So’nggi yangiliklar

13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  4 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1

LaLiga. "Klassiko" "Real"ni 9-o'ringa tushirib yubordi, to'purarlar poygasida Aspas etakchi (tur sharhi) Yangiliklar

LaLiga. "Klassiko" "Real"ni 9-o'ringa tushirib yubordi, to'purarlar poygasida Aspas etakchi (tur sharhi)

LaLiganing 10-turida sodir bo'lgan eng muhim voqealari etiboringizga havola qilamiz.

"El-Klassiko"

Turning eng muhim uchrashuvi "Kamp Nou"da bo'lib o'tdi. Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uchrayotgan "Real" "Barselona" mehmoni bo'ldi. Bahs ko'pchilik kutganidek kataloniyaliklar ustunligida o'tdi. "Qirollik klubi"ning qoniqarsiz natijalari jamoa futbolchilarining kayfiyatiga tasir ko'rsatgani aniq. O'yindagi ilk gol Filippe Koutino tomonidan kiritildi. Xordi Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni orqaroqda kelayotgan braziliyalikka uzatdi, yarim himoyachi esa chap oyog'i bilan darvozani aniq nishonga oldi.

Kataloniya klubining ikkinchi goli penaltidan urildi. Bosh hakam VAR tizimi orqali Varan Suaresga qo'pollik ishlatganini aniqladi va 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Urugvaylik forvard duelda Tibo Kurtuga imkoniyat qoldirmadi. Birinchi bo'lim 2:0 hisobida mezbonlarning hisobdagi ustunligi bilan yakunlandi.

50-daqiqada Benzema boshlab bergan hujum Marseloning goli bilan yakunlandi. Braziliyalik himoyachi Kataloniya klubi jarima maydonchasidagi palapartishlikdan foydalanib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. 2:1. Bu gol "qaymoqranglilar" va ularning muxlislarida umid uyg'otdi. Bir necha daqiqa o'tar-o'tmas Modrich darvoza ustunini nishonga oldi. Suares ham to'pni to'singa tekkazib, "Qirollik klubi"ga javob berdi.

O'yin taqdirini hal qilgan gol 75-daqiqada kiritildi. Kataloniya klubi qarshi hujumga o'tdi, Serxi Roberto to'pni Luis Suaresga tashlab berdi, hujumchi boshi bilan darvozaning burchagiga zarba berib, hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi.

82-daqiqa. Xordi Alba o'z jarima maydonchasi oldidan to'pni Luis Suaresga uzatdi. Serxio Ramos havodan kelayotgan to'pni ko'kragi bilan to'xtatishga urindi, biroq u qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Luis Suares raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqib, xet-trik qayd etdi.

O'yindagi so'nggi gol zaxiradan o'yinga qo'shilgan Arturo Vidal hisobiga yozildi. CHililik yarim himoyachi Usmon Dembelening uzatmasini darvozaga bosh bilan to'g'irlab qo'ydi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng "Real" turnir jadvalida 9-o'ringa tushib ketdi. 29 oktyabr kuni jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi istefosi haqida elon qilindi.

Barcelona

Philippe Coutinho - 11', Luis Suarez - 30', Luis Suarez - 75', Luis Suarez - 83', Arturo Vidal - 87'

LaLiga . 10-tur

28/10/2018, 20:15

1
:
5
Tugadi

Real Madrid

Marcelo - 50'

Stadion: Camp Nou, 90985 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
11'  Philippe Coutinho
11'  Jordi Alba
30'  Luis Suarez
38'  Ivan Rakitic
69'  Rafinha (Nelson Semedo)
74'  Philippe Coutinho (Ousmane Dembele)
75'  Luis Suarez
75'  Sergi Roberto
77'  Luis Suarez
83'  Luis Suarez
83'  Sergi Roberto
84'  Arthur (Arturo Vidal)
87'  Arturo Vidal
87'  Ousmane Dembele
39'  Nacho Fernandez
46'  Raphael Varane (Lucas Vazquez)
50'  Marcelo
53'  Gareth Bale
77'  Gareth Bale (Marco Asensio)
82'  Marcelo (Mariano Diaz)


10-tur natijalari

Bu turda "El-Klassiko"dan tashqari hayron qolarli natijalar bo'lmadi. Ayni damda ajoyib o'yin ko'rsatayotgan "Alaves" 10-turda "Vilyarreal"ni taslim etdi va turnir jadvalidagi 2-o'rnini saqlab qoldi. CHempionlar ligasida ishtirok etayotgan "Valensiya" esa "cho'kish"da davom etmoqda. "Ko'rshapalaklar" bu tur "Atletik" mehmoni bo'lishdi va uyga 1 ochko bilan qaytishdi.


Turnir jadvali

"Real" "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng LaLiga turnir jadvalining 9-pog'onasiga tushib ketdi. "Qirollik klubi" bu borada so'nggi 17 yil ichidagi eng yomon natijani qayd etdi.


To'purarlar ro'yxati

10-turda xet-trik qayd etgan forvardlar (Yago Aspas va Luis Suares) to'purarlar poygasining kuchli beshligiga kirib oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика