So’nggi yangiliklar

21:52Франциянинг барча даврлардаги энг яхши тўпурари терма жамоадаги фаолиятини якунлади  0 21:35"Манчестер Сити" юлдузи Англия таъсиридаги мамлакатни Испанияники деб атади  1 21:18Мбаппе "Реал"да қайси позицияда ўйнамоқчи эканлигини айтди  0 20:51Англия терма жамоасига АПЛда ишлаган мураббийлар номзоди кўриб чиқилмоқда  5 20:24Марказий Осиё. Биринчи даврадан кейин чемпионатларда вазият қандай?  5 20:00"Ал Иттиҳод" Франция терма жамоаси аъзосини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 19:45Родриго Мбаппенинг "Реал"га ўтиши ҳақида: "Дунёнинг энг буюк клубига хуш келибсан!"  2 19:22Меньян, Уокер, Салиба, Мусиала ва 6 испан — Евро-2024 рамзий терма жамоаси   3 19:00Магуайр Саутгейтнинг Англия термасидан кетиши ҳақида: "Раҳмат, босс. Сиз яна ўз кучимизга ишонишимизга мажбур қила олдингиз. Хотиралар мангу қолади"  3 18:41Килиан Мбаппе: "Реал"дек буюк тарихга эга клубга муносиб бўлишга ҳаракат қиламан. Бу клуб ва эмблема учун жонимни беришга тайёрман"  47 18:13Эмерсоннинг "Тоттенхэм"дан "Милан"га трансфери барбод бўлиши мумкин  0 17:55"Олдимда Эрон, БАА ва Кувайт клубларидан таклифлар мавжуд" — Ризо Яздандўст  2 17:40"Тоттенхэм" Галлахерни ўз сафида кўрмоқчи  1 17:14Эшитдик-да! "Бунёдкор" икки нафар футболчи билан хайрлашади. Улардан бири "Локомотив"га ўтмоқда  5 16:30Лукаку "Наполи"га ўтишга яқин  2

La Liga. Benzemaning ikkita goli va bitta assisti "Real"ga 3 ochkoni olib berdi Yangiliklar

La Liga. Benzemaning ikkita goli va bitta assisti "Real"ga 3 ochkoni olib berdi

Ispaniya chempionati 28-turidan o'rin olgan "Selta" - "Real Madrid" bahsi bo'lib o'tdi.

"Selta" – "Real Madrid" 1:3
"Balaidos" stadioni
Gollar:
0:1 – 20 Benzema, 0:2 – 30 Benzema, 1:2 – 40 Santi Mina, 1:3 – 90 Asensio.

"Selta" – Vilyar, Aaron Martin, Malo, Arauxo, Murilo (Ferreyra, 84), Denis Suares, Tapiya, Mendes (Beltran, 84), Nolito (Solari, 71; Fontan, 90), Santi Mina, Aspas.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Vaskes, Valverde, Kroos (Asensio, 71), Kazemiro, Modrich, Vinisius Junior, Benzema.

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (22), Tapiya (25), Kroos (39), Nacho (70), Denis Suares (78), Modrich (80), Solari (85).


Celta Vigo

Santi Mina - 40'

LaLiga . 28-tur

20/03/2021, 19:15

3
:
1
Tugadi

Real Madrid

Karim Benzema - 20', Karim Benzema - 30', Marco Asensio - 90'

Stadion: Abanca Balaidos, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Mario Melero

45'
90'
25'  Renato Tapia
40'  Santi Mina
40'  Denis Suarez
71'  Nolito (Augusto Solari)
78'  Denis Suarez
84'  Jeison Murillo (Facundo Ferreyra)
84'  Brais Mendez (Fran Beltran)
85'  Augusto Solari
90'  Augusto Solari (Jose Fontan)
20'  Karim Benzema
20'  Toni Kroos
22'  Vinicius Junior
30'  Karim Benzema
30'  Toni Kroos
39'  Toni Kroos
70'  Nacho Fernandez
71'  Toni Kroos (Marco Asensio)
80'  Luka Modric
90'  Marco Asensio
90'  Karim Benzema


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Bo'ldi, shu pallada bosh hakam final hushtagini chaldi va "Real Madrid" ancha qiyin, lekin muhim g'alabani qo'lga kiritdi. La Ligada chempionlik poygasi hamon davom etadi.  

90+4-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Marko Asensiodan chiroyli nutqa. Benzema bugun hisobiga assist ham yozdirib qo'ydi. 

90+2-daqiqa. "Real" futbolchilari to'pni raqibga bermay, hujumda olib yuribdi. 

O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90-daqiqa. Vinisius o'yin taqdirini hal qilishi mumkin edi, lekin faqatgina burchak to'pi. 

89-daqiqa. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Fakundo Ferreyra ketma-ket ikki bor zarba berdi, lekin har safar to'p yo'liga Kazemiro hamda himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.  

87-daqiqa. Kazemiro yordamga muxtoj bo'lib, maydonda yotibdi. 

84-daqiqa. O'zgarish! "Selta"da o'zgarishlar. Fran Beltran hamda Fakundo Ferreyra o'rniga Jeyson Murilo va Brais Mendes tushdi. 

80-daqiqa. Ogohlantirish! Luka Modrich "emagan somsasiga pul to'ladi". Xorvatiyalik to'pni sherigiga oshirdi va harakati davomida yiqildi, Tapia unga qoqilib yiqildi va hakam buni qoida buzish deb topdi.  

79-daqiqa. Kazemiro jarima maydoniga kiraverishda yiqitildi va Benzema zarbani amalga oshirdi, lekin noaniq.

78-daqiqa. Benzema yana himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib, gol urishi mumkin edi, ammo hujumchi biroz shoshildi. Natijada posbon uning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

78-daqiqa. Ogohlantirish! Augusto Solariga sariq kartochka ko'rsatildi. 

77-daqiqa. Luka Modrichning uzatmasidan keyin Varan to'pga eta olmadi. 

76-daqiqa. Har ikki jamoa tomonidan mayda qoida buzishlar ko'payib ketdi. Hozir ham Kazemiroga nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

O'zgarish! "Selta" ustozi ham o'yinchi almashtirishga qaror qildi. Nolito o'rniga Augusto Solari maydonga tushirildi. 

71-daqiqa. O'zgarish! Toni Kroos o'rniga Marko Asensio o'yinga qo'shildi. 

71-daqiqa. Ogohlantirish! Nacho Fernandes Yago Aspasga nisbatan keskin o'ynagani uchun ogohlantirildi.

65-daqiqa. Vinni yana katta tezlikda raqiblarini ko'rdim demay, oldinga o'tib ketdi, ammo oxirgi uzatmani aniq amalga oshirolmadi. 

63-daqiqa. Uchrashuvdagi navbatdagi burchak to'pidan keyin Varan bosh bilan zarba yo'lladi, ammo himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

62-daqiqa. Yago Aspas jarima maydoniga kirmay, kuchli va aniq zarba ylladi, biroq Kurtua to'p darvoza to'riga borib tushishiga yo'l qo'ymadi. 

60-daqiqa. "Selta" himoyachisi yana bir bor Vinisiusni oldinga o'tkazib yubormaslik uchun fol ishlatdi.

57-daqiqa. Vinisius bo'shab qolgan chap qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi va jarima maydonchasiga yaqinlashib borib, uzatmani amalga oshirdi, biroq to'p yo'l-yo'lakay himoyachiga tegib, darvozabonning qo'liga borib tushdi.  

53-daqiqa. Federiko Valverde tezligini ishga solib, "Real" uchun burchak zarbasi ishlab berdi. Uzatmadan keyin to'p Ferlan Mendiga kelib tushdi, ammo himoyachining o'ng oyoqdagi zarbasidan keyin to'p osmonlarga ravona bo'ldi. 

52-daqiqa. "Selta" raqib himoyasining zaif nuqtasini izlash bilan ovvora. 

Biroq Zizu shogirdlari ushbu imkoniyatdan foyda iqara olishmadi.  

49-daqiqa. Standart vaziyat, Vinisiusga nisbatan qoida buzildi. 

48-daqiqa. Ikkinchi bo'limning ilk daqiqalarida "Selta" faolroq va aynan mezbonlar to'p bilan ko'proq muomalada bo'lib turibdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45-daqiqa. Bosh hakam birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shib bermaslikka qaror qildi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

44-daqiqa. Xavfli vaziyat! Bu safar "Real" himoyachilarining xatosidan raqib unumli foydalanishi mumkin edi. CHap qanotda kutilmaganda Ferlan Mendi yiqilib tushdi va tezkor hujumni qaytarishga Varan hamda Vaskes ulgurishmayotgandi, ammo Nolito to'pni o'ziga to'xtata olmadi. 

40-daqiqa. GOOOOOOOOL! "Selta", Santi Mina oradagi farqni qisqartirdi. Jarimadan uzatilgan to'pni Mina boshi bilan darvozaning olis, pastki burchagiga joylab qo'ydi. 

39-daqiqa. Ogohlantirish! Toni Kroos raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi. 

38-daqiqa. Fede Valverde raqib himoyachisi Tapia hujumni bemalol boshlashiga yo'l qo'ymadi va urugvaylikning bosimi oqibatida "Selta" to'pni yo'qotdi.

Jamoa biroz oldinga chiqsa, maydon markazidan o'tsa, to'pni osonlik bilan yo'qotib qo'ymoqda.

35-daqiqa. "Selta" futbolchilari raqibni tinchlantirish uchunmi, yoki nima qilishni bilmaganligidanmi, to'pni himoya chizig'ida ushlab turish bilan kifoyalanmoqda. 

33-daqiqa. CHap qanotdan rivojlangan hujum va uzatmadan keyin Brais Mendes boshi bilan zarba yo'lladi, Kurtua o'z o'rnida. 

31-daqiqa. "Selta" yana bir bor tezkor hujum bilan golga gol bilan javob qaytarishlari mumkin edi, lekin Santi Minaning tovoni bilan bergan zarbasidan keyin to'p darvozaga borishni istamadi. 

30-daqiqa. GOOOOOOOL! Yana Benzema! Himoyachilarning qo'pol xatosidan keyin Karim oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Kroosdan yana bir assist.

29-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Luka Modrich yakunlashi... 

26-daqiqa. Bu safar Benzema assistent rolida va Vinisius so'nggi zarbani berishi kerak edi, ammo franciyalikning noqulay vaziyatda bo'lishiga qaramay, amallab uzatgan to'pini braziliyalik kutmagan chog'i, darvozaning bo'sh qismiga to'g'rilab qo'ya olmadi. 

25-daqiqa. Ogohlantirish! Qo'polligi uchun Renato Tapia sariq kartochka bilan ogohlantirildi. 

23-daqiqa. Gol o'tkazib yuborgan "Selta" oldinga tashlandi va Santi Mina hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo to'p darvozadan biroz yuqoriroqdan o'tib ketdi. 

22-daqiqa. Ogohlantirish! Vinisius Junior to'p o'rniga raqib oyog'ini tepib yuborgani uchun ogohlantirildi. 

20-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Karim Benzema hisobni ochdi! Toni Kroosning ajoyib uzatmasidan keyin Benzema hisobiga yana bitta to'p yozdirib qo'ydi. 

19-daqiqa. "Selta" pressing uyushtirib ko'rdi, ammo "qaymoqranglilar" undan qiyinchiliksiz chiqib ketishdi.

16-daqiqa. O'yin biroz sokinlashgandek. "Real" tezkor gol ura olmagan bo'lsada, bari-bir uramizda, degandek harakat qilmoqda. 

14-daqiqa. "Selta" o'yindagi birinchi hujumini uyushtirdi, lekin so'nggi zarba qovushmadi va Kurtuaning tinchi buzilmadi. 

10-daqiqa. Hujumni xush ko'radigan "Selta" hozircha hujumga chiqishda muammolarga duch kelmoqda. 

8-daqiqa. Burchak to'pidan uzatilgan to'p shundoqqina Karim Benzemaning oyog'iga kelib tushdi, biroq raqiblar uning zarbasi nishonga aniq bormasligini taminlashdi. 

7-daqiqa. Mehmonlar qayta-qayta hujum uyushtirib, raqib himoyasiga bosim uyushtirishmoqda, ammo hozircha to'p darvoza to'riga borib tushmayapti. 

4-daqiqa. Kutilmaganda himoyachi va posbonning sustkashligidan Vinisius foydalanib ketishi mumkin edi, raqiblari braziliyalikning bunday chaqqon harakatini kutmagan chog'i, to'pni unga "sovg'a" qilishdi. Biroq Vinni to'pni Benzemaga etkazdi va francuzning zarbasi yo'liga boshqa bir himoyachi to'g'anoq bo'ldi. 

2-daqiqa. Maydon markazida mezbonlar o'yin qoidasini buzishdi va hakam jarima zarbasi belgiladi.  

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!

Har ikki jamoaning asosiy tarkib vakillari maydonga chiqib kelishdi. 

YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Selta" – "Real Madrid"

20.15, "Balaidos"

"Selta" – Vilyar, Aaron Martin, Malo, Arauxo, Murilo, Denis Suares, Tapiya, Mendes, Nolito, Santi Mina, Aspas.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Vaskes, Valverde, Kroos, Kazemiro, Modrich, Vinisius Junior, Benzema.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика