So’nggi yangiliklar

14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  4 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  1 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  14 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  20 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1 10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  1 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчиларидан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  10 09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  3 09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  2

"Lans" muxlislarini o'ziga oshiq qilib qo'ygan notanish o'zbekistonlik. Abduqodir Husanov haqida Franciyada nimalarni yozishmoqda? Yangiliklar

"Lans" muxlislarini o'ziga oshiq qilib qo'ygan notanish o'zbekistonlik. Abduqodir Husanov haqida Franciyada nimalarni yozishmoqda?

Franciya nashrlarida paydo bo'lgan Husanov haqidagi maqolalarni siz uchun maxsus tarjima qildik.

Abduqodir Husanov dam olish kunida o'zining "Lans" safidagi ikkinchi o'yinini o'tkazdi. O'yindan oldin va so'ng Franciya OAVda o'zbek futbolchisi haqida materiallar chiqdi. Biz Husanov haqida Franciyada nimalar yozishayotganini bilish uchun bir nechta maqolalarning tarjimasini tayyorladik.



"Husanov ilk o'yinda o'ziga ishongan, xotirjam va ishonchli o'ynadi"

Katta material Franciyaning eng asosiy sport nashri bo'lmish L'Equipe'da chiqdi. "Husanov - notanish o'zbekistonlik", - Abduqodir haqidagi maqola shunday sarlavha oldi.

Material muallifi Joel Domenigetti boshidanoq Husanov "Lans"dagi tarkib bilan muammolar, aniqrog'i Jonatan Gradi va Massadio Xaydaraning xizmatlaridan foydalana ololmasligi sabab maydonga chiqqanini qayd etdi. Bu maqola "Lill"ga qarshi o'yingacha chiqqan, shu sabab francuz jurnalisti Husanovning markaziy himoya uchligining o'ng tomonida chiqishini taxmin qildi.

"Lill"ga qarshi o'yin Husanov uchun ikkinchisi bo'ladi. U allaqachon uydagi "Mec"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan va "Lans" muxlislarini o'ziga oshiq qilib qo'ygandi". O'shanda o'zbekistonlik 19 yoshli iqtidor markaziy himoyaning chap qismida o'ynagan va juda ham o'ziga ishongan, xotirjam va ishonchli o'ynagandi", - deyiladi matnda.

Domenigetti Husanovning O'zbekiston terma jamoasi uchun atigi uchta o'yin o'tkazgani, ammo uning potenciali yaqqol ko'rinayotganini qayd etdi. Muallif shuningdek til muammosi masalasini ham ko'tardi: "Yosh yigit faqatgina rus va o'zbek tillarini biladi. Ammo, Husanov Belarus chempionatidan Franciyaga o'tganidan so'ng o'qituvchi bilan tezlashtirilgan formatda francuz tilining ayrim asosiy bilimlarini o'zlashtirdi".



"Lans" bosh murabbiyi Frank Ezning so'zlariga ko'ra, Husanov allaqachon bir nechta asosiy so'zlarni va markaziy himoyachi uchun jumlalarni biladi. Masalan, ular orasida:

"vas-y" - qani;

"ça vient" - orqa, "yonish";

"avance" - oldinga;

"seul" - o'zing, yakka.


"Selekciya bo'limi menga bu o'yinchini ko'rsatgan payti uning yoshidan juda hayratda edim, - deydi Ez. - U o'yin uslubi bo'yicha bizning boshqa bir himoyachimiz - argentinalik Fakundo Medinani eslatdi. Husanov bilan shartnoma imzolaganimizdan so'ng uni amalda qanchalik etuk o'yinchi ekanligini ko'rdim. U 2004 yil tug'ilgan futbolchi uchun ajoyib o'yin ko'rsatmoqda va o'sishda davom etmoqda. Adaptaciya jarayonini Abduqodirning ingliz tilida gapirmasligi qiyinlashtirmoqda. Ammo, baxtimizga, bizda Husanovning jamoadagi ilk kunidan barcha masalalar bo'yicha yordam berayotgan tarjimon bor".

Matnda Abduqodirning milliy jamoada 13ta o'yin o'tkazgan O'zbekiston terma jamoasi sobiq o'yinchisi Hikmat Hoshimovning o'g'li ekanligi qayd etiladi. Bundan tashqari, muallif Husanovning Vetnam va Xitoyga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun chaqirilganini xabar qilgan. Muallifning so'zlariga ko'ra, Abduqodir hozirda Avinondagi "Lans" klub bazasida yashamoqda.


Husanovni Argentinadagi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida payqashgan.

Joel Domenigetti o'z materialida Husanovni Argentinadagi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida payqashganini yozmoqda. U shuningdek "Lans" texnik direktori Gregori Tilning so'zlarini keltirmoqda: "Biz oldindagi uzoq yillar davomida mudofaamizni kuchaytiradigan yosh o'yinchini izladik. Husanov barcha o'yinchilar fonida o'zining kuchliligi va xotirjamligi bilan ajralib turdi. Undan yaxshi energiya chiqmoqda va etiborini doimo o'rganish va o'sishga qaratgan".



Matnda Husanovning "Energetik-BGU"da o'ynagan holda kattalar darajasida atigi bitta mavsum o'tkazgani ko'rsatilgan. U 18 yoshga kirmaguncha Belarus chempionatida o'ynay olmasdi.


"Husanov - o'z yoshi uchun juda etuk o'yinchi, - deydi "Lans" darvozaboni Bris Samba. - Boshida muloqot bo'yicha bizga oson bo'lmadi, ammo u tez o'rganmoqda. Bundan tashqari, "futbol tili" hamma joyda bir xil. Abduqodir francuz tilini yanada tezroq o'rganish uchun qattiq harakat qilmoqda. U juda ham aqlli futbolchi va inson. Uning tezda francuz tilida yaxshi gapirishni boshlashiga shubha qilmayman. Uni yaxshi kelajak kutmoqda, sababi u jismoniy jihatdan kuchli va to'p bilan yaxshi ishlaydi. Bu zamonaviy futbolda markaziy himoyachi uchun kerak narsalar".

"Biz Husanovga ishonamiz, - deya hujumchi Florian Sotokaning so'zlarini keltirmoqda La Voix du Nord nashri. - U juda qattiq o'ynaydigan va hech narsadan qo'rqmaydiganlardan. U juda yosh bo'lishiga qaramay kattalardek o'ynaydi".

"Abduqodirning mentaliteti yaxshi, u juda etiborli va malumotlarni yaxshi qabul qiladi. Uning jamoamizga yordam berishiga ishonchim komil", - deydi Jonatan Gradi.

"Bu men ko'rgan eng yaxshi yosh o'yinchilardan biri! - deydi Kevin Danso. - U futbolni juda yaxshi tushunadi. Husanov hoziroq eng yuqori darajada o'ynashi mumkin".



O'yindan so'ng La Voix des Sports'da futbolchilarning baholari bilan maqola chiqdi. Husanov 6,0 oldi - o'rtacha ball, ammo "Lans"da hech kim undan yuqori baho olmadi. Jamoaning yana to'rt o'yinchisi shuncha olishdi: himoyachi Kevin Danso, yarim himoyachi Salis Abdul Samed, shuningdek hujumchilar Florian Sotoka va Vesli Said.

"Birinchi taym Husanovning ijrosida nuqsonsiz o'tdi", - deyiladi sharhda. Xususan, u "Lill" forvardi Jonatan Devidga yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Bundan tashqari, Husanov maydonda bir nechta yorqin haraakatlarni qayd etdi.



Francuz matbuotining Abduqodir Husanov haqida yana ko'p marta yaxshi maqolalar yozishiga umid qilamiz.

Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика