LaLiga. "Barselona" ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
26 avg 2019, 01:53
Ispaniya chempionatining 2-turidan o'rin olgan Barselona – Betis uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Grizmann dubl qayd etdi. Shuningdek, Peres, Alba va Vidal ham gol urishdi. Mehmonlarning ikki goliga Fekir va Moron mualliflik qilishdi.

La Liga, 2-tur

Barselona – Betis 5:2 

26 avgust, 00:00, Kamp Nou

Gollar: 15, Fekir – 0:1, 41, Grizmann – 1:1, 50, Grizmann – 2:1, 56, Peres – 3:1, 60, Alba – 4:1, 77, Vidal – 5:1, 79, Moron – 5:2.

Barselona –
ter Stegen, Langle, Pike, Semedu, Serji Roberto, Rafinya (81, Firpo), de Yong, Karles Peres (78, Ansu Fati), Buskets (73, Vidal), Alba, Grizmann.

Betis – Dani Martin, Bartra, Sidney, Emerson, Pedrasa, Guardado, Vilyam Karvalyu, Telo, Kanales (75, Laynes), Fekir, Moron.

Ogohlantirish:
Pike (32).

           

      LALIGA TURNIR JADVALI

                  

Bahsni championat.asia sayti orqali kuzatib borganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va LaLiganing keyingi o'yinlariga qadar xayrlashamiz!

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. Grizmann xet-trik qayd etish imkoniyatini qo'ldan chiqardi. Dani Martin bunga qarshi chiqdi va to'pni qaytardi.

-  Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Barselona" Messi va Suaressiz hozirga qadar 5 ta gol urishni uddaladi.

81. O'zgarish. Rafinya o'rniga Firpo tushdi.

79. GOL! "BETIS" HISOBNI QISQARTIRDI! 5:2. Morondan fantastik zarba!>>>> VIDEO

78. O'zgarish. "Barselona". Karles Peres o'rniga Ansu Fati tushdi.

77. GOL! Hozirgina maydonga tushgan Vidal hisobni 5:1 ko'rinishiga keltirdi.

75. O'zgarish. Kanales o'rniga Laynes tushdi.

73. O'zgarish. Buskets o'rniga Vidal tushdi.

66. "Betis" futbolchilari ikkinchi bo'limda bunday ketma-ket tarsakilarni qabul qilishni o'ylashmagan ham shekilli. Biroz muvozanatni yo'qotib qo'yishgandek taassurot uyg'otishmoqda.

60. GOL! Alba ham bugun maydonni golsiz tark etmaydigan bo'ldi. Peres va Albaning gollarini >>>> ushbu havola orqali mazza qilib tomosha qiling!

56. GOL! Peres ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi - Messi uslubidagi yana bir jozibali gol!

50. GOL! Grizmann (dubl)! Ajoyib zarba va gol! Jarima maydonchasi yonida to'pga burama yonalish berdi va shedevr gol urdi.

48. Ushbu bahs haqida qiziqarli ma'lumotlar olish yoki horijdagi futbol muxlislari bilan fikr almashish uchun Twitter ijtimoiy tarmog'ida #BarcaBetis xeshtegini yozishingiz mumkin.

46. IKKINCHI BO'LIMNI "BETIS" FUTBOLCHILARI BOSHLAB BERISHDI!

FOTOGALEREYA



TANAFFUS

GRIZMANNING "BARSELONA" SAFIDAGI ILK GOLINI TOMOSHA QILING>>>> GOL VIDEO


41. GOL! Grizman rasmiy uchrashuvlarda "Barselona"dagi ilk golini urdi. Havodan kelayotgan to'pni to'xtatmasdan chap oyog'i bilan joylab qo'ydi – 1:1.

40. Fekir va Buskets keskin to'qnashib ketishdi. Nabil ko'proq jabr tortgan ko'riandi. U o'rnidan turdi va o'yin davom etadi.

38. RAFINYA. Uning zarbasi himoyachining oyog'iga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Alba ajoyib pas bergandi. 

35. "Betis" hujumga o'tdi va to'pni oldirdi. Natijada, ko'k-anorranglilarda qarshi hujumga o'tish uchun qulay vaziyat paydo bo'ldi – Omadsiz yakun. 

33. Fekir jarima zarbasidan unumli foydalanishiga ter Shtegen to'sqinlik qildi. 

32. Ogohlantirish. Pike xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan hujumni qo'pollik evaziga to'xtatdi. 

29. Hakam hatoga yo'l qo'ydi. Kataloniyaliklar burchak zarbasi ishlab olishgandi. Biroq, uchrashuvni boshqarib borayotgan Xose Luis Gonsalesning fikri boshqacha bo'ldi. 

25. "Barsa"ning navbatdagi hujumi yana bloklandi. "Betis" himoyachilari ancha zich o'ynashmoqda. Bu esa raqib jamoaga hujumni xavfli tus ko'rinishiga keltirish uchun qiynalishiga sabab bo'lmoqda. Umuman, mehmonlarning o'sha gol bo'lgan vaziyatidan tashqari, ularni chuqur himoyaga yotib olishgan deb aytish mumkin. 

"Kamp Nou"da kiritilgan birinchi golni tomosha qiling >>>> GOL VIDEO


15. GOL! "Betis" tarkibida Fekir gol urdi. Qarshi hujumda Kanales yaxshi harakat qildi va u Nabil Fekirni to'p bilan taminladi. Fransiyalik yarim himoyachi esa chap oyog'i bilan ter Shtegen qo'riqlayotgan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga ola bildi.

14. Grizmanndan aniq zarba, lekin kuchsiz. 

12. LOL uchligining birortasi tarkibda yo'q va bu "Barsa" o'yinida bilinmoqda. Leo, Ousmane, Luis hammasi jarohat tufayli bugun birga emas.

10. O'ng qanotdan Semedu yorib kirmoqchi bo'ldi, ammo bugun Messi va Suaressiz o'ynayotgan Valverde shogirdlari tayinli hujum qilishga qiynalishmoqda.

8. Grizmann hujum boshladi, Rafinya davom ettirdi va himoyachilar mazkur yurishni ham bartaraf etishdi.

6. Frenki de Yong zarba berib hisobni ochishi mumkin edi, ammo uning bergan uzatmasini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

1. UCHRASHUVGA START BERILDI!


Hayrli kech LaLiga va "Barselona" klubiga befarq bo'lmagan, tunda ham uxlamay futbol ko'radigan aziz millionlar o'yini ishqibozlari!

Ispaniya chempionati 2-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Betis" uchrashuvini kuzatishga taklif etamiz. Demak, uchrashuv boshlandi!


La Liga, 2-tur

Barselona – Betis 5:2

26 avgust, 00:00, Kamp Nou

Gollar: 15, Fekir – 0:1, 41, Grizmann – 1:1, 50, Grizmann – 2:1, 56, Peres – 3:1, 60, Alba – 4:1, 77, Vidal – 5:1, 79, Moron – 5:2.

Barselona – ter Stegen, Langle, Pike, Semedu, Serji Roberto, Rafinya (81, Firpo), de Yong, Karles Peres, Buskets (73, Vidal), Alba, Grizmann.

Betis – Dani Martin, Bartra, Sidney, Emerson, Pedrasa, Guardado, Vilyam Karvalyu, Telo, Kanales (75, Laynes), Fekir, Moron.

Ogohlantirish: Pike (32).                                       

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia