"Labsa" bosh direktori: "Uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritdik"
28 apr 2018 18:21
Yangiliklar
"Labsa" bosh direktori: "Uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritdik"
"Lokomotiv-BFK" - "Labsa" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh direktori SHuhrat Jo'raev championat.asia saytiga intervyu berdi.
"Lokomotiv-BFK"ga qarshi o'yin juda murosasiz bo'ldi. Ikkala jamoa ham ko'plab hujumlar qildi hamda vaziyatlar yaratdi. Ammo hujumchilar ko'plab vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi.
Bu bizning uzoq kutilgan g'alabamiz bo'ldi. Barcha muxlislarimizni tabriklayman. PRO-ligadagi birinchi 3 ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz.
6-turda taqvimga ko'ra bizning jamoa dam oladi. 7-turda esa o'z maydonimizda "Iftixor" klubini qabul qilamiz. Debyutantlar o'rtasida o'yin qiziqarli kechishi aniq", - deydi SHuhrat Jo'raev.
Akbar Mirzaev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar