Lallana uchun kurashdagi favorit klubning nomi malum bo'ldi
05 apr 2020 14:14
Yangiliklar


Lallana uchun kurashdagi favorit klubning nomi malum bo'ldi
Angliyalik futbolchi sobiq murabbiyi bilan ishlashni istamoqda.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, "Liverpul" futbolchisi Adam Lallana kelajagi borasida bir qarorga kelgan. 31 yoshli xavbek "qizillar" bilan yozda yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. SHu boisdan u o'ziga jamoa izlamoqda.
Hozircha unga "Lester" asosiy davogarlik qilmoqda. "Tulkilar" bosh murabbiyi Brendan Rojers sobiq futbolchisi bilan yana birga ishlash niyatida.
Lallana ushbu mavsumda jamoaning asosiy tarkibi futbolchisi hisoblanmayapti. Uning hisobida APLning 14 o'yini, 1 gol va 1 assistentlik bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar