So’nggi yangiliklar

19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  0 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:44Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистоннинг Гватемалага қарши ўйин учун таркиби маълум  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  9 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  2 17:23Кантона Ямалга тан берди  3 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  3 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  3 15:49Бонуччи Калафьорининг "Арсенал"га ўтаётганидан афсусда  2 15:27"Бавария"нинг молиявий аҳволи оғирми?  6 15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  22 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2

La Liga. "Real" ishonchli g'alabaga erishdi va chempionlik sari yana bir qadam tashladi Yangiliklar

La Liga. "Real" ishonchli g'alabaga erishdi va chempionlik sari yana bir qadam tashladi

Ispaniya La Ligasi 31-turidan o'rin olgan o'yinda "Real Madrid" - "Xetafe" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" – "Xetafe" 2:0
"Santyago Bernabeu" stadioni
Gollar
: 1:0 – 38 Kazemiro, 2:0 – 68 Vaskes.

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba (Nacho, 86), Militao, Marselo, Kazemiro (Sebalos, 75), Valverde, Kamavinga, Vaskes, Benzema (Beyl, 74), Vinisius Junior (Asensio, 83), Rodrigo.

"Xetafe" – Soriya, Suares, Mitrovich, Djene, Kuenka (Kabako, 82), Olivera, Maksimovich (Yokushlu, 86), Alenya (Oskar Rodriges, 46), Vilyar (Florentinu, 74), Unal, Mayoral (Sandro Ramires, 46).

Ogohlantirishlar: Kazemiro (44), Valverde (45), Olivera (76), Djene (79).


Real Madrid

Casemiro - 38', Lucas Vazquez - 68'

LaLiga . 31-tur

10/04/2022, 00:00

0
:
2
Tugadi

Getafe

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 50740 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Soto

45'
90'
38'  Casemiro
38'  Vinicius Junior
44'  Casemiro
45'  Federico Valverde
68'  Lucas Vazquez
68'  Rodrygo
74'  Karim Benzema (Gareth Bale)
75'  Casemiro (Daniel Ceballos)
83'  Vinicius Junior (Marco Asensio)
86'  David Alaba (Nacho Fernandez)
46'  Carles Alena (Oscar Rodriguez)
46'  Borja Mayoral (Sandro Ramirez)
74'  Gonzalo Villar (Florentino Luis)
76'  Mathias Olivera
79'  Djene
82'  Jorge Cuenca (Erick Cabaco)
86'  Nemanja Maksimovic (Okay Yokuslu)


La Liga turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH



Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va "Real" chempionlik sari navbatdagi qadamni tashladi.

90+1-daqiqa. Yokushlu uzoq masofadan zarba yo'llab, omadini sinab ko'rdi.   

O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

90-daqiqa. Enes Unalning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegdi.   

Burchak zarbalari bo'yicha hisob 10:2, albatta "Real" foydasiga.

89-daqiqa. Ikkinchi "corner"dan keyin zaxiradan tushgan Erik Kabako oradagi farqni qisqartirishi mumkin edi.   

88-daqiqa. O'yinning asosiy vaqti tugay degan bir pallada "Xetafe" o'zining birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi.  

86-daqiqa. O'zgarish! "Xetafe"da esa Nemanya Maksimovich o'rniga Okay Yokushlu maydonga tushirildi.  

86-daqiqa. O'zgarish! Nacho David Alaba o'rniga o'yinga qo'shildi. 

85-daqiqa. Garet Beyl faollik ko'rsatishga urinyapti. Orada burchak zarbasi ham ishlab oldi.  

83-daqiqa. O'zgarish! Vinisius Junior o'rniga Marko Asensio tushdi.

82-daqiqa. O'zgarish! Xorxe Kuenka ("Xetafe") o'rniga Erik Kabako maydonga tushdi.   

80-daqiqa. Ammo Rodrigo va Alaba standart vaziyatdan unumli foydalana olishmadi.  

79-daqiqa. Ogohlantirish! Vinisiusga nisbatan fol. Buning uchun Jene Dakonamga sariq kartochka ko'rsatildi.  

76-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam qo'polligi uchun Matias Oliveyraga kartochka ko'rsatdi.   

Qizig'i, hozir tribunalardagi muxlislar Karimni olqishlar bilan kuzatib qo'ygan bo'lishsa, Garetni hushtaklar sadosi ostida kutib olishdi. 

74-daqiqa. O'zgarish! "Xetafe"da ham o'yinchi alishmoqda. Gonsalo Vilyar o'rnini Florentinu Luishga bo'shatib berdi. 

74-daqiqa. O'zgarishlarKarim Benzema va Kazemironing o'rniga Garet Beyl va Dani Sebalos maydonga tushdi.    

72-daqiqa. To'pni qabul qilgan Marselo yana o'ng oyoqda, aniq, zarba yo'lladi. Bugun Marselo o'ng oyog'ida bir nechta o'yindagi zarbalarini bittada tepib qo'ymoqchi shekil.     

71-daqiqa. Goldan ruhlangan "Real" yana faollik bilan hujumga o'tib, zarbalar bera boshladi.  


68-daqiqa. GOOOOOOOL! Lukas Vaskesdan shedevr! Ispaniyalik futbolchi Rodrigo bilan "devor" uslubida o'ynab, to'pni qayta qabul qildi va darvozaning uzoq pastki burchagiga o'ta aqlli zarba yo'lladi.   

64-daqiqa. Federiko Valverde "pushkasi" bilan uyqusirab ketayotganlarni uyg'otib yuborgan bo'lsa, ajab emas.

60-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. 

57-daqiqa. Eng yaxshi davrlarini eslagan Marselo oxirigacha hujumga bordi va Benzemadan to'pni qabul qilib olgach, kuchli zarb bilan to'pni darvoza tomon yo'lladi, birozgina noaniq.   

55-daqiqa. Garet Beyl chigilyozdi mashg'ulotlarini boshlab yubordi.   

53-daqiqa. Raqiblari qurshovida bo'lishiga qaramay, ularni chalg'itib to'p bilan oldinga o'tib ketayotgan Vinisiusni fol bilan to'xtatib qolishdi.  

52-daqiqa. Mezbonlar standart vaziyatdan foyda chiqara olishmadi.  

Endi Sandro Ramiresning o'zi qoidani buzdi. Kamavinga jabrlanuvchi rolida. 

51-daqiqa. "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

Hujumga etib kelgan Matias Oliveyra boshi bilan zarba bera oldi, biroq uning urinishga aniqlik etishmadi. 

49-daqiqa. Marselo to'pga kech qoldi va Sandro Ramiresni maydonga yiqilishiga sababchi bo'lib qoldi. 

46-daqiqa. Mehmonlar ikkinchi taymni boshlab berishdi.  

Ikkinchi bo'limga "Xetafe"ning birinchi bo'limda o'ynagan ikki vakili qaytmadi. Karlos Alenya va Borxa Mayoral o'rniga asli "Real" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Oskar Rodriges va avvalroq "Barselona" sharafini himoya qilgan Sandro Ramires o'yinga qo'shildi.

Futbolchilar sekin-asta maydonga qaytishmoqda. 

45+1-daqiqa. Damian Suaresning uzatmasidan keyin Kazemiro to'pni qaytarib yubordi. Hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Ogohlantirish! Kazemirodan nimam kam deb Fede Valverde ham kartochka ishlab oldi.  

44-daqiqa. Ogohlantirish! Kazemiro to'p raqibning qo'liga tekkanini hakamga o'ta berilib tushuntirishga uringani uchun sariq kartochka ishlab oldi va "Sevilya" bilan bo'ladigan keyingi tur o'yinini o'tkazib yuboradi.  

41-daqiqa. "Real" yana ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirmoqda. Ulardan biridan keyin Marseloning zarbasi ancha xavfli chiqqanini qayd etish lozim.   

"Real" oxiri niyatiga etdi.

38-daqiqa. GOOOOOL! Vinisiusning ajoyib uzatmasidan keyin Kazemiro boshi bilan zarba berib, hisobni ochmoqda.  

33-daqiqa. "Madrid"ning yana bir hujumi burchak zarbasi va undan samara chiqara olmaslik bilan yakunlandi.   

Mehmonlar vaziyat yaratishini o'rniga bu "Real"ning qarshi hujumiga aylanib ketdi. Biroq bor yo'g'i burchak zarbasi.  

30-daqiqa. Kazemiro jarima maydonchasi oldida qoidani buzmoqda. Futbolchi hakamning fikriga qo'shilmasada, jarima zarbasi.   

27-daqiqa. O'yin tempi biroz tushgandek. "Real" raqib to'p bilan muomalada nimalarga qodirligini ko'rmoqchi chog'i.

25-daqiqa. Faol startga qaramay, olti marta zarba bergan "Real" tezkor gol ura olmadi.     

23-daqiqa. O'z navbatida himoyadan chiqib ketishdi "Xetafe" futbolchilari juda chiroyli harakat qilishdi.   

22-daqiqa. Nihoyat mehmonlar ham "Real" jarima maydoniga yaqinroq borishgandi, lekin hujum uzoqqa cho'zilmadi.    

20-daqiqa. Vinisius Junior chap qanotdan ikki raqibini aldab, jarima maydoniga kirib bordi va aniq zarba berdi, biroq Soriya ham o'z o'rnida.    

18-daqiqa. "Qaymoqranglilar" iroz zerikib qolgan Kurtuaga to'pni qaytarib, yangi hujum boshlashdi.  

14-daqiqa. Mezbonlar ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda va zarbalar beryapti. Hozir ham shunday bo'ldi va Vaskesning yaqin burchakka zarbasidan keyin David Soriya ustuniga urilib ketdi. Posbonga yordam ko'rsatilishi zarur. 

12-daqiqa. Hozircha "Real" ustunlikni to'liq o'z tomoniga og'dirgan va to'pni ham nazorat qilmoqda. 

9-daqiqa. Yana bir burchak zarbasi, lekin ish zarbagacha etib bormadi.   

8-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak zarbasi va birinchi aniq zarbani ham mezbonlar amalga oshirib berishdi. Biroq Marseloning o'ng oyoqda bergan kuchli zarbasidan keyin to'p to'g'ri darvozabonga borib tushdi.   

5-daqiqa. Orqaroqqa tushib to'pni qabul qilgan Karim bir himoyachini chalg'itib, zarba yo'lladi, ammo noaniq.  

O'yin davom etadi.

4-daqiqa. GOOOOL!   Biroq offsayd. Karim Benzema navbatdagi golini o'yindan tashqari holat tufayli hisoblashmadi.    

2-daqiqa. Marseloning oldinga tashlab bergan to'piga Vinisius etib borishiga himoyachi yo'l qo'ymadi.

"Real"ning ilk hujumi yakuniga etmay qoldi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi.  

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика