So’nggi yangiliklar

09:09Флик ваъда берди  1 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  7 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  24 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  2 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  23

La Liga. "El Klasiko"dan oldin "Real" kichik hisobda g'alabaga erishdi Yangiliklar

La Liga. "El Klasiko"dan oldin "Real" kichik hisobda g'alabaga erishdi

La Liganing 8-turidan o'rin olgan "Xetafe" – "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! 16 oktyabr kungi "El Klasiko" oldidan "Real" muhim g'alabani qayd etdi.

Maydonda deyarli barcha hakamning final hushtagi chalinishini kutmoqda. 

74-daqiqa. "Xetafe"ning navbatdagi hujumi omadsizlikka uchradi.  

71-daqiqa. Rodrigoning urinish o'zi istagandek chiqmadi. 

65-daqiqa. To'p bilan mehmonlar. 

60-daqiqa. "Xetafe" raqib himoyasiga bosimni kuchaytirishga urinmoqda.  

Hamkasblarining yordamidan keyin Mateu Laos golni bekor qildi. Hisob yana o'zgarmadi. 

57-daqiqa. GOOOOOOL! Rodrigo imkoniyatidan unumli foydalanib, to'pni ikkitaga oshirdi. Biroq shoshmagan maqul. Rodrigo o'yindan tashqari holatda bo'lganga o'xshadi.  

55-daqiqa. Vinisius o'zi oldirgan to'pni jamoasiga qaytarib berdi. Keyin hujum o'ng qanotdan rivojlandi, lekin Dani Karvaxal jarima maydonchasiga yo'llagan to'pni raqib himoyachilari uzoqlashtirishdi.     

Uchrashuvni bevosita stadiondan 14502 nafar muxlis tomosha qilmoqda. 

52-daqiqa. Eduardu Kamavingani hozir barcha erkaklar yaxshi tushunishdi nazarimda.   

50-daqiqa. "Xetafe" futbolchisi burchak zarbasidan keyin ham zarba uchun imkon topdi, ammo bu safar noaniq.  

49-daqiqa. Karlos Alenyaning zarbasidan keyin Andrey Lunin jamoasini qutqarib qoldi.  

48-daqiqa. Vinisiusning faolligidan keyin "Real" gol urishi kerak edi. Biroq Rodrigo, Modrich, Tchuameni urinishlarining hech biri gol bilan yakunlanmadi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! O'yin boshlanganiga 10 soniya bo'lib-bo'lmay, hakam qoida buzilganini bildiruvchi hushtagini chalmoqda. Tchuameni aybdor.

45+1-daqiqa. "Real" hujumga u qadar oshiqmadi va hakam bo'limni yakunlab qo'ya qoldi. Tanaffus!  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Lunin oldinroqqa chiqib kelib, xavfni bartaraf etdi.  

Takroriy lavhalar "nima deyishini" kutamiz. Ha, to'p maydonni tark etgan va uyog'iga nima bo'lganining ahamiyati yo'qqa chiqdi. Hisob o'zgarmadi, o'yin davom etadi.   

42-daqiqa. Penalti-mi? Yoki shunchaki "aut". Vinisius yana diqqat markazida. Hakamning qarori qoidabuzarlik bor edi va agar, to'p avvalroq maydonni tark etmagan bo'lsa, penalti.   

40-daqiqa. Mayoralning faolligidan keyin "Real" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. 

39-daqiqa. Valverdening uzatmasidan keyin Rodrigo boshi bilan zarba berishning imkonini topdi, ammo Soriya ham yaxshi o'ynab to'pni ushlab oldi. 

37-daqiqa. Valverde-Rodrigo-Karvaxal kombinaciyasini urugvaylik futbolchi zarba bilan yakunladi, lekin u tepgan to'p darvozadan ancha yuqoridan o'tib ketdi.    

36-daqiqa. O'yin tempi ancha tushdi va bunga ko'payib qolgan mayda follar ham qaysidir manoda sabab bo'lmoqda.   

33-daqiqa. Uzatmadagi xato sabab "Real" hujumi oxiriga etmay qoldi.  

30-daqiqa. Daiman Suares yana bir marta o'yin qoidasini buzdi deb topilmoqda. Biroq hakam hozircha kartochkaga murojaat qilish kerak emas, deb topdi.  

26-daqiqa. Bitta raqibini aldab o'tgan Vinisiusni ikkinchi himoyachi baribir yiqitishga muvaffaq bo'ldi.

23-daqiqa. Lunin darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Fabricio Anxilerining uzatma-zarbasidan keyin Borxa Mayoral to'pni darvozaga to'g'rilab yuborishga yaqin edi. 

22-daqiqa. Militao havodagi kurashda Enes Unalga nisbatan keskin harakat qildi, jarima zarbasi. 

20-daqiqa. Bu safar "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Karles Alenya zarba berib, omadini sinab ko'rdi.      

18-daqiqa. Rodrigoning urinishi qovushmadi.

16-daqiqa. Enes Unal qarshi hujumga qochib ketishiga Karvaxal yo'l qo'ymadi.     

11-daqiqa. Asli "Real" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Borxa Mayoral "Xetafe" hujumini o'ng qanotdan rivojlantirishga urinib ko'rdi.  

10-daqiqa. "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.  

7-daqiqa. Vinisiusning uzatmasidan keyin Dani Karvaxal zarba berib ko'rdi. 

Mana shunaqa, o'yinni "Xetafe" hujum bilan boshlagandi, ammo golni "Real" urib ketdi.   

3-daqiqa. GOOOOOOOL! Ketma-ket ikkinchi burchak zarbasidan Modrich to'pni jarima maydoniga uzatdi, u erda esa Eder Militao barchadan chaqqonroq harakat qilib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. 

Mezbonlar darhol hujumga o'tdi. "Real" futbolchilari bir amallab xavfni bartaraf etishdi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi!



Xetafe – Real Madrid

9 oktyabr, 00.00, "Koliseum Alfonso Peres"

Xetafe – Soriya, Suares, Mitrovich, Djene, Duarte, Anxileri, Alenya, Milya, Algobiya, Unal, Mayoral.

Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Alaba, Militao, Ryudiger, Modrich, Tchuameni, Kamavinga, Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo.

Getafe

LaLiga . 8-tur

09/10/2022, 01:00

1
:
0
Tugadi

Real Madrid

Eder Militao - 3'

Stadion: Coliseum Alfonso Perez, 14502 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
42'  Luis Milla
66'  Carles Alena (Cristian Portu)
66'  Borja Mayoral (Munir El Haddadi)
83'  Fabricio Angileri (Jordan Amavi)
83'  Angel Algobia (Jaime Seoane)
86'  Enes Unal (Juanmi Latasa)
3'  Eder Militao
3'  Luka Modric
57'  Rodrygo
83'  Eder Militao (Nacho Fernandez)
83'  Eduardo Camavinga (Marco Asensio)
89'  Rodrygo (Mariano Diaz)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика