"Lacio" "CHelsi" futbolchisini ijaraga olmoqchi
12 iyu 2021 09:58
Yangiliklar
"Lacio" "CHelsi" futbolchisini ijaraga olmoqchi
"CHelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHik faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Bir necha kun oldin rimliklar boshqaruviga Maurisio Sarri keldi. U Loftus-CHik bilan "CHelsi"dagi faoliyati orqali yaxshi tanish.
Italiyaliklar 25 yoshli angliyalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchilar.
Yarim himoyachi o'tgan mavsumni "Fulxem"da ijara asosida o'tkazgandi.
Fikrlar