So’nggi yangiliklar

15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  7 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  18 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  7 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8

"La Masiya" navbatdagi yulduzidan quruq qoldi. Asl muammo nimada? Yangiliklar

"La Masiya" navbatdagi yulduzidan quruq qoldi. Asl muammo nimada?

"Barsa" maktabi yulduzi Xavi Simons PSJ safiga o'tganidan xabaringiz bor, albatta.

2010 yil yoz. Xaver Ernandes 30 yoshida Ispaniya termasi safida Jahon chempioni bo'ldi. Boshqa Xaver (Xavi Simons) o'sha yili (ota-onasi Xaviga havas qilib, farzandiga shunday ism qo'ygan) 7 yoshni qarshilagan, “Barselona” safida to'p tepardi. Oradan yillar o'tib, kichik Xavi kattasiga unga o'xshashni istashini, u ham futbol dunyosi yulduzi bo'lishni orzu qilishini aytadi. Jahon chempioni esa shunday javob berdi: “Muvaffaqiyatga intil, to'xtama, harakat qil va shunda orzularing ro'yobga chiqadi”.

2019 yil yoz. Iyul oyi. Xavi Ernandes 39ga to'ldi. U licenziya oldi va murabbiy etib tayinlandi. Xavi Simons esa 16ga qadam qo'ydi. U yosh bo'lishiga qaramay, unga ajoyib taklif bildirishdi. Qahramonimiz bu taklifni qabul qildi va “Pari Sen-Jermen” futbolchisiga aylandi.

“Barselona” akademiyasi yulduzida yosh futbolchi orzu qilishi mumkin bo'lgan barcha narsa bor edi: "ko'k-anorranglilar"ning 6-raqami, barcha yosh toifalarida sardorlik bog'ichiga ega bo'lish, maydonda etakchilik roli, birinchi jamoadan joy va jahon yulduzi bo'lish uchun yo'l. SHuningdek, Instagram sahifasida milliondan ortiq obunachi... Ammo bir narsani unutmaslik lozim: uning futbol agenti — Mino Rayola!

Yulduzdek yasha

Xavi Simons bo'lish oson emas. O'z vaqtida bunday vaziyatga Jerar Deulofeu va Karles Alenya duch kelgandi. Etibor berganmisiz, yo sifatli o'yini, yoki estetikasi tufayli biror o'yinchini kelajakda albatta mashhur yulduz-futbolchi bo'ladi deb aytishadi.

So'nggi yillarda ko'pchilik ijtimoiy tarmoqlar orqali mashhurlikka erishmoqda. Bu borada “Barselona” futbol maktabi ham oldinga odimlab ketmoqda (ayniqsa Instagram va Tvitterda). Tasavvurga ega bo'lishingiz uchun: masalan, “Infantilya B”ning oddiy o'yinchisi Pablo Paesning Instagramda 20 mingdan ortiq obunachisi bor. U bilan bir jamoada Pablo Lopes (16 ming) va Xuan Larios (12 ming) o'ynaydi. Agar oddiy yosh yigitlar uchun bu raqamlar haddan tashqari ko'pdek tuyulsa, u holda buyog'ini eshiting: chunki Xavi Simonsning obunachilar soni sizni lol qoldirishi aniq. Yosh yarim himoyachining Instagramidagi obunachilari 1,7 (!!!) million (u haqida maqolalar elon qilinganidan so'ng, ularning soni yanada oshdi). Ana shunaqa gaplar.

Yaqindagina 16 bahorni qarshi olgan yigitcha uchun ijtimoiy tarmoqning yukini ko'tarish oson bo'lmaydi. Ayniqsa, u o'spirinlik davrida bo'lgani bois, bu narsa unga salbiy tasir qilishi ham mumkin. Bu narsani bilgan va tushungan “Barselona” klubi Simons va uning yoshidagi o'yinchilarga ko'p narsani man qilardi: hamma ishga aralashib, o'zini mashhur inson deb hisoblamasliklari uchun.

Xavi Simons bilan suratga tushuvchilar soni ham ortdi: nafaqat bolalar, balki kattalar ham u bilan rasmga tushish uchun navbatda turishibdi. Ular o'yinchiga faqat bir gapni takrorlashmoqda: “Birinchi jamoada o'ynashing kerak!”. Bunday gaplarni Kataloniyaning turli yosh toifasidagi klublarida to'p tepgan Deulofeu va Alenya ham ko'p eshitgan. Bu ikki o'yinchi tinimsiz mehnat bilan ko'p narsaga erishish mumkinligini isbotlashdi. “Gavi”, Larios va ularning tengdoshlarini oldinda uzoq yo'l kutib turibdi. Ularning orzulari amalga oshishi uchun "La Masiya"da barcha sharoit bor.

Ammo "La Masiya" “marvaridi” oruzalaridan kechib, futbol yulduzlari qochib qutila olmayayotgan Franciya chempionati tomon yo'l olmoqda... Xo'sh, nima uchun bunday bo'ldi?!

Pul omili: Mino Rayola 

Mashhur futbol agentlaridan biri bo'lmish Rayola o'z mijozlari uchun munosib shartnomalarni izlashdan to'xtamayapti. O'zingizga malum, Rayola uchun foizni hali hech kim inkor etmagan. SHu sababli, u uchun eng maqbul yo'l — o'yinchi transferi.

Birinchi navbatda, Simons PSJga o'tishidan uning agenti, keyin esa Parijda istiqbolga erishishi hali nomalum bo'lgan o'yinchi foyda ko'rdi. Bunday vaziyatda yutqazgan birgina “Barsa” bo'ldi. Jamoa nafaqat kelajagi porloq futbolchini, balki o'z tarbiyalanuvchisi, Xavi Ernandesning vorisi, ajoyib texnikaga ega, maydonni yaxshi ko'ra oladigan o'yinchini yo'qotdi.

Kelajak omili: “Barselona”ning munosabati

Keng doira oldida bu haqida gapirishmaydi, ammo klub rahbariyati aksariyat vaziyatlarda o'z tarbiyalanuvchilariga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lmoqda. Pul uchun sotib olingan birinchi jamoaning har qanday o'yinchisi kateranolarga nisbatan ustunlikka ega bo'ladi va transfer narxi qanchalik qimmat bo'lsa, Xarid qilingan yangi futbolchi o'ynashi uchun tarbiyalanuvchi, shunchalik katta ehtimol bilan, zaxirada qoladi.

Yosh futbolchilarning aksariyat qismi shunday yo'l tutib, faoliyatining asosiy qismini zaxira o'rindig'ida o'tkazib yuboradi. “Barselona”dan Pedro, Bartra, Tyago Alkantara kabi o'yinchilardan ko'ra, Song, Neymar va hattoki Andre Gomeshni o'sha o'yinchilardan afzal ko'rishgan edi. Imkon berilishini kutolmagan o'yinchilar soni yuzdan ortiq. Ulardan bazilarining omadi kelib, o'yini “ochilib ketgan” va o'z salohiyatidan hech bo'lmaganda qisman foydalana olgan — Alba, Ikardi, Grimaldo. Ammo zaxira o'rindig'ida “kun o'tqizib”, katta futbolga o'tolmagan “omadli” futbolchilar ham kam emas. Masalan, Inesta va Xavi ilk bor asosiy tarkibga qanday tushganini bilasizmi? Ularning jamoadagi raqobatchilari (markaziy yarim himoyaning asosiy o'yinchisi) jarohat olganidan so'ng, ularga imkon berishgan. To'g'ri, hech bir jamoada yosh futbolchini birdaniga asosiy tarkibga kiritib yuborishmaydi, ammo kataloniya klubida agar sotib olingan, narxi qimmat yulduz sog' bo'lsa, o'yini o'xshamasa ham o'sha yigit maydonga tushishi ko'p kuzatiladigan bo'lib qoldi so'nggi yillarda. 

Hozir Xavi Simons 16 yoshda. “Barselona” rahbariyati shartnomani uzaytirish borasida shoshilmagandi, va atayin Mino Rayola bilan gaplashmadi — klub futbolchining otasi bilan muzokara o'tkazdi. Maoshning oshirilishi va “Xuvenil A”da to'p tepib, keyin “Barsa B”ga o'tish taklifi bilan ham ular Regilio Simonsni ko'ndira olmadilar. SHundan so'ng, o'yinchining oilasi Rayola va PSJ taklifiga rozi bo'ldi. Ehtimol, Simonslar oilasi Karles Alenya, Serxi Samper va boshqalarning yo'lini takrorlashni istamagandirlar. Bilasizmi, XXI asrda “Barselona” akademiyasining faqat bitta tarbiyalanuvchisi birinchi jamoadagi ajoyib o'yinlari tufayli o'z o'rnini topishga muvaffaq bo'ldi; uni hamma taniydi va yaxshi ko'radi. 

Boshqa tarbiyalanuvchilar esa asosiy o'yinchi jarohat olgani tufayli yoki Xosep Gvardiolaning qatiy qarori bilan tarkibga qo'shilgan: Serxio Buskets va Pedro Rodriges bunga misol bo'la oladi.

Ernesto Valverde Pep kabi bor masuliyatni o'z bo'yniga oladigan insonga o'xshamaydi. Qolaversa, yosh futbolchilarga individual sovringa ega bo'lishni taqiqlaydigan “Barselona” rahbariyati ham klub foydasiga gapirmaydi. Xavi Simons PSJni tanladi, Takefusa Kubo “Real Madrid”ga ketdi, boshqa iqtidorli o'yinchilar ham hech bir muammosiz klubni tark etmoqda. Ehtimol, Simonsning ketishi muxlislarning “sabr kosasi” to'lib-toshishiga sabab bo'lar?! Balki shundan keyin klub rahbariyati yosh o'yinchilarga nisbatan belgilangan standartlarni qayta ko'rib chiqar?! Hech bo'lmaganda, yillar o'tib o'z tarbiyalanuvchilarini rekord summaga sotib olmaslik uchun ham bu xatoni to'g'rilashi zarur...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика