La Liganing ikki klubi SHakiri uchun davogarlik qilmoqda
09 avg 2021 16:28
Yangiliklar


La Liganing ikki klubi SHakiri uchun davogarlik qilmoqda
SHveycariya terma jamoasi yarim himoyachisi Jerdan SHakiri ushbu transfer oynasida "Liverpul"dan ketishga yaqin.
29 yoshli futbolchiga La Liganing "Vilyarreal" va "Sevilya" klublari qiziqish bildirmoqda. "Liverpul" rahbariyati ham o'yinchi bilan yozda xayrlashishga tayyor.
Jerdan "Liverpul"da 2018 yilning iyulidan beri harakat qiladi. Uning "qizillar" bilan shartnomasi kelasi mavsumning so'nggida yakuniga etadi.
SHakiri o'tgan mavsum Premer-liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar