jamlangan.
2013 yil “Lahviya” o'z stadionida o'yinlarni o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ldi. 15 fevralda “Al Xor”ga qarshi o'yinda stadionda ilk rasmiy o'yin o'tkazildi. 10 ming muxlisga mo'ljallangan stadion qurilishi 2 yilga yaqin davom etdi.

Jamoani daniyalik Mikael Laudrup boshqarmoqda. Daniya tarixidagi eng yaxshi o'yinchi sanalgan Laudrup “Lacio”, “Yuventus”, “Barselona”, “Real” va “Ayaks” singari mashhur klublar safida etakchilardan biri bo'lgan. Murabbiylik faoliyatida u “Xetafe”, “Spartak”, “Suonsi” kabi jamoalarga boshchilik qildi.



Mikael LAUDRUP
Tug'ilgan sanasi
: 15.06.1964
Tug'ilgan joyi: Frederiksberg, Daniya
Futbolchilikdagi ampluasi: hujumkor yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1981-1982 KB 14    (3), 1982–1983 “Brondbyu” 38   (24), 1983–1985 “Lacio” 60 (9), 1985–1989 “Yuventus” 102 (16), 1989–1994 “Barselona” 167 (49), 1994–1996 “Real” 62 (12), 1996–1997 “Vissel Kobe” 15 (6), 1997–1998 “Ayaks” 21 (11).
Daniya terma jamoasida 1982–1998 yillarda 104 uchrashuvda 37 to'p kiritgan.
Boshqargan jamoalari: 2000–2002 Daniya terma jamoasi (yordamchi), 2002–2006 “Brondbyu”, 2007–2008 “Xetafe”, 2008–2009 “Spartak”, 2010–2011 “Malorka”, 2012–2014 “Suonsi”, 2014 yildan “Lahviya”da.
Erishgan yutuqlari: Qitalararo kubok sohibi-1985, Italiya chempioni-1986, Ispaniya Kubogi sohibi-1990, Ispaniya chempioni-1991, 1992, 1993, 1994, 1995, Ispaniya Superkubogi sohibi-1991, 1992, UEFA Kubogi g'olibi-1992, UEFA Superkubogi sohibi-1992, Gollandiya chempioni-1998, Konfederaciyalar Kubogi sohibi-1995.
Daniya chempioni-2005, Daniya Kubogi sohibi-2003, 2005, Angliya Liga Kubogi g'olibi-2013, Daniyaning eng yaxshi futbolchisi-1982, 1985, Daniya tarixidagi eng yaxshi futbolchi.

Jamoa tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'zgacha bir holatga guvoh bo'lamiz. “Lahviya”da legionerlarning umumiy soni 10 nafardan ortiq, biroq ularning aksariyati Qatar fuqaroligini olishga ulgurgna. Amin Lekomte Marokash, Dama Traore Franciya, Muhammad Trezor Kongo, Karim Budiaf Jazoir, Sebastyan Kuintana Urugvay va Luiz Junior Braziliyada tavallud topgan. Keyinchalik Qatar fuqaroligini qabul qilganlar.

Ulardan tashqari koreyalik Nam Tay Xi, tunislik Yusuf Msakni, Vladimir Vayss Slovakiya, CHiko Flores Ispaniyadan legioner sifatida taklif etilgan. Jamoa safida Kuintana, Msakni hamda Nam Tay Xi asosiy to'purarlardir. Jamoa barcha chiziqlarda tajribali va mahoratli futbolchilarni jamlashga ulgurgan.



Darvozabonlar
1. Muhammad Bakri
33. Ahmad Hatami
40. Amin Lakomte
90. Ivanildo Rodriges

Himoyachilar
2. Muhammad Musa
3. Ahmad Yosir
4. CHiko Flores (Ispaniya)
6. Dame Traore
7. Holid Mufta
11. Talal Qahtoni
14. Muhammad Trezor

Yarim himoyachilar
8. Luiz Junior
9. Abdulrahmon Muhammad
10. Nam Tay Xi (Janubiy Koreya)
12. Karim Budiaf
13. Muhammad Harbi
15. Osama Safadi
16. Abdulhadi Saloh
19. Ali Bazmandegan
20. Ali Afif
24. Holid Radvan
28. Yusuf Msakni (Tunis)
70. Ismoil Muhammad
77. Ahmad Emadi
79. Vladimir Vayss (Slovakiya)

Hujumchilar
5. Muhammad Razzoq
23. Sebastyan Soriya
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика