LaLiga "Barsa"ning Messini qaytarish bo'yicha birinchi rejasini katta ehtimol bilan rad etadi
29 apr 2023 23:56
Yangiliklar
LaLiga "Barsa"ning Messini qaytarish bo'yicha birinchi rejasini katta ehtimol bilan rad etadi
Bugungi kunda Lionel Messida PSJ va "Al Hilol"dan takliflar bor.
Malumotlarga ko'ra, ayni damda LaLiga "Barselona"ning Messini qaytarish bo'yicha iqtisodiy rejasini rad etadi. Kataloniya klubi Messi yoki biror boshqa futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun LaLigadan ruxsat olishi lozim.
Oldinroq, agar LaLiga birinchi rejani rad etsa, Kataloniya klubi navbatdagi rejani taqdim etishi aytilgan edi.
Leo hozircha bor etiborini PSJga qaratgan. U voqealar qanday rivoj olishini kuzatmoqchi. PSJ hamda Messi o'rtasidagi yangi bitim bo'yicha muzokaralar to'xtatilgan.
Malum bo'lishicha, ayni damda argentinalikda PSJ, "Al Hilol" va "Inter Mayami"dan takliflar bor.
Fikrlar