So’nggi yangiliklar

11:31«Ал Насср» Эдерсон трансферидан воз кечиши мумкин  0 11:15Ўртоқлик учрашуви. "Спартак" - "Насаф" 3:0, "Насаф" Россиянинг 10 карра чемпионини енгга олмади  5 11:04Эшитдик-да! Сергей Лушчан "Навбаҳор" бош мураббийи  18 10:46«Барселона» РПЛ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 10:22«Немис машинаси» афсонаси терма жамоадаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди  3 09:58Яна бир машҳур форвард фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 09:34Инглизлардан ҳеч ким йўқ. Европа чемпионатининг рамзий термаси маълум  8 09:09Расман: «Барселона» етакчиси операция қилинади. У йил сўнггида сафга қайтиши мумкин  4 08:44Испания термаси сардори фаолиятини «Милан»да давом эттиради — Фабрицио Романо  4 08:20Whoscored. Копа Америка мусобақасининг рамзий термаси маълум  21 07:56Расман: «Атлетико» афсонаси фаолиятини бошқа жамоада давом эттиради  2 07:28Goal. Европа чемпионати ва Копа Америка мусобақасидан сўнг «Олтин тўп» учун даъвогарлар рейтинги ўзгарди  50 00:50Ўзбекистон олимпия терма жамоаси Франция клубини йирик ҳисобда таслим қилди  16 00:40Колумбия футбол федерацияси президенти финал вақтида муштлашувда иштирок этди ва ҳибсга олинди  6 23:31Ўртоқлик ўйини. "Манчестер Юнайтед" Норвегия клубига мағлуб бўлди  12

La Liga. "Barsa"ni yutgan "Real" - "Osasuna" darvozasiga yo'l topa olmadi Yangiliklar

La Liga. "Barsa"ni yutgan "Real" - "Osasuna" darvozasiga yo'l topa olmadi

LaLiganing 10-turi doirasida "Real Madrid" - "Osasuna" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" – "Osasuna" 0:0
"Santyago Bernabeu" stadioni

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 69), Alaba, Militao, Mendi (Marselo, 69), Kroos, Kazemiro, Kamavinga (Rodrigo, 46), Benzema, Asensio (Azar, 69), Vinisius Junior.

"Osasuna" – Errera, Vidal, Xuan Krus, Unai Garsiya, David Garsiya, Sanches, Torro, Martines (Ruben Garsiya, 67), Monkayola (Oyer Sanxurxo, 90), CHimi Avila (Brashanac, 67), Kike Garsiya (Barbero, 89).

Ogohlantirish: Unai Garsiya (15), Kamavinga (28).


Real Madrid

LaLiga . 11-tur

28/10/2021, 00:30

0
:
0
Tugadi

Osasuna

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 35619 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Soto

45'
90'
28'  Eduardo Camavinga
46'  Eduardo Camavinga (Rodrygo)
69'  Ferland Mendy (Marcelo)
69'  Marco Asensio (Eden Hazard)
69'  Daniel Carvajal (Lucas Vazquez)
15'  Unai Garcia
67'  Javi Martinez (Darko Brasanac)
67'  Ezequiel Avila (Ruben Garcia)
89'  Kike Garcia (Barbero)
90'  Jon Moncayola (Oier)


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Natijada, qo'shib berilgan vaqt yakuniga etdi, hakam final hushtagini chaldi va "Barselona"ni enggan "Real" "Osasuna" bilan o'yinda qoqildi. SHunaqasini kutganmidingiz?

Qo'shimcha daqiqalarda ham to'liqligicha "Real" futbolchilari to'pni goh u qanotdan, goh bunisidan jarima maydonchasiga havodan uzatgani va o'z navbatida, himoyachilar amallab, uni qaytaraverganini ko'rdik xolos.  

90+1-daqiqa. Jarima maydoni tomon yo'llangan yana bir uzatma omadsiz chiqdi.

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. O'zgarish! Jon Monkayola o'rniga Oier tushdi. 

88-daqiqa. Vinisius-Marselo kombinaciyasi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, lekin tajribali himoyachining zarbasidan keyin to'p darvozaga juda yaqin joylardan o'tdi-yu, to'rga borib tushmadi.    

86-daqiqa. Kazemiro qoida buzgani qayd etilgach, o'ziga xos raqs namoyish qilib berdi.  

85-daqiqa. Navbatdagi burchak zarbasi. Kroosning uzatgan to'pi uchun kurashda Militao darvozabon bilan to'qnashib ketdi va Serxio Errera yiqilib tushdi.   

84-daqiqa. Marseloning ketma-ket uzatmalaridan keyin bosh bilan zarba bera oladigan sherik topilmadi.   

Keyin esa posbon oyog'ida og'riq sezib maydonga quladi... 

81-daqiqa. Kazemiro raqib darvozaboni oldinroqqa chiqib ketganini sezdi va deyarli maydon markazidan zarba berdi, sal qolishiga sal qoldi.   

80-daqiqa. Kroos o'zi zarba berishga qaror qildi, ammo yana biroz noaniq.  

79-daqiqa. O'ta murakkab kombinaciyani Benzema zarba bilan yakunladi, lekin kuchsiz va darvozabon o'z o'rnida.   

77-daqiqa. "Real" hamon hujumlarni tindirmayapti, lekin... Hozircha Anchelotti shogirdlarining rejasi ish bermayapti.   

Uzatmadan keyin David Garsiya endi narigi jarima maydonchasida faollik ko'rsatdi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

74-daqiqa. Lukas Vaskes raqibdan chaqqonroq harakat qilmoqchi bo'lib, xatoga yo'l qo'ydi. Jarima zarbasi belgilandi.    

73-daqiqa. Xavfli vaziyat! David Garsiya to'pni Benzemaga o'tishiga yo'l qo'ymadi.   

71-daqiqa. Vinisius qulay nuqtaga chiqib borib zarba berdi, ammo darvozabon qaytarganidan tashqari, yon hakam o'yindan tashqari holatni ham qayd etdi. 

69-daqiqa. O'zgarishlar! Mendi, Asensio va Karvaxal o'rniga Marselo, Azar va Lukas Vaskes o'yinga qo'shildi.   

O'z navbatida "Real"da ham 3 futbolchi maydonga tushishga tayyor turibdi. 

67-daqiqa. O'zgarishlarCHimi Avila va Xaver Kalvo o'rniga Darko Brashanac hamda Ruben Garsiya o'yinga qo'shildi. 

66-daqiqa. CHapdan kelayotgan to'pga Karim Benzema jarima maydonchasi chizig'idan turib, zarba berdi, ammo urinishi qovushmadi. Errera erkin zarba bilan to'pni o'yinga qaytaradi.  

64-daqiqa. "Osasuna" buyog'iga hech tortinmay, uyalmay to'pni duch kelgan tomonga tepib, uzoqlashtirish bilan band.  

62-daqiqa. Ikkinchi bo'limda deyarli bir xil narsalar takrorlanmoqda. "Real" katta ustunlikka ega, uzatmalar, zarbalar, zarbaga urinishlar, lekin to'p darvozaga borishni istamayapti.  

59-daqiqa. Rodrigoning ancha aqlli uzatmasiga sheriklaridan hech kim etib bora olmadi, aks holda gol bo'lishi muqarrar edi. 

56-daqiqa. "Real" to'p bilan, mezbonlar raqibni deyarli jarima maydoniga "qamab" qo'ymoqda, lekin hozircha bundan hech qanday naf chiqara olmayapti.  

54-daqiqa. O'z navbatida "Osasuna"ning qarshi hujumini Karvaxal uzib qo'ydi. 

Burchak zarbasini Kroos amalga oshirdi, lekin darvozabon baland sakrab to'pni ushlab oldi. 

53-daqiqa. Karim Benzema jarima maydonchasiga Kroos bilan devor uslubida o'ynab yorib kirdi va zarba yo'lladi, ammo to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.  

Burchak zarbasidan esa "Osasuna" vakillari naf chiqara olishmadi.

50-daqiqa. Qarshi hujumda "Real" darvozasiga gol bo'lishiga sal qoldi. Karvaxal bir amallab to'pni maydon tashqarisiga yo'naltira oldi.  

49-daqiqa. Yana chap qanotdan rivojlantirilgan hujum burchak zarbasi bilan yakunlandi.  

47-daqiqa. "Real" yana urg'uni chap qanotga beradi chog'i. Bu safar hujumga qo'shilgan Ferlan Mendi to'pni jarima maydonchasiga markaziga etkazishga urinib ko'rdi, biroq bunga raqiblar yo'l qo'yishmadi. 

Toni Kroosga nisbatan qo'pol harakat qilishdi. Hakam jarima zarbasi belgiladi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

O'zgarish! Eduardo Kamavinga o'rniga Rodrigo o'yinga qo'shildi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limga bosh hakam vaqt qo'shib bermaslikka qaror qildi. Tanaffus va biz ham biroz dam olamiz. 

45-daqiqa. Ishlar o'xshayvermagach, hujumga Alaba ham etib keldi. Aynan uning uzatmasidan keyin mehmonlar himoyachisi sal qolsa to'pni o'z darvozasiga yo'llab qo'yardi. 

43-daqiqa. "Real"ning navbatdagi hujumi va darvozabon to'pni maydondan chiqarib yubordi. Zarba tezda amalga oshirildi, biroq Kamavinga uzatilgan to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi.    

42-daqiqa. Kutilmaganda uzatmadagi xatodan so'ng, "Osasuna" qarshi hujumga o'tib ketayotganida Kamavinga ortga qaytib, to'pni olib qo'yilishiga sababchi bo'ldi.  

41-daqiqa. Karvaxalning yashirin uzatmasini Asensio tushunmay qoldi shekilli, to'pga yugurmadi ham.   

40-daqiqa. Kroos raqibini o'tkazib yubormaslik uchun qoidani buzishga majbur bo'ldi.  

39-daqiqa. Vinisius qarshi hujumga qochishga tayyor edi, biroq sheriklari to'pni unga aniq etkazib bera olishmadi.   

38-daqiqa. Kazemironing zarbasidan keyin to'p maydonni tark etdi.   

36-daqiqa. Toni Kroos darvozaga aniq zarba berdi, posbon o'z o'rnida.  

35-daqiqa. "Osasuna" burchak zarbasini amalga oshirdi. Biroq Kurtua darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelmadi.  

33-daqiqa. Kamavinga uzoq masofadan zarba berib ko'rdi, lekin urinishiga aniqlik etishmadi. 

31-daqiqa. Vinisiusning zarbasidan keyin burchak zarbasi ishlab oldi, ammo standartdan naf chiqmadi.    

30-daqiqa. Eder Militao kutilmaganda uzoy masofadan kuchli va aniq zarba berdi. Darvozabon to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.   

To'pga egalik qilish borasida ko'rsatkich 72% - 28% "Real" foydasiga. 



28-daqiqa. Ogohlantirish! Eduardo Kamavinga raqibga nisbatan qo'pol harakati uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

26-daqiqa. Kamavinga sheriklari jarima maydonchasiga yorib kiradi deb kutgandi, ammo qolganlar uni tushunmadi. 

24-daqiqa. Karvaxal ancha qulay vaziyatda chap oyoqda o'ta noaniq zarba berdi.  

23-daqiqa. Benzema raqib bilan kurashdan keyin maydonga noqulay yiqildi chog'i. O'yin to'xtab turibdi. 

 

22-daqiqa. Eduardo Kamavingada juda qulay vaziyat, lekin franciyalik futbolchining zarbasi qovushmadi.  

20-daqiqa. Maydon markazida to'p uchun kurash. 

18-daqiqa. To'pga jon-jaxdi bilan otilgan Marko Asensio niyatiga eta olmadi, qo'shimchasiga raqib kiperi oyog'iga tegib ketdi. Errera bundan norozi va hakamdan ispaniyalik yarim himoyachi uchun sariq kartochka so'ramoqda.    

16-daqiqa. Zarbani Benzema amalga oshirdi, ammo noaniq.  

15-daqiqa. Katta tezlikda bir nechta raqiblarini aldab ketayotgan Vinisiusni oxiri yiqitishdi. 

14-daqiqa. Himoyachilar to'pni qaytargach, to'pni egallab "Osasuna" vakili oldinga qarab yurmoqchi bo'lib turgandi, Kazemiro uni yiqitib qo'ya qoldi. Hakam jarima zarbasi belgiladi.  

12-daqiqa. Benzema to'p uchun kurashni hakamga "boy berdi".   

10-daqiqa. "Osasuna" ilk bor raqib jarima maydoniga yaqinlashdi, lekin birgina futbolchini "Real"ning to'rt futbolchisi "eb" qo'ydi.  

8-daqiqa. Darvozabonning faolligi mehmonlar o'ta xavfli vaziyatga qutqardi. Aks holda Karvaxal yo gol urishi yoki sherigini bo'sh darvoza oldida to'p bilan paydo bo'lishini taminlashi mumkin bo'lardi.  

6-daqiqa. Militao markazga yaqin hududda qoidani buzdi. 

5-daqiqa. Kazemiro to'pni chaproqdan jarima maydonchasiga yorib kirayotgan Vinisiusga oshirgandi, himoyachilar uzatmani uzib qo'yishdi.    

3-daqiqa. "Real" ilk daqiqalardan tashabbusni o'z tomoniga og'idirib olmoqda. Mezbonlar asosan chap qanotdan oldinga o'tishmoqda, odatdagidek Vinisius faol.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Stadion uzra "Madrid" madhiyasi yangramoqda. Bugungi bellashuvga 50 mingga yaqin tomoshabin tashrif buyurishi taxmin qilingandi. Tribunalarda odam etarlicha, faqatgina tamirlash ishlari sabab pastki yaruslarga chiptalar sotilmagan.

Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика