Laport Ispaniya terma jamoasida emas, Franciyada o'ynashni istaydi
30 jan 2016 21:14
Yangiliklar
Laport Ispaniya terma jamoasida emas, Franciyada o'ynashni istaydi
Atletik futbolchisi Emerik Laport Ispaniya terma jamoasi haqida gapirgan gaplarini noto'g'ri talqin qilishganligini aytib o'tdi.
"OAVda chiqqan xabarlarga tushuntirish berib o'tmoqchi edim. Meni intervyuimni noto'g'ri talqin qilishgan. Maqsadim - Franciya terma jamoasida o'ynash. Men hali yoshman va buning uchun ko'p ishlashim kerakligini tushunaman.
Men shunchaki, murabbiy agar menga ishonmasa boshqa variantlarni ko'rib chiqishimni aytmoqchi edim", - deydi futbolchi.
Fikrlar