So’nggi yangiliklar

07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  0 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   0 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  14 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  151 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  3 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  1 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  3 23:42Қозоғистонлик тадбиркор "Реал"дан бешта гол ўтказган "Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабонига машина совға қилди  5 22:50Максим Шацких: "Энг муҳими гол ўтказмаслик ва нолга ўйнаш. Реализация эса кун келиб яхшиланади"  16 22:32"Элче" "Барса"га қарши ўйин анонсида учрашув "Камп Ноу" стадионида ўтказилишини маълум қилди  0 21:54"Ал Аҳли" устози: "Дурангдан қониқмадик, аммо натижа адолатли бўлди. Бу каби атмосферани маҳаллий чемпионатда доим ҳам кўравермаймиз"  10 21:20Жуд Беллингем Англия терма жамоасида йил футболчиси деб тан олинди  2 20:40ОЧЛ-2. "Андижон" "Бобур Арена"да "Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади  96

LaLiga. "Barselona" safarda yirik hisobda g'alabaga erishdi Yangiliklar

LaLiga. "Barselona" safarda yirik hisobda g'alabaga erishdi

LaLiganing 15-turidan o'rin olgan "Valyadolid" - "Barselona" uchrashuvining yakunlandi.

Valyadolid – Barselona 0:3

Gol: Langle (22, 0:1), Breyueyt (35, 0:2), Messi (65, 0:3).

Valyadolid – Masip, Xoakin Fernandes, Sanches (Gvardiola, 79), Nacho Martines, Michel (Mesa, 57), Ervias, Plano (Kike Peres, 57), Alkaras, Jota (Orelyana, 57), Veysman, Markos Andre (Toni Vilya, 46).

Barselona – ter Stegen, Dest, Mingesa, Langle, Alba (Firpo, 71), de Yong (Buskets, 71), Pyanich, Pedri (Koutino, 81), Arauxo (Umtiti, 71), Breytueyt, Messi.

Ogohlantirish: Alba (62), de Yong (68), Xoakin Fernandes (77).

Real Valladolid

LaLiga . 15-tur

23/12/2020, 02:00

3
:
0
Tugadi

Barcelona

Clement Lenglet - 21', Martin Braithwaite - 35', Lionel Messi - 65'

Stadion: Estadio Jose Zorrilla, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Mario Melero

45'
90'
46'  Marcos de Sousa (Toni Villa)
57'  Oscar Plano (Kike Perez)
57'  Michel Herrero (Roque Mesa)
57'  Jota (Fabian Orellana)
77'  Joaquin Fernandez
79'  Javi Sanchez (Sergi Guardiola)
21'  Clement Lenglet
21'  Lionel Messi
35'  Martin Braithwaite
35'  Sergino Dest
62'  Jordi Alba
65'  Lionel Messi
65'  Pedri
68'  Frenkie de Jong
71'  Ronald Araujo (Samuel Umtiti)
71'  Frenkie de Jong (Sergio Busquets)
71'  Jordi Alba (Junior Firpo)
81'  Pedri (Philippe Coutinho)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Barselona" navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.

90+2. EXXXX!! Messi birga bir vaziyatdan gol ura olmadi. U ham Koutino poylagan nuqtani nishonga oldi.

90. ZARBAAAAAAAA!!! Koutino kuchli zarbasi bilan Masip darvozasi to'sinini titratdi

88. ZARBAAAAAAAA!!! Mesa ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi.

83. "Valyadolid" hujumga o'tdi. Biroq Peresning so'nggi pasi jamoadoshiga o'tmadi.

77. Asta-sekin "Valyadolid" ham o'yinni yakunlash uchun o'ynamoqda.

72. ZARBAAAAAA!! Ter-SHtegen ketma-ket ikki ajoyib seyvlar namoyish qildi!

69. ZARBAAAAAAA!! Jotaning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

68. "Valyadolid" hujumga o'tdi. De Yong o'z jarima maydonchasi yonida raqibini yiqitdi va sariq kartochka ishlab oldi.

65. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Messining kuchli zarbasini qaytarishga Masip ojizlik qildi!

64. Mezbonlar burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pga Sanches boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

58. ZARBAAAAAAAAA!!! De Yongning pasidan keyin Messining zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi.

56. "Valyadolid"ning qarshi hujumidan samara chiqmadi. Alkarasning zarbasiga aniqlik etishmadi.

53. ZARBAAAAAAAA!!! Alkarasning jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

51. ZARBAAAAAAA!! Martin Breytueyt ajoyib imkoniyatni ko'kka sovurdi.

50. Alba yana raqib jarima maydonchasida. Uning Martin tomon pasini himoyachilar qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

47. "Barsa" ikkinchi bo'limni ham hujum bilan boshladi. Breytueytning zarbasini himoyachi qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytib chiqishdi. O'zgarishlar bor tarkibda.

Taym yakunlandi. Biz ham biroz tanaffus qilamiz.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Messi uzoq masofadan Masipni sinab ko'rdi. Posbon o'z o'rnida.

44. "Barselona" hujumga o'tdi. Destning pasidan keyin de Yongning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.

39. UXXXXX!! "Barsa" yana keskin hujumga o'tib ketdi. Albaning Messi tomon pasi o'tmadi.

37. ZARBAAAAAA!! "Valyadolid" himoyachisining pasidan keyin Messi raqib posti tomon zarba berdi. Masip to'pni ushlab oldi.

35. GOOOOOOOOOOOLLL!!! Breytueyt qanotdan uzatilgan to'pni bo'sh qolgan darvozaga osonlik bilan kiritdi!

31. UXXXXX!!! Breytueyt chiroyli uslubda zarba berdi. Masip o'z o'rnida.

25. O'yinning tempi unchalik yuqori emas. Vaziyatlar juda kam bo'lmoqda.

22. GOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Messining zargarona to'p uzatishidan keyin Langle boshi bilan bergan zarbasi orqali hisobni ochdi!

19. ZARBAAAAAAA!!! Messining zarbasini Masip qaytardi!!!

15. "Barselona"ning hujumlarida rang-baranglik etishmayati. Mezbon jamoa himoyachilari to'pni olib qo'yishda qiynalmayapti.

10. Messining chiroyli pasi Albaga mo'ljallangandi. Biroq to'p yo'l-yo'lakay Breytueytga tegib, darvozabon tomonga ketib qoldi.

7. Yana "Valyadolid" hujumda. Zarbani ter-SHtegen ushlab oldi. Qarshi hujumga o'tib ketgan Messining zarbasiga aniqlik etishmadi.

5. Alkarasning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

3. Mezbonlar hujumga o'tdi. Biroq Jotadan to'p olib qo'yildi. Ammo "Valyadolid" jarima zarbasiga ega bo'lmoqda.

1. Demak, uchrashuvga start berildi!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari!! Bugun "Barselona" safarda uch ochkoni olish uchun maydonga tushadi. O'yinni sizlar bilan birga Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика