So’nggi yangiliklar

04:41Бундеслига. "Аугсбург" — "Айнтрахт" ўйинида дуранг, "Боруссия Дортмунд" бешта гол урилган ўйинда ғалаба қозонди, "Байер" дуранг ўйнади  0 04:23А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" эса "Аталанта"га мағлуб бўлди  1 00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  3 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  6 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  15 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  12 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  747 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  167

Lassana Diarra: "Lokomotiv" yoqimli ishim bilan shug'ullanishimni tortib oldi" Yangiliklar

Lassana Diarra: "Lokomotiv" yoqimli ishim bilan shug'ullanishimni tortib oldi"

“Marsel” yarim himoyachisi Lassana Diarra bir yildan ortiq vaqt o'yin amaliyotiga ega emasdi.


Oxirgi o'yinini u 2014 yil mayda “Lokomotiv” tarkibida o'tkazgandi. Qandaydir sababga ko'ra, Lass Leonid Kuchuk bilan aloqa qilishdan bosh tortdi. Keyin esa diskvalifikaciya ro'y berdi. CHunki u shartnomadagi majburiyatlarini bajarmagandi. Franciyaga qaytgan Diarra qisqa vaqt ichida yaxshi holatiga kira oldi. Barqaror o'yin unga Franciya terma jamoasiga qaytishga yordam berdi. Maxsus matbuot anjumani tashkil etgan Diarra jurnalistlarning savollariga javob berdi.


- Lassana, terma jamoaga qaytishingizni sharhlab bersangiz.

- To'g'risi, yana terma jamoa libosida maydonga tushish imkoniyati borligidan juda xursandman. Bu nafaqat men, balki oila azolarim va menga qiyin vaziyatlarda doimo yordam berib kelgan insonlar uchun juda muhim. Terma jamoaga oxirgi marta 2010 yilda chaqirilgandim. Haqiqatni aytaman – hozir bizda so'nggi yillardagi eng kuchli va o'sib kelayotgan jamoa bor. Bu jamoa ichida bo'lish menga yoqadi va umid qilamanki, Dide Desham boshchiligida o'sishda davom etamiz. Tarixdagi yoqimsiz holatlar ortda qoldi. Ijobiy ishtiyoqdaman va oldinga ishonch bilan boqyapman. 15 oy futboldan chetda qoldim. Menda o'ylashga vaqt bo'ldi. Terma jamoadagi tajribam yakunlanmasdan qolib ketgandi.

- Dide Desham bilan nima haqida gaplashdingiz?

- Suhbatda terma jamoaga qaytish istagimni bayon qildim. Mamlakatimda yarim yildan keyin Evropa chempionati bo'lib o'tadi. Ko'p ishladim va fikrlarimni bildirishim mumkin. Dide bilan futbol haqida suhbatlashdik. O'yin taraqqiyoti xususida gaplashdik. Sizga takidlashim mumkin: “Terma jamoa libosida katta masuliyatni his qilaman”.

Agar 15 oyda sovib qolgan deb o'ylasangiz, xato qilasiz. Futbolni endi o'ynamayapman va o'yindagi barcha talablarni yaxshi bilaman. Mendan mehnat qilish huquqini tortib olishdi. SHundan keyin men holatimni saqlab turish uchun telbadek ishladim.

- SHu paytda sizda qandaydir shubhalar tug'ildimi?

- Bunday davrlar hamisha bo'lgan, lekin katta futbolga qaytishni xohlashimni aniq bilganman. Buning uchun ko'p mehnat qilishimga to'g'ri keldi. Boshqa imkonga ega emasdim. Bir necha bosqichni bosib o'tdim. Yoshlikdagi ajoyib davrlarimni yodga oldim. Futbolsiz 15 oy juda ko'p, agar professional olamda sen umuman yolg'iz bo'lsang. Endi yuqori maqsadli sport davrasida ekanimdan baxtliman.

- Nega qaytish uchun aynan “Marsel”ni tanladingiz?

- Klub prezidenti Vensan Labryun meni vatanimga qaytarish uchun ko'p ishlar qildi. U meni to'g'ri yo'l tutishga ishontirdi. Hamkasblarim bilan ham suhbatlashdim. “Marsel” darvozaboni Stiv Mandanda jamoaning ijobiy tomonlarini keltirib o'tdi. Bugun ushbu klubga o'tganimdan zarracha afsuslanmayman. To'g'ri, klubning ishlari hozir joyida emas, qiyin davrni boshdan kechiryapmiz. Lekin jamoa ichida hech qanday muammo yo'q. Mayonez tayyorlansa, salat juda mazali bo'ladi.

- “PSJ” – “Marsel” uchrashuvi siz uchun nimani bildiradi?

- Uch ochkoni qo'lga kiritish (kuladi). SHunday ahvoldamizki, hozir biz uchun yutish va uch ochkoga ega chiqish juda muhim. Biroq buning uchun Parijda birinchi raqamli jamoa sifatida o'ynash kerak bo'ladi. “Park de Prens”ga uch ochko olish maqsadida maydonga chiqaman. G'alaba bizni qoniqtiradi. Bu jamoa joriy mavsumda katta narsalarni uddalay olishiga barchani ishontiradi. Menimcha, “PSJ” va boshqa jamoalar o'rtasida katta farq mavjud. Yakshanba kuni o'yinni yutgan jamoa dushanba kuni chempion bo'lib qolmaydi.

- Sizga jamoa sardori bo'lish yoqadimi?

- Sardro bizda Stiv Mandanda hisoblanadi. Men yosh o'yinchilarga har taraflama yordam berishga intilyapman. Men ularga turli narsalarni aytib beraman. Jamoa aynan yoshlar evaziga o'sishga erishadi. “Marsel” yuqori pog'onalarga kurashishga qodirligini ko'rsatishga intilaman. Xohlaymiz va harakat qilamiz. Ko'ramiz, nima bo'larkin.

- Michel haqida qanday fikrdasiz?

- U futbolchi bo'lganida men juda kichkina edim va uning harakatlarini eslay olmayman. Uning o'z uslubi bor, professional mutaxassis. Michel bizni o'z falsafasi asosida o'ynatishga harakat qilyapti, g'alaba madaniyatini o'rgatmoqchi. O'yinchi sifatida u ko'plab g'alabalarga erishgan. Jamoada yangi futbolchilar ko'p, shu sababli mayonez hali tayyor emasligini aytdim.

- Jamoaning ushbu mavsumdagi maqsadi qanday?

- Turnir jadvalida yuqori pog'onalarga kurashib ko'rish mumkin. Vaqt qanday natija ko'rsatishimizni belgilaydi. Maqsad oddiy: maydonga chiqish va yutish zarur. Ishtaha ovqat paytida keladi. Natijani esa mavsum yakunida bilamiz.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика