​La Liga. “Vilyarreal” o'z uyida “Betis”dan ustun keldi

26 noya 2018, 07:35
Ispaniya La Ligasi 13-turi doirasida yana bir uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda “Vilyarreal” jamoasi o'z maydonida “Betis”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar safida Moreno va Chukvueze o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga erishgan bo'lsa, mehmonlardan yagona javob golini Lo Chelso kiritishga erishdi.

“Vilyarreal” – “Betis” 2:1

Gollar: 1:0 – 52 Moreno, 2:0 – 54 Chukvueze, 2:1 – 90 Lo Chelso.
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar (Migelon, 67), Funes Mori, Ruis, Pedrasa, Kaseres, Trigeros (Morlanes, 40), Kasorla, Fornals, Chukvueze, Moreno (Bakka, 79).
Betis – Lopes, Bartra, Feddal (Telo, 61), Mandi, Vilyam Karvalyu, Gerrero, Firpo, Kanales, Guardado (Lo Chelso, 64), Moron, Sanches (Leon, 69).
Ogohlantirishlar: Morlanes (72), Ruis (89), Kanales (89).




O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia