So’nggi yangiliklar

00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  0 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  0 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  3 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  64 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1

LaLiganing bugungi o'yinlari uchun prevyu Yangiliklar

LaLiganing bugungi o'yinlari uchun prevyu

Bugun, 22 fevral kuni LaLiganing 25-turidan o'rin olgan bir nechta uchrashuv bo'lib o'tadi.

"Atalanta"ga yutqazib qo'ygan "Valensiya", La Ligada "Real Sosedad" mehmoni bo'ladi. "Real" va "Barselona" o'rtasidagi farq esa bor yo'g'i birgina ochkoni tashkil qilmoqda. Keyingi turda bizni "El-Klasiko" kutib turibdi! Hafta o'rtasida har ikki jamoa CHempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi ishtirokini boshlaydi, lekin nima bo'lsa ham ichki chempionatda ochko yo'qotishning vaqti emas.



"Barselona" vs "Eybar"

Barcelona

Lionel Messi - 14', Lionel Messi - 37', Lionel Messi - 40', Lionel Messi - 87', Arthur - 89'

LaLiga . 25-tur

22/02/2020, 20:05

0
:
5
Tugadi

Eibar

Stadion: Camp Nou, 66971 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Soto

45'
90'
14'  Lionel Messi
14'  Ivan Rakitic
37'  Lionel Messi
37'  Arturo Vidal
40'  Lionel Messi
59'  Sergio Busquets (Frenkie de Jong)
68'  Gerard Pique (Samuel Umtiti)
72'  Antoine Griezmann (Martin Braithwaite)
87'  Lionel Messi
89'  Arthur
64'  Gonzalo Escalante
66'  Takashi Inui (Pablo De Blasis)
66'  Sergi Enrich (Quique)
83'  Edu Exposito (Sebastian Cristoforo)
85'  Pape Kouli Diop

"Barselona" ko'p hollarda "Eybar"ga qarshi o'yinda ortiqcha muammolarga duch kelmaydi. Oxirgi 10 g'alaba osonlik ila, ikkita to'p farqi bilan qo'lga kiritilgan. Hattoki hozirgi holatida ham "Barselona" o'z maydonida autsayderga qarshi o'yinda asabiylashishga hojat qoldirmasligi zarur. Primera etakchilarini oldinda qiyin o'yinlar kutib turibdi.

O'yinning asosiy intrigasi – daniyalik forvard "Barselona" safida ilk o'yinini o'tkazishi bilan bog'liq. Martin Breytueyt kataloniyaliklar safida faqat Ispaniya chempionati o'yinlarida maydonga tusha oladi. Yarim yildan kamroq vakt davomida bu transferga sarflangan pullar oqlanishi dargumon va yozda "ko'k-anorranglilar" futbolchini o'z saflarida olib qolmasalar ham kerak.


"Eybar" borgan sari musobaqa jadvalining quyiga qarab ketmoqda. Bahorda klubning asosiy vazifasi chempionatda jon saqlab qolish uchun kerak ochkolar qo'lga kiritish, lekin bu ish bugun amalga oshmasa ajabmas.



"Real Sosedad"  vs "Valensiya"

Real Sociedad

Mikel Merino - 12', Nacho Monreal - 45', Adnan Januzaj - 48'

LaLiga . 25-tur

22/02/2020, 22:30

0
:
3
Tugadi

Valencia

Stadion: Reale Seguros Stadium, 31416 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Luis Gonzalez

45'
90'
12'  Mikel Merino
12'  Joseba Zaldua
38'  Mikel Merino
45'  Nacho Monreal
45'  Aritz Elustondo
48'  Adnan Januzaj
48'  Mikel Oyarzabal
72'  Adnan Januzaj (Willian Jose)
84'  Alexander Isak (Luca Sangalli)
89'  Mikel Oyarzabal (Aihen Munoz)
46'  Eliaquim Mangala (Hugo Guillamon)
64'  Carlos Soler (Kang-In Lee)
80'  Ferran Torres (Ruben Sobrino)
88'  Jaume Costa

"Sosedad"ning o'tgan turdagi o'yini qoldirildi va yo'qotilgan ochkolar bo'yicha San-Sebastyan jamoasi CHempionlar Ligasiga yo'llanma beruvchi o'rindan bir qadam masofada turibdi. Qo'shimcha dam olish kunlari futbolchilarga salbiy tasir ko'rsatmasa kerak. Aksincha, qiyin o'tgan Qirol Kubogi bahslaridan so'ng, o'yinchilar dam olishga qarshi bo'lishmagan bo'lsa kerak.

"Valensiya" kutilmaganda CHempionlar Ligasi pley-offida "Atalanta"dan yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Ispaniyaliklar safida yagona golni Denis CHerishev urishga erishdi va javob o'yiniga kichik bo'lsada, umid qoldirdi. "Valensiya"ga jarohatlar ham pand berishi mumkin. Bir qator muhim futbolchilar hamon o'yindan chetda qolishmoqda. "Sosedad"ga qarshi o'yinda "ko'rshapalaklar"ga anchagina qiyin bo'ladi.



"Levante" vs "Real Madrid"

Levante

Jose Luis Morales - 79'

LaLiga . 25-tur

23/02/2020, 01:00

0
:
1
Tugadi

Real Madrid

Stadion: Estadio Ciudad de Valencia, 22543 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
35'  Roger Marti
67'  Roger Marti (Gonzalo Melero)
79'  Jose Luis Morales
79'  Nikola Vukcevic
81'  Jose Luis Morales (Pablo Martinez)
88'  Borja Mayoral (Sergio Leon)
10'  Sergio Ramos
67'  Eden Hazard (Vinicius Junior)
71'  Casemiro
73'  Isco (Lucas Vazquez)
81'  Luka Modric (Federico Valverde)

Oxirgi 5 o'yinning 4 tasida "Levante" mag'lub bo'ldi, lekin ularning barchasi safardagi o'yinlarda qayd etildi. Jamoaga qanchalik qiyin bo'lmasin, kalendar shunday to'g'ri kelgan. Uzoq kutilgan uy uchrashuvi va mana sizga "Real". 

O'z maydonida Pako Lopes shogirdlari "Madrid"ga qarshi oxirgi olti o'yinning faqat bittasida ochko ishlab olgan.


Zinedin Zidan "Selta"ga qarshi bellashuvdagi durangdan so'ng, yana qoqilishni istamasligi aniq. Qo'shimchasiga, oldinda CHempionlar Ligasi va "El-Klasiko" kutib turibdi. Tarkib borasida "Real"da muammo yo'q, faqatgina Garet Beyl va Luka Yovich o'yin arafasida umumiy guruhda mashg'ulot olib bormagan va uelslik qaydnomadan ham o'rin olmagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика