Laporta: "Dembele shartlarimizni qabul qilsa, "Barselona"da qoladi"
05 iyu 2022 18:01
Yangiliklar
Laporta: "Dembele shartlarimizni qabul qilsa, "Barselona"da qoladi"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta qanday shartlar evaziga Kataloniya klubining hujumchi Usmon Dembele bilan shartnoma imzolashi haqida aytdi.
"Dembele ortiq "Barselona" o'yinchisi emas, ammo muammo iqtisodiy. Agar Dembele shartlarimizni qabul qilsa, "Barselona"da qoladi", — deydi Laporta.
Dembele o'tgan mavsum kataloniyaliklar safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 13ta assist qayd etdi.
Hujumchining klub bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar