Laudrup: "Bugun raqibimizga omad etishmadi"
08 apr 2015 23:41
Yangiliklar


Laudrup: "Bugun raqibimizga omad etishmadi"
OCHLning 4-tur o'yini "Lahviya" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Mikael Laudrup ishtirok etdi.
"Muhim o'yinda g'alaba qozondik. Endi o'zimizni biroz engilroq his etamiz. "Bunyodkor" kuchli jamoa. Ularni musobaqani muddatidan avval tugatishlarini hech kim kutmagandi. Bugun ularga omad etishmadi. "Bunyodkor"ga boshqa musobaqalarda omad tilayman. Biz ushbu bellashuvda natija uchun o'ynadik. Vladimir Vays o'z mahoratini namoyish etdi va halabamizga zamin yaratdi. Markaziy yarim himoyachilarimiz ham bugun juda yaxshi harakat qilishdi", - deya o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Mikael Laudrup.

Fikrlar