La Liga va Tebas bu safar "Yuve" hamda "Siti" ustidan UEFAga shikoyat qildi
03 iyu 2022 22:50
Yangiliklar
La Liga va Tebas bu safar "Yuve" hamda "Siti" ustidan UEFAga shikoyat qildi
Ispaniya chempionati rahbariyati yana ikki klub ustidan UEFAga arz qildi.
Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas "Yuventus" va "Manchester Siti" ustidan UEFAga arz qildi.
Tebasning fikricha, bu ikki klub o'z siyosatlari orqali Ispaniya va Evropa futboliga xavf tug'dirishmoqda. La Liga prezidenti Evropa futbolini noteng sharoitda raqobat qilishdan asramoqchi.
Bundan avvalroq, La Liga va Tebas PSJ ustidan ham UEFAga shikoyat qilgandi. Bunga esa Kilian Mbappe bilan tuzilgan yangi shartnoma sabab bo'lgan.
Fikrlar