Laporta Kumanning ishdan bo'shatilish sababini aytdi
29 okt 2021 20:32
Yangiliklar
Laporta Kumanning ishdan bo'shatilish sababini aytdi
Juma kuni Joan Laporta matbuot anjumanida ishtirok etdi. "Barselona" prezidenti anjumanda Ronald Kumanning jamoa bosh murabbiyligidan ketishi haqida gapirdi.
- Qiyin pallada jamoani qabul qilgani uchun Kumandan juda minnatdormiz. Biz uning amalga oshirgan ishlarini yodda saqlaymiz, u Ispaniya kubogini qo'lga kiritdi. Uning ishdan bo'shatilishi qoniqarsiz natijalar bilan bog'liq. Vaziyat nomaqbul bo'lib qoldi va "Rayo Valekano"ga qarshi o'yindan so'ng shunday qarorga keldik, - dedi Laporta.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" ayni damda La Ligada 15 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.
Fikrlar