So’nggi yangiliklar

11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  0 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  0 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  2 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  0 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  1 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  1 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  34 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0

La Liga. "Real" Madrid derbisida ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Benzema va Asensiodan gol, Vinnida ikkita assist Yangiliklar

La Liga. "Real" Madrid derbisida ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Benzema va Asensiodan gol, Vinnida ikkita assist

Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Atletiko Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" – "Atletiko" 2:0
"Santyago Bernabeu" stadioni
Gollar: 1:0 – 16 Benzema, 2:0 – 57 Asensio.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Nacho, 81), Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Benzema (Yovich, 46), Asensio (Valverde, 85), Vinisius Junior (Rodrigo, 87).

"Atletiko" – Oblak, Kondogbia, Felipe, Ermoso, Karrasko (Lemar, 46), Koke, de Paul (Errera, 69), Lorente, Korrea (Suares, 60), Grizmann (Joau Feliks, 46), Mateus Kunya (Lodi, 60).

Ogohlantirishlar: Felipe (36), Mendi (45), Kondogbia (75), Alaba (88), Suares (88).





Real Madrid

Karim Benzema - 16', Marco Asensio - 57'

LaLiga . 17-tur

13/12/2021, 00:00

0
:
2
Tugadi

Atletico Madrid

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 51024 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
16'  Karim Benzema
16'  Vinicius Junior
45'  Ferland Mendy
46'  Karim Benzema (Luka Jovic)
57'  Marco Asensio
57'  Vinicius Junior
81'  Daniel Carvajal (Nacho Fernandez)
85'  Marco Asensio (Federico Valverde)
87'  Vinicius Junior (Rodrygo)
88'  David Alaba
36'  Felipe
46'  Antoine Griezmann (Joao Felix)
46'  Yannick Carrasco (Thomas Lemar)
60'  Matheus Cunha (Renan Lodi)
60'  Angel Correa (Luis Suarez)
69'  Rodrigo De Paul (Hector Herrera)
75'  Geoffrey Kondogbia
88'  Luis Suarez


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlari ro'yxati bilan tanishing.


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+2-daqiqa. Qanotdan uzatilgan to'pga Feliks kuchli zarba bera oldi va to'p to'g'ri borib Kurtuaning yuziga tegdi. 

90+1-daqiqa. Kondogbianing uzatmasidan keyin Joao Feliks to'pni to'xtatib qololmadi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

88-daqiqa. Ogohlantirishlar! O'zaro tortishib qolgani sabab Alaba va Suaresga sariq kartochka ko'rsatildi. 

87-daqiqa. O'zgarish! Vinsius o'rniga Rodrigo.

85-daqiqa. O'zgarish! Asensio o'rniga Valverde maydonga tushirildi.  

Endi Kazemiro bu ishni bajardi. "Atletiko" burchak zarbasi bo'yicha oldinga chiqib oldi. 

83-daqiqa. "Atletiko Madrid" yana burchak to'pini o'yinga kiritadi. Uzatmadan keyin Nacho to'pni kelgan tomoniga chiqarib yubordi. 

81-daqiqa. O'zgarish! Dani Karvaxal o'rniga Nacho o'yinga qo'shildi. 

81-daqiqa. Vinsius to'pni yo'qotgan edi, qaridi deyilgan Modrich darhol to'pni olib qo'ydi va unga nisbatan raqib qo'pollik ishlatishdan boshqa chora topa olmadi. 

78-daqiqa. Ferlan Mendining uzatmasidan keyin Vinsius hisobni yirik ko'rinishga olib kelishi mumkin edi, ammo to'pga eta olmadi. 

75-daqiqa. Ogohlantirish! Joffrey Kondogbia Kazemiroga nisbatan qo'polligi uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

So'nggi yillarda shahsan men bunaqasini ko'rmagandim. Nahotki, "Atletiko" ortiqcha qarshiliksiz, osongina taslim bo'lsa.  

70-daqiqa. "Real" shunchaki to'pni raqibga bermay, daqiqalarni o'tkazmoqda. 

69-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo De Paul o'rnini Ektor Erreraga bo'shatib berdi.  

68-daqiqa. Militao va Alaba kutilmaganda Suaresga imkoniyat yaratib berishdi, lekin urugvaylik buni kutmagani sabab to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi. 

67-daqiqa. Luka Yovichning biroz omadi chopmadi, aks holda u darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqib borardi. 

62-daqiqa. Mezbonlar butun maydon bo'ylab juda erkin harakat qilishmoqda. 

60-daqiqa. O'zgarishlarLuis Suares jangga tashlandi. U Anxel Korrea o'rnini egalladi. Renan Lodi esa Mateus Kunyani alishtirdi.  

58-daqiqa. GOOOOOOOL! Marko Asensio aylanma zarbasi bilan tezkor qarshi hujumni chiroyli yakunlab berdi. Juniordan yana bir assist.

54-daqiqa. Joao Feliks jon holatda baqirib maydonga quladi, hakam Militao to'pga o'ynadi deb hisobladi. 

53-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilib, raqibga ortiqcha imkon qoldirmaslikka urinmoqda. 

50-daqiqa. Joao Feliks qulay nuqtadan erkin zarba yo'lladi, Kurtua o'z o'rnida. 

48-daqiqa. "Real"ning yaxshi hujumini yakunlovchi zarba topilmadi. 

46-daqiqa. Mateus Kunya Kazemiroga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

O'zgarishlar"Atletiko"da esa Antuan Grizmann va Karrasko o'rniga Toma Lemar hamda Joao Feliks o'yinga qo'shildi. 

O'zgarishTanaffusdan Karim Benzema qaytmadi, uning o'rnini Luka Yovich egalladi.  

Bo'ldi, bo'lim yakuniga etdi. Jamoalar tanaffusga yo'l olishmoqda, biz ham biroz dam olamiz.

45+1-daqiqa. Ogohlantirish! Ferlan Mendi qo'li bilan Anxel Korreaga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44-daqiqa. Militao to'p uchun kurashda ishonchli harakat qilib, Grizmanndan ustun keldi.  

43-daqiqa. Markos Lorente to'pga etolmagach, o'yin qoidasini buzishga majbur bo'ldi.  

42-daqiqa. Modrich aqlli fol ishlatdi... Bu harakati bilan u raqibning ehtimoliy xavfli hujumini qaytarib qoldi.  

40-daqiqa. "Atletiko" futbolchisi to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritadi. 

38-daqiqa. Mendi-Kazemiro-Vinisius kombinaciyasini braziliyalik vinger gol bilan yakunlashiga Oblak yo'l qo'ymadi.  

36-daqiqa. Ogohlantirish! Felipe bir vaziyatning o'zida ikki raqibini maydonga qulatdi va sariq kartochka oldi. 

Grizmanning ajoyib zarbasidan keyin Kurtuadan undanda chiroyliroq seyv.

34-daqiqa. Modrich jarima maydonchasi oldida Kunyaga nisbatan qo'pol o'ynab yubordi.  


32-daqiqa. Futbolchilar biroz keskinroq o'ynashni boshlashdi. Qo'polliklar ko'paymoqda.

Franciyalik futbolchi yordamga muxtoj bo'lib yotibdi. 

29-daqiqa. Karvaxal to'p o'rniga Grizmanning oyog'ini bosib olgani takroriy lavhada ko'rindi, lekin to'p "Atletiko"da qolgani sabab hakam o'yinni davom ettirishni so'radi.   

27-daqiqa. "Real" raqibning navbatdagi urinishini osonlik bilan yo'qqa chiqarmoqda. 

25-daqiqa. Imkoniyat bo'lib qolganidan foydalangan Militao chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, lekin to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi.  

25-daqiqa. Dastlabki 25 daqiqadan shuni xulosa qilish mumkinki, "Atletiko" kuchli pressing evaziga nimadirga erishish niyatida, "Real"da esa o'z navbatida qanot futbolchilari Vinisius va Marko Asensio bazi vaziyatlarda ikkalasi bir qanotda paydo bo'lib nimalardir qilib tashlamoqda. 

24-daqiqa. "Real" yana to'p bilan raqib jarima maydoni yaqinida. 

22-daqiqa. Toni Kroosning uzatmasi noaniq ketdi. 

20-daqiqa. Benzema vaqtida himoyachilarga yordamga keldi va to'p olib qo'yildi.

19-daqiqa. Mehmonlar vakili o'yindan tashqari holatda. 

18-daqiqa. Endi o'yin yanada qiziqarli ruhda o'tishi turgan gap. Sababi gol o'tkazib yuborgan "Atletiko" endi himoyada ortiqcha "yopilib olmaydi".

16-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema Vinisiusning uzatmasidan keyin hisobni ochmoqda! Juda chiroyli gol urildi. 

15-daqiqa. Kazemiro uzoq masofaga uzatma bilan Benzemani qulay nuqtaga chiqarishga urinib ko'rdi.  

14-daqiqa. Uzoq davom etgan hujum burchak zarbasi bilan davom etadigandek edi, ammo hakam to'p oxirgi bo'lib Vinisiusning oyog'iga tekkanini takidladi. 

13-daqiqa. Modrich to'pni yo'qotdi, lekin mehmonlar ham ko'ngildagidek hujum uyushtira olmadi. 

11-daqiqa. Mezbonlar o'yindagi ilk burchak zarbasini amalga oshirishadi. Toni Kroosning uzatmasidan Militao yanada uzoqroqqa o'tkazib yuborgan to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi.   

10-daqiqa. Vinisius Junior bugungi o'yinda birinchi marta qanotdan oldinga o'tdi, bir raqibini aldadiyu, keiyn to'xtashga qaror qildi.

9-daqiqa. "Atletiko"ning yana bir urinishi oxiriga etmay qoldi.  

7-daqiqa. David Alaba to'p uchun kurashda Korreaga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topdi hakam.  

6-daqiqa. Ferlan Mendi bu safar Markos Lorentega umuman imkon qoldirmadi va qo'shimchasiga to'pni "Atletiko" futbolchisiga tegib, maydonni tark etishini taminladi. 

4-daqiqa. "Real"ning hujumi oxiriga etmay qoldi. Javob hujumida esa Kunya to'pni Karvaxaldan olib qo'yib, zarba yo'lladi, ammo noaniq.   

2-daqiqa. Lorente qanotdan uzatmani amalga oshirdi, lekin Kunya to'pga eta olmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Va u qoida buzilishidan boshlandi. Anxel Korrea to'p o'rniga Kroosni tepib o'tib ketdi. 

Bellashuv boshlanishidan avval Vinisiusga "Oyning eng yaxshi futbolchisi" uchun atalgan sovrin topshirildi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика