So’nggi yangiliklar

19:20Клопп: "Диогу нафақат фантастик футболчи, балки ажойиб дўст, меҳрибон эр ва ота эди!"  0 19:10Суперлига. "Шўртан" – "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 18:45"Реал" футболчиси жамоани тарк этиши учун пул таклиф қилди  9 18:16"Барселона" 3 нафар футболчисини трансферга қўяди: Каталония клубини ким тарк этади?  5 17:53Мюллер футболдаги трансфер нархларини танқид қилди  3 17:40Ҳужжатларни сохталаштириш билан боғлиқ ҳолат сабаб "Нефтчи" ходимларининг иши ЎФА қўмитасида кўриб чиқилади  10 17:18Расман: Саудия Арабистони чемпионати афсонаси "Ал Ҳилол"да ўйнайди  2 16:50"Нефтчи" ишончли ғалабага эришиб, 3-поғонага жойлашган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35Лейла Ораниязова: "Лаосга қарши бироз қийналдик"  0 16:20CAFA Nations Cup мусобақасига қуръа ташланди: Ўзбекистон Ўмон билан бир гуруҳдан жой олди  8 15:58Роналду Диогу Жотанинг фожиали вафотига муносабат билдирди  3 15:30Клуб Диогу ва Андренинг шахсий дахлсизлиги ҳурмат қилинишини истайди — "Ливерпуль" футбол клуби  17 15:10Суперлига. 15-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Бухоро"да йўқотишлар мавжуд  0 14:55Людмила Карачик: "Кейинги учрашувда Осиё Кубоги йўлланмасини қўлга киритиш учун майдонга тушамиз"  0 14:40Шавкат Мирзиёев Озарбайжон президентини мини-футбол бўйича Жаҳон чемпионати ғолиблиги билан табриклади  0

La Liga. Xavining "Barselona"si "Osasuna"ni mag'lub eta olmadi Yangiliklar

La Liga. Xavining "Barselona"si "Osasuna"ni mag'lub eta olmadi

Teglar :  OsasunaBarselona
Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan "Osasuna" - "Barselona" uchrashuvi yakunlandi.

Osasuna – Barselona 2:2

20.15, «El-Sadar»

Gollar: 0:1 – 12 Niko Gonsales, 1:1 – 14 David Garsiya, 1:2 – 49 Ezzalzuli, 2:2 – 86 Avila.

Osasuna – Errera, Vidal (Xose Anxel, 74), Unai Garsiya, David Garsiya, Xuan Krus, Sanches (Roberto Torres, 73), Torro, Ruben Garsiya (Brashanac, 68), Monkayola, Barxa (CHimi Avila, 68), Kike Garsiya (Budimir, 68).

Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Arauxo, Buskets, de Yong, Niko Gonsales (Mingesa, 73), Ezzalzuli, Gavi, de Yong, Dembele (Koutino, 81).

Ogohlantirishlar: Vidal (28), Ruben Garsiya (37), Xuan Krus (49), Sanches (56), David Garsiya (67), Gavi (74), ter Stegen (83).





YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Barselona" g'alabasiz seriyasini davom ettirmoqda. Jamoaga Xavi ham yordam bera olmayapti.

90+5. Koutino ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Esiz, uch ochko...

90+4. "Barsa"ning burchak zarbasi qaytarildi. 

90+2. Judjla Ezzalzuli o'rniga o'yinga qo'shildi.

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Pike raqib hujumini buzgani uchun ogohlantirildi.

86. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Hisob tenglashdi! Burchak zarbasidan so'ng to'p qaytdi, qaytgan to'pni esa uzoq masofadan CHimi Avila darvozaga joylab qo'ydi!

85. Futbol bilan boshlangan bahs kurash bilan yakunlanish arafasida.

83. "Osasuna" futbolchilari gapni cho'zgani uchun ogohlantirilgan bo'lsa, Ter SHtegen vaqtni cho'zgani uchun ogohlantirildi.

81. Koutino hozirgina himoyada adashib yurgan Dembeleni almashtirdi.

80. Usmon Dembeleivich poziciyasini o'zgartiradi. Himoyaga qaytgan forvard raqib hujumini bartaraf etdi.

78. Ezzalzuli bilan kombinaciya natijasida Gavi zarba yo'lladi, darvozabon to'pni bexavotir maydon tashqarisiga kuzatib qo'ydi.

74. Raqibining ko'krak to'sishiga dumalab tushgan Gavi alamini olgani uchun ogohlantirildi.

73. Mingesa Niko o'rniga maydonga tushdi. Mezbonlardan esa Roberto Torres Sanches o'rniga o'yinga qo'shildi.

72. Dembelening zarbasi har doimgidek...

69. Ter SHtegen burnini ushlab yotibdi, hakam o'yinni to'xtatdi.

68. David Garsiya Busketsni yiqitgani uchun ogohlantirildi.

67. Gavi Vidalga nisbatan qoida buzdi. "Osasuna"da standart vaziyat yuzaga keldi.

64. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi, raqib himoyachilari xavfni bartaraf etishdi.

Dembele chiroyli goldan ko'ra chiroyli kulishni qoyillatmoqda

58. ZARBA! Dembele o'ng qanotdan chap oyoqda zarba yo'lladi, biroq yana Usmonning omadi kulib boqmadi.

57. Hakam "Osasuna" futbolchilarining "lazgi"siga o'ynamoqda. Unga etiroz bildirmagan futbolchi qolmadi, hatto murabbiygacha. 

55. Sanches jahlini jilovlay olmagani uchun ogohlantirildi

52. Ezzalzuli bu safar hujumda foydasiz yakunladi.

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Ezzalzuli nihoyat o'zini ko'rsatdi. Mezbonlar etiroz bildirmoqda. Sababi biroz ilgari Buskets o'z jarima maydonida qo'l bilan o'ynagandi.

49. Lyuk de Yong maydon markazida qo'pollik ishlatdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. Birinchi bo'limga vaqt qo'shib berilmadi. Tanaffus.

44. Lyuk De Yong raqib jarima maydoni oyog'ini ushlab yotibdi. Raqib himoyachilari uni turg'azib qo'yishdi.

42. "Osasuna"ning burchak zarbasi besamar yakunlandi.

40. Gavi hujum chog'ida raqib oyog'ini bosib oldi. 

38. Xavfli vaziyat! Dembelening uzatmasi to'g'ri darvoza tomon bordi, Errera o'z mahoratini namoyish etdi.

36. Ezzalzulini "chopishdi". Ruben Garsiya hakam tomonidan sariq qog'oz bilan "siylandi".

34. Abdusamat raqib futbolchilarini "laycha" qildi, biroq ko'ngildagidek zarba berolmadi.

32. Gavi birinchi goldagi kabi uzatma amalga oshirgandi, bu safar mezbonlar mudofaasi hushyorlikni yo'qotmadi.

30. Ezzalzuli ham Erreraning qo'llarini mo'ljal qildi.

29. Dembelening uzatmasi to'g'ri Erreraning qo'llariga borib tushdi.

28. Ezzalzuliga nisbatan qoida buzildi. Yana bir standart yuzaga keldi "Barsa"da.

26. "Osasuna" xavfli pressing uyushtirdi, mehmonlar zo'rg'a undan chiqib keta olishdi.

24. Ezzalzuli chap qanotdan to'pni o'ziga to'g'rilab olib, zarba yo'lladi, biroq yo'nalish noaniq tus oldi.

21. Mehmonlarning tezkor qarshi hujumini L. de Yong noaniq uzatma bilan chippakka chiqardi.

20. Umtiti Ter SHtegenga noaniq pas berdi, natijada yo'q joydan mezbonlar burchak to'pi ijro etadi.

18. Abdusamat Ezzalzuliga nisbatan qo'pollik ishlatildi. O'zimizning mahalladagi Abdusamatga emas, "Barsa"ning 33-raqamli futbolchisiga nisbatan.

"Barselona"ga xursand bo'lish mumkin emas

14. Mana sizga golga javob!!! Bir daqiqa o'tar-o'tmas hisob tenglashdi! Standart vaziyatdan oshirilgan to'pni David Garsiya bosh bilan darvozaning burchagini nishonga oldi. 1:1!

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! "Barselonaaaaaaaaaaa" Gavining Xaviona uzatmasidan so'ng Niko raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi hamda o'z imkoniyatidan foydalandi.

9. Dembelening burchakdan uzatmasi markazgayam etib bormadi, boshqa futbolchini bu nuqtaga tayinlagan maqulga o'xshayapti.

8. Endi esa Xavining shogirdi Gavining hujum boshlashi natijasiz yakunlandi.

7. Barxa o'ng qanotdan Gavini ortda qoldirmoqchi bo'ldi, yosh futbolchi bunga imkon bermadi. Bupchak zarbasidan so'ng mezbonlar o'yin qoidasini buzishdi.

5. "Barsa" burchak zarbasi ijro etdi, raqib himoyachilari to'pni qaytardi.

4. Kataloniyaliklar ilk daqiqalardan to'p nazoratini o'zlariga olishdi.

1. Lyuk De Yong ilk hujumda o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

1. Uchrashuvni "Barselona" futbolchilari boshlab berishdi.

"Barselona" "Osasuna"ga gol urishni yaxshi ko'radi. Kataloniyaliklar ushbu raqibini so'nggi yillarda kamida ikkita gol bilan "siylagan". Ko'ramiz, hozirda mushkul ahvoldagi Xavi shogirdlari bu safar ham osonlikcha raqibini taslim eta olisharmikan?..

Mazkur stadion bugungi o'yinni o'tkazishga shay holatda

Mezbonlardan Xuan Peres va Xesus Areso, mehmonlardan esa Jordi Alba, Serji Roberto, Anssumane Fati, Pedri, Martin Breytueyt, Serxio Aguero, Memfis Depay bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi.

La Liga turnir jadvali

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida ispan futbolining ajoyib bahslaridan birining guvohiga aylanamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика