Laporta Messi bilan Xolandning transferini muhokama qiladi

Alisher
6 mar 2021, 14:48
"Barselona" prezidentligi uchun da'vogarlardan biri Joan Laporta "ko'k-anorranglilar" safiga "Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xolandni taklif qilmoqchi.

Boshqaruvchi ehtimoliy transferni "ko'k-anorranglilar" yetakchisi Lionel Messi bilan muhokama qilmoqchi. Moliyaviy inqirozga qaramay, Laporta Xolandning transferi uchun jiddiy mablag'ni sarflashga tayyor.

Erling 2019 yildan beri "arilar" tarkibida o'ynaydi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Xoland joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito