Zaxiradan maydonga tushgan Vinisiusning goli "Real Madrid"ga 3 ochko keltirdi
01 okt 2020 02:20
Yangiliklar


Zaxiradan maydonga tushgan Vinisiusning goli "Real Madrid"ga 3 ochko keltirdi
Uchinchi turdan keyin Zinedin Zidan shogirdlari 7 ochko to'plab (faqatgina "Real Sosedad" bilan durang), 3-pog'onani egallab turibdi.
"Real Madrid" – "Valyadolid" 1:0
"Estadio Alfredo Di Stefano" stadioni
Gol: 1:0 – 65 Vinisius Junior.
"Real Madrid" – Kurtua, Marselo, Odriosola (Karvaxal, 57), Varan, Ramos, Isko (Asensio, 57), Modrich, Valverde, Kazemiro, Benzema (Mayoral, 87), Yovich (Vinisius Junior, 58).
"Valyadolid" – Roberto, Raul Karnero, Sanches, Bruno Gonsales, Ervias, Michel (El-Yamik, 87), San-Emeterio (Markos Andre, 64), Valdo Rubio (Gvardiola, 74), Orelyana (Kike Peres, 63), Plano, Veysman (Toni Vilya, 74).
Ogohlantirishlar: Bruno Gonsales (71), Kazemiro (78), Marselo (90).
Real Madrid Vinicius Junior - 65' LaLiga . 4-tur 01/10/2020, 01:30
Real Valladolid Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin Bosh hakam: Cesar Soto
Natijada hisob o'zgarmay qoldi va "Real Madrid" minimal hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi.
Oxirgi hujumni "Real Madrid" futbolchilari amalga oshirishdi, Vinisius maydon markazidayoq raqiblarini ortda qoldirib, qochib ketdi, lekin oxirgi zarbaga kuchi etmadi.
90-daqiqa, O'yinning asosiy vaqtiga bosh hakam 3 daqiqa qo'shib berdi.
87-daqiqa. Karim Benzema uchun bugungi o'yin yakunlandi. Uning o'rnini Borxa Mayoral egalladi.
82-daqiqa. Jamoasini hujumini tez boshlab bermoqchi bo'lgan darvozabon xatoga yo'l qo'ydi, kutilmaganda, Luka Modrich to'pga birinchi bo'lib tashlandi va olib qo'yib, zarba yo'lladi, lekin to'p ustunga tegib qaytdi.
77-daqiqa. Qarshi hujumga o'tib ketgan "Madrid"ning uchligi zarbaga imkoniyat topa oldi, Asensio hujumni boshlab bergan bo'lsa, Karim Benzema o'zi qulay vaziyatga chiqa olmasligini tushungach, Vinisiusga to'pni etkazishga qaror qildi, ammo kuchsizroq amalga oshirilgani tufayli himoyachi braziliyalik raqibiga halaqit qilib ulgurdi.
73-daqiqa. Burchak to'pidan keyin mehmonlar havodagi kurashda ustunlikka erishdi, biroq zarbaga aniqlik etishmadi.
72-daqiqa. Rubiodan yana bir kuchli va aniq zarba, lekin bu safar ham Kurtua to'p darvozaga borib tushishiga yo'l qo'ymadi.
Marko Asensio zarbani amalga oshirib berdi, lekin Serxio Ramos xarchand urinmasin to'pga eta olmadi.
71-daqiqa. Golidan ruhlangan Vinni esa ishonch bilan oldinga bordi, bir raqibini aldab jarima maydoniga kirib ketayotganda yiqitildi.
69-daqiqa. Kurtuadan navbatdagi seyv! Mezbonlar goldan so'ng bo'shashdimi, raqib darhol imkoniyatga ega bo'lib, zarba yo'lladi.
Navbatdagi hujum davomida to'p bir yo'la ikki himoyachiga tegib Vinisiusga borib tushdi, yosh iqtidor sohibi esa vaziyatdan unumli foydalandi.
65-daqiqa. GOOOOL! Vinisius hisobni ochdi!
60-daqiqa. Buyog'iga "Real Madrid" futbolchilari katta kuch bilan oldinga borishlari tobora aniq bo'lib bormoqda. Ammo shu o'rinda bu raqibning qarshi hujumlariga imkon yaratishi ham mumkin.
Takidlab o'tamiz, Marko Asensio bugun 11-raqamdagi ilk uchrashuvini o'tkazmoqda.
58-daqiqa. Karim Benzema hozirgina maydonga tushgan Asensioni olg'a boshladi, ammo u oshirgan to'pga etib borish biroz qiyin edi.
57-daqiqa. Odriosola, Isko va Luka Yovich uchun bugungi o'yin yakunlandi.
Karvaxal, Asensio va Vinisius maydonga tushishga tayyor turibdi.
54-daqiqa. "Real" hujumga o'tgandi, ammo raqibning qarshi hujumi xavfliroq tus oldi va Kurtuaning mahoratigina "Qirollik klubi"ni goldan qutqarib qoldi.
52-daqiqa. Qanotdan uzatmadan keyin Valdo Rubioda qulay vaziyat yuzaga keldi, lekin futbolchining zarbasiga aniqlik etishmadi.
50-daqiqa. "Valyadolid"ning yana bir hujumi to'p oshirishdagi noaniqlik tufayli yakuniga etmay qoldi.
48-daqiqa. "Real" ikkinchi bo'limni ancha faol boshladi. Burchak to'piga himoyachilar ham etib borishdi va ketma-ket uch bor zarba berildi, ammo omad bu safar mehmonlar tomonida bo'ldi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi. Tanaffusda murabbiylar o'yinchi almashtirish imkloniyatidan foydalanmadi.
45-daqiqa. Hujumchilarning ishi yurishmagach, Rafael Varan oldinga borishga qaror qildi, franciyalik futbolchi burchakdagi bayroqchagacha deyarli etib bordi, raqib to'pni maydondan chiqarib yubordi va shu pallada hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus, biroz dam olib yana "Alferdo Di Stefano" stadioniga qaytamiz.
44-daqiqa. Yana Orelyana qulay vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, lekin to'p oshirishdagi noaniqlik unga pand berdi.
42-daqiqa. To'p kutilmaganda Valdoga kelib tushdi va u ko'p o'ylab o'tirmay zarba berdi, lekin noaniq. Takroriy lavhada ko'rindiki, to'p darvozaga aniq borganda ham Kurtua barchasini nazorat qilayotgan ekan.
41-daqiqa. Karim Benzema juda noqulay vaziyatda turgan bo'lsada, darvozaga zarba yo'llashga qaror qildi, to'p ancha yuqoridan o'tib ketdi.
39-daqiqa. Mehmonlar bir daqiqadan ko'proq vaqt davomida to'pga egalik qilishdi, lekin Tibo darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keltira olishmadi.
37-daqiqa. Orelyana aniq zarba berdi, ammo to'p to'g'ri Kurtuaning qo'liga borib tushdi.
35-daqiqa. Luka Yovich! Serbiyalik forvardda qulay vaziyat bo'lgandi, lekin unga aniqlik etishmadi.
32-daqiqa. Marselo biz o'rgangan, biz sog'ingan harakatlarini yana ko'rsatib berishga harakat qilib ko'rdi, lekin himoyachilar to'pni maydondan tashqariga chiqarib yuborishdi.
28-daqiqa. "Valyadolid" hujumga o'tmoqchi edi, lekin markazda raqib futbolchilari ko'pchilikni tashkil etdi.
23-daqiqa. Modrich jarima zarbasini amalga oshirdi, mezbonlar ko'pchilik bo'lib jarima maydoniga etib kelgandi, lekin to'p juda balanddan kelgani sabab darvozabon uni egallab oldi.
21-daqiqa. Kazemiro o'ng qanotdan oldinga o'tayotgan Valverdeni ko'rdi, lekin uzatma aniq amalga oshirilmadi.
18-daqiqa. Mehmonlar to'pga egalik qilayotganida tezda hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda.
17-daqiqa. Tezkor hujum, uni Modrich boshladi, Isko va Valverde davom ettirib, Yovich yakunlamoqchi bo'lgandi, lekin serbiyalik hujumchining zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.
15-daqiqa. "Real"ning navbatdagi urinishi samarasiz bo'ldi. O'yinning dastlabki 15 daqiqasi ortda qoldi, tezkor gol ko'rganimiz yo'q.
14-daqiqa. "Valyadolid" burchak to'pini amalga oshirdi, lekin "Real" qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi. Benzemaga nisbatan qo'pol o'ynashgani uchungina hujum to'xtab qoldi.
Zinedin Zidan bugun asosiy tarkibda yana ikki hujumchi Benzema-Yovich juftligini jangga tashlagani etiborga loyiq.
10-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi xavfli vaziyat. Yovich, Isko, Marselo faolligidan keyin u yuzaga keldi, yakuniy zarbani esa Fede Valverde berdi, lekin posbon o'z o'rnida. Burchak to'pidan keyin esa himoyachilar to'pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo'ldi.
8-daqiqa. O'yin ancha sokin ruhda davom etmoqda.
4-daqiqa. Mehmonlar o'yindagi birinchi hujumlarini uyushtirmoqchi edi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi.
2-daqiqa. "Qirollik klubi" dastlabki soniyalardanoq kim bu erda mezbonligini ko'rsatib qo'yish niyatida chog'i, Zidan shogirdlari hozircha to'pni raqibga deyarli bermay, hujum uyushtirish uchun variantlarni o'rganib chiqmoqda.
1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi. O'yinni mezbonlar boshlab berishdi.
Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.
Yana bir necha daqiqadan keyin uchrashuv boshlanadi.
"Real Madrid" – "Valyadolid"
"Estadio Alfredo Di Stefano"
"Real Madrid" - Kurtua, Ramos, Varan, Benzema, Modrich, Marselo, Kazemiro, Valverde, Yovich, Odriosola, Isko.
"Valyadolid" - Roberto, Xervias, Bruno, Xavi Sanches, Raul Karnero, Oskar Plano, Mishel, Emeterio, Valdo, Orelyana, Vaysman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar