LaLiga. Ikkita qizil, amalga oshirilmagan penalti, "Atletiko" mavsumni g'alaba bilan boshladi
19 avg 2019 02:55
Yangiliklar


LaLiga. Ikkita qizil, amalga oshirilmagan penalti, "Atletiko" mavsumni g'alaba bilan boshladi
Bahsda maydon egalari Alvaro Morataning yagona goli evaziga zafar quchishdi. SHuningdek, Moratada penalti tepish imkoniyatiga ham ega bo'ldi, lekin, u qulay vaziyatdan foydalana olmadi.
Aytish joizki, ikkala jamoa ham o'yinni 10 kishi bo'lib yakunladi. Avvaliga, 38 daqiqada mehmonlar forvardi Xorxe Molina raqibga qo'pollik ishlatgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Biroz o'tib, Renan Lodi bir daqiqa ichida 2ta sariq olib, o'yindan chetlatildi.
Atletiko – Xetafe 1:0 (1:0, 0:0)
«Vanda Metropolitano»
Gol: 1:0 – 23 Morata.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Lodi, Savich, Tripper, Lemar (Vitolo, 73), Koke, Saul, Tomas (Ermoso, 62), Joau Feliks (Lorente, 66), Morata.
Xetafe – Soriya, Nom, Suares (Anxel Rodriges, 64), Kabrera (Raul Garsiya, 46), Kukurelya, Arambarri, Fajr, Bruno Gonsales, Djene, Molina, Mata (Galego, 80).
Ogohlantirishlar: Kabrera (17), Lodi (41), Fajr (49), Nom (77), Saul (81), Anxel Rodriges (90).
CHetlatishlar: Molina (38), Lodi (42).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar