Lacio – Roma. Saloh maydonga tushmaydi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2016, 09:32
Roma hujumchisi Muhammad Saloh Italiya A seriyasi 15-turidan o'rin olgan Lacioga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

24 yoshli misrlik futbolchi o'ng to'pig'idan jarohat oldi. Juma kun Saloh qo'shimcha testlardan o'tadi va qancha muddatga safdan chiqqani aniql bo'ladi.

Bu mavsumda 14ta o'yinda futbolchi 8ta gol urdi va 5ta golli pas oshirdi. Lacio – Roma uchrashuvi 4 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: asroma.com