Laporta: "Biz yarani davoladik, lekin bu juda qimmatga tushdi"
18 okt 2024 23:20
Yangiliklar
Laporta: "Biz yarani davoladik, lekin bu juda qimmatga tushdi"
"Ayni kunlarga kelib klub pul ishlab topish yo'liga o'tdi. Bu erga kelganimizdan keyingina ayrim narsalarni ishlatishni boshladik va shu orqali tarkibni yaxshilab, shart-sharoitlarni to'g'riladik. Garchi oldinga qadam tashlagan bo'lsak-da, o'shanda yara hali ham qonayotgan holatda edi.
Hozir esa bemalol ayta olaman, klub ishlatayotganidan ko'ra ko'proq daromad olmoqda. Biz xarajatlarni 41 foizga qisqartirib, daromadni 22 foizga oshirdik. Bu juda muhim. Klub atributkalari katta tezlikda sotilmoqda. Klubdagi pul aylanmasi oldingidan 70 foizga oshgan.
Boshqa tomondan olib qaraganda hali to'lanishi kerak bo'lgan pullar bor. Zarar 91 mln evroni tashkil qilmoqda, biroq bu holatga qarab to'lanadi. Yaqin vaqtlarda aktivlarimiz ham pul keltirishini kutyapmiz. Iqtisod orqali "Barselona" yana rivojlanmoqda, bundan xotirjamman.
Biz yarani davoladik, lekin bu juda qimmatga tushdi", - dedi Laporta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar