So’nggi yangiliklar

15:14Жаҳон чемпионатида 52та ўйин кўрамиз  0 15:01 "Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Зиёратуллаев Фозилжон  0 14:37"Барселона" Бундеслиганинг икки футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:11Суареснинг Уругвай терма жамоасидаги хайрлашув учрашуви бўлиб ўтди. Унда Месси, Неймар, Форлан ва бошқа юлдузлар иштирок этди  1 13:38Оуэн: "МЮ Роналдуни мураббийликка кўриб чиқиши учун Криштиану бир ишни уддалаши керак"  1 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Бразилия ниҳоят ғалаба қозонди ва бошқа натижалар (+жадвал)  1 12:14Барколя Италиядан учралган мағлубиятдан сўнг: "Франция сафидаги биринчи голимдан фахрланаман"  0 11:46Доннарумма 14-сонияда ўтказилган гол ҳақида: "Ҳали қўлқопимни кийишга улгурмагандим"  7 10:45Назорат учрашувлари. Бугун "Бунёдкор" "Андижон", "Бухоро" "Қизилқум" билан ўйнайди  0 10:14Дунёнинг 3 карра энг яхши футзалчиси: "Марказий Осиёда футзал йилдан-йилга ўсмоқда"  1 09:55Марсел Маркеш: "Ўзбекистон терма жамоаси тўпга яхши эгалик қилди. Терма жамоангизнинг жисмоний ҳолати жуда яхши"  8 09:30Қирғизистон ва Туркманистон мураббийлари ОКМК ФК базасида амалиёт ўташмоқда  1 08:59Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси бугун Вьетнам билан ўйнайди  3 08:26Хосе Венансио Лопес Бразилиядан учралган йирик ҳисобдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  7 07:35"Олимпик" мураббийи энди ўсмирлар терма жамоасида ишлайди  5

La Ligada qaysi jamoa chempion bo'ladi? Yangiliklar

La Ligada qaysi jamoa chempion bo'ladi?

Championat.asia xodimlari Ispaniya chempionatida o'zlari muxlislik qiladigan klublar chempion bo'lishini kutishmoqda.

Xayrulla Xoliqov taxmini: "Barselona"

Taxminimcha, La Liga uchun g'oliblik bu safar "Barsa"ga nasib etadi. Negaki "Barsa"ning taqvimi chempionlik uchun kurashayotgan boshqa uch klubga nisbatan birmuncha qulay.

Kataloniyaliklarni bugun jadval peshqadami "Atletiko"ga qarshi bahs kutmoqda. Agar "Barsa" bu uchrashuvni o'z foydasiga hal etsa, chempionlik sari juda katta qadam tashlagan bo'ladi. Mobodo yutqazib qo'ysa yoki durang o'ynagan taqdirda ham imkoniyat baribir saqlanib qoladi.

"Barselona" Ispaniya chempionatining oxirgi to'rtta o'yindan uchtasida g'alaba qozondi va faqat kutilmaganda "Granada"ga yutqazib qo'ydi. Lekin o'tgan tur bosh murabbiysiz ham "Valensiya" katta ishtiyoq evaziga mag'lub etilgani tahsinga loyiq. Hozir jamoani bitta relsga tushib olgan desa bo'ladi. 

"Barselona" bugungi bahsni o'tkazib olgach, kelasi tur safarda "Levante" mehmoni bo'ladi, so'ngra o'z maydonida "Selta"ni qabul qilib, oxirgi turni yana mehmonda "Eybar"ga qarshi o'tkazadi. CHempion bo'lish uchun bundan oson taqvim bormikin? Ko'rinib turibdiki, ko'p narsa bugungi o'yinga bog'liq.

P.S. "Atletiko"ning hali "Real Sosedad", "Osasuna", "Valyadolid", "Real"ning esa "Sevilya", "Atletik Bilbao" va "Vilyarreal" kabi jamoalar bilan qiyin o'yinlari bor.

Alisher Ostonov taxmini: "Atletiko"

Menimcha joriy mavsum yakunida "Atletiko" baribir uzoq kutilgan chempionlikni tantana qiladi.

Katta ehtimol bilan bugungi o'yin "Atletiko"ning chempion bo'lish yoki bo'lmasligini hal qiladi. Bugun Madrid klubi uchun durang natija ham fojea bo'lmaydi deb hisoblayman. Sababi Simeone shogirdlari qolgan uch o'yin ("Real Sosedad", "Osasuna" va "Valyadolid")ni ortiqcha qiyinchiliklarsiz yutishadi deb o'ylayman.

"Real"ni esa jiddiy 4 raqib kutib turibdi. Ular Evropa Ligasi qiroli va joriy mavsumda La Liga g'olibligiga davogar bo'lgan "Sevilya", "Barselona"ni "Kamp Nou"da mag'lub etgan "Granada", Marselino boshchiligida ajoyib o'yinlar namoyish etayotgan "Atletik" va Evropa Ligasining amaldagi finalchisi "Vilyarreal". SHaxsan men "qirollik klubi"ning bu o'yinlarning barchasida uch ochko olishiga ishonmayman. Bundan tashqari, "Real" etakchilarining bir nechtasi, jumladan Rafael Varan va Serxio Ramos kabi o'yinchilarda muammolar bor.

"Barselona" "Atletiko"ga qarshi La Liga doirasidagi so'nggi 21 o'yinning atigi 1tasida mag'lub bo'lgan (14 g'alaba va 6 durang). Mana shu statistika ham bugungi o'yinda kim favorit ekanligini ko'rsatib turibdi. Ammo, Simeone mavsum davomidagi gegemonligini osonlikcha berib qo'ymaydi. Oldingi o'yinda sensacion tarzda Barselonada mag'lub bo'lgan "ko'k-anorranglilar" "Atletiko"ga birinchi davrada Yannik-Ferreyra Karraskoning ajoyib goli evaziga mag'lub bo'lishgan edi. Umumiy olganda "Barsa" o'tgan yili "matraschilar" bilan uchta o'yin o'tkazgan, kataloniyaliklar ulardan ikkitasida mag'lub bo'lishgan va bitta durang qayd etishga erishishgan. Ammo, raqib tarkibida "Atletiko"ni "sevadigan" futbol qiroli Lionel Messi o'ynaydi. "Atletiko" argentinalikning eng ko'p gol urgan jamoalari orasida 2-o'rin ("Sevilya"dan so'ng)da turadi.

Bugungi o'yinda haqiqiy jangni ko'ramiz. La Liganing qaynoq yakunidan huzur oling!

Omonjon To'xtamirzaev taxmini: "Real Madrid"

Menimcha, La Liga ushbu mavsumida Madridning "Real" klubi g'oliblikni qo'lga kiritadi. 

Xabaringiz bor, bugun Kataloniyada "Barselona" - "Atletiko Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tadi va ushbu uchrashuvda katta ehtimol "Real" g'olib bo'ladi. Taqdir xazilini qarangki, 33-turda "Granada"ga yutqazib qo'ygan va chempionlikdan umidini uzmagan "Barselona" o'z maqsadi yo'lida g'alaba qozonishi zarur. Ammo agar "ko'k-anorranglilar" yutsa-yu, uyoqda "Real" ochko yo'qotmasa, Kuman shogirdlari azaliy raqibi chempionligiga kattagina hissa qo'shgan bo'lib qoladilar.

Ertaga esa (bugungi o'yin natijasini bilib) "finallarni" qanday yutishni biladigan "Madrid" uyida "Sevilya"ni qabul qiladi. To'g'ri, "Sevilya" kuchli raqib va yomon sport formasida emas. Biroq jamoa o'tgan turda "Atletik" Bilbaoga yutqazib qo'ydi va ehtimoliy chempionlikdan amalda quruq qoldi. Aytmoqchimanki, agar o'sha o'yindan avvalgi holat, imkoniyati saqlanib qolganida andalusiyaliklar ham maydonda borini berardi. Endi esa, vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, na 3-pog'onaga chiqa oladi va na 4-o'rnidan tushib ketadi. Ishtiyoq bitta/ikkita o'yinlik to'qnashuvlarda juda katta ahamiyat kasb etadi. 

To'g'ri, kuni-kecha "Real" ECHL yarim finalida "CHelsi"ga ochiqchasiga yutqazdi va bir narsani alohida etirof etmoqchiman, o'sha kuni Zizu shogirdlari oxirgi daqiqalarda shunchaki charchab qolishdi. Normal sport formasidagi Serxio Ramos elkama-elka kurashda Kay Xavercga imkoniyatni boy berishini boshqa qanday izohlash mumkin? Bunga nima sababligini hamma bilib, tushunib turibdi. Bu mavsum "Real" jarohatlar sabab (55+) amalda biror marta optimal tarkibda o'ynolmadi. Lekin futbolchilari imkoniyatlaridan maksimal ravishda foydalangan Zidan mavsumni sovrinsiz tugatishni istamasligi aniq. 

Zinedin Zidan qo'l ostida "Real" katta uchrashuvlarda qanday o'ynashni bilishi hech kimga sir emas. O'ta og'ir o'tgan, tarkib bilan katta muammolar bo'lgan shu mavsumda ham "Real" (o'sha eslaganimiz, "CHelsi"ga qarshi o'yinlarni inobatga olmasa) katta o'yinlarda mag'lub bo'lmadi. Aynan shu fakt sababli ham ochkolar mabodo teng bo'lib qolsa, "Real" "Atletiko"dan ham, "Barsa"dan ham teparoqda bo'ladi. Musobaqa jadvali va umuman chempionlik uchun kechayotgan bunday kurashda, bu sezilarli ustunlik. 

To'g'ri, "Real Madrid" keyingi turlarda hali "Atletik Bilbao" va Evropa Ligasi finaliga chiqqan "Vilyarreal" bilan ham kuch sinashadi. Ammo kutilmagan taktik o'zgarishlar va rotaciyadan unumli foydalanishni biladigan Zidan bir amallashiga ishonsa bo'ladi. 

P.S. SHu turda ("Atletiko" ochko yo'qotib) "Real" uch ochkoni qo'lga kiritsa, uyog'iga o'zining qiyin raqiblari yoki "Barselona"ning oson taqvimi amalda o'z ahamiyatini yo'qotadi.

Faxriddin Ro'ziev: "Sevilya"

Andalusiyaliklarda ham chempion bo'lish imkoniyati yo'q emas. Faqat buning uchun yuqoridagi uchlikning kelishilgan o'yinlarda ishtiroki aniqlanishi va ularning har biridan 30 ochko olib tashlanishi kerak. Yoki uchchala klub ham birdan bankrot holatini elon qilishi kerak. Aks holda, "Sevilya" nafaqat bu yil, kelasi yil ham chempionlikdan umid qilmasa bo'laveradi.

La Liga turnir jadvali

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика