So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  7 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  0 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

La Liga. "Real Madrid" "Bernabeu"da yirik g'alabani qo'lga kiritdi Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" "Bernabeu"da yirik g'alabani qo'lga kiritdi

La Liga 25-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Alaves" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Real Madrid – Alaves 3:0
"Santyago Bernabeu" stadioni
Gollar
: 1:0 – 63 Asensio, 2:0 – 80 Vinisius Junior, 3:0 – 90, penalti Benzema.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 87), Alaba, Militao, Mendi (Marselo, 85), Modrich (Rodrigo, 82), Kazemiro, Valverde, Benzema, Asensio (Sebalos, 82), Vinisius Junior (Azar, 85).

"Alaves" – Pacheko, Tenalya, Lejen, Myazga, Duarte (Ximo Navarro, 83), Djeyson (Pere Pons, 61), Pina, Eskalante (Mendes, 72), Lum (Moyya, 83), Xoselu, Rioxa (Valexo, 72).

Ogohlantirishlar: Modrich (33), Lum (48).


Real Madrid

Marco Asensio - 63', Vinicius Junior - 80', Karim Benzema - 90'

LaLiga . 25-tur

20/02/2022, 00:00

0
:
3
Tugadi

Deportivo Alaves

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 42180 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Munuera

45'
90'
33'  Luka Modric
63'  Marco Asensio
63'  Karim Benzema
80'  Vinicius Junior
80'  Karim Benzema
82'  Marco Asensio (Daniel Ceballos)
82'  Luka Modric (Rodrygo)
85'  Ferland Mendy (Marcelo)
85'  Vinicius Junior (Eden Hazard)
87'  Daniel Carvajal (Lucas Vazquez)
90'  Karim Benzema
48'  Mamadou Loum Ndiaye
61'  Jason (Pere Pons)
72'  Gonzalo Escalante (Edgar Mendez)
72'  Luis Rioja (Manuel Vallejo)
83'  Ruben Duarte (Ximo Navarro)
83'  Mamadou Loum Ndiaye (Antonio Moya)

Ushbu sahifadauchrashuvning matnlitranslyaciyasini tomosha qilishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

Bo'ldi, qolgan daqiqalarda "Real" to'pni raqibga bermadi ham va hakam final hushtagini chaldi!

90+1-daqiqa. GOOOOOL! KARIM Benzema osonlik bilan navbatdagi golni rasmiylashtirdi va to'purarlar poygasida ustunligini yaxshilab oldi.  

90-daqiqa. PENALTI! Rodrigo jarima maydonchasiga yorib kirgan pallada yiqitildi va hakam nuqtaga ishora qildi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa."Real" safida zaxiradan tushganlar faollik ko'rsatishga urinmoqda. 

87-daqiqa. O'zgarish! Oxirgi o'zgarish amalga oshirildi. Karvaxal o'rnini Vaskesga bo'shatib berdi.

85-daqiqa. O'zgarishlarMendi va Vinisius o'rniga Marselo va Azar o'yinga qo'shildi. 

83-daqiqa. O'zgarish! Mamadu Ndaye o'rniga Toni Moyya maydonga tushirildi. 

82-daqiqa. O'zgarishlarMarko Asensio hamda Luka Modrich o'rnini Dani Sebalos va Rodrigoga bo'shatib berdi.  

80-daqiqa. GOOOOOOL! O'sha juftlik baribir o'z so'zini aytdi. Takidlash lozim, bu hujumda Asensio va Valverde ham faol ishtirok etdi.  

77-daqiqa. Vinisius-Benzema juftligi hozir yana bir golni rasmiylashtirib qo'yishi mumkin edi. Biroq Benzema yo'llagan to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

72-daqiqa. O'zgarishlarGonsalo Eskalante va Luis Rioxa o'rniga Edgar Mendes hamda Manu Valexo o'yinga qo'shildi. 

72-daqiqa. Ferlan Mendiga nisbatan fol.

68-daqiqa. Karim Benzema qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. 

67-daqiqa. Mezbonlar ketma-ket ikki bor burchak zarbasini amalga oshirishdi. Yakunda Vinisiusning uzatmasidan Militao gol urishi mumkin edi, biroq aniqlik etishmadi.

64-daqiqa. "Alaves" darhol hujumga o'tishga urinib ko'rdi, lekin "Real" himoyachilari bunga imkon bermadi.  

63-daqiqa. GOLAZOOOO! Tarifga so'z ojiz. Marko Asensio hisobni ochdi. 

61-daqiqa. David Alaba to'p uchun kurashda Xoseluga nisbatan fol ishlatgan deb topilmoqda. 

58-daqiqa. Bir necha daqiqadan buyon "Real" raqibni deyarli jarima maydonchasidan chiqarmayapti. Xavf tobora ortib bormoqda.   

55-daqiqa. O'yin tempi oshdi. Hozir Vinisius o'ziga o'zi qulay vaziyat yaratdi va zarba berdi, kiper qaytargan to'pni Benzema yana darvozaga yo'llaganida esa himoyachi gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi.  

53-daqiqa. Qanotdan hujumga qo'shilgan Mendi oldinga qanchalik tez yugurgan bo'lsa, uzatmani ham shunchalik noaniq amalga oshirib berdi. 

51-daqiqa. Luka Modrichning burchakdan oshirib bergan to'pini Benzema darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, ammo omadsiz.

48-daqiqa. Ogohlantirish! Vinsiiusga nisbatan ishlatilgan fol uchun Mamadu Ndiaye ogohlantirildi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi.  

45-daqiqa. Hakam hushtak chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

To'pga egalik qilish bo'yicha kshrsatkich 66% - 34% "Real" foydasiga.

42-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Luka Modrich zarbasilan yakunlandi.

37-daqiqa. Rioxa "Alaves"ning kam sonli hujumlaridan birini zarba bilan yakunlay oldi.  

33-daqiqa. Ogohlantirish! Luka Modrich raqibini tinch qo'ymagani va oxiri baribir yiqitgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.  

"Alaves" ham burchak zarbasidan naf chiqara bilmadi. 

30-daqiqa. Endi Karvaxal tinchgina to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishni lozim topdi.  

29-daqiqa. Federiko Valverde jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga qaror qildi. Uning kuchli zarbasidan keyin to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi. 

28-daqiqa. Vinisius ortga qaytib Mendiga yordamga etib keldi.  

26-daqiqa. Agarda Jeyson biroz aniqroq zarba berganida, Kazemironing sustkashligi "Real" darvozasiga urilgan gol bilan yakunardi.  

24-daqiqa. "Real" yana burchak zarbasi ishlab oldi. Uni Modrich amalga oshirdi. "Alaves" vakillari bu safar ham osonlik bilan burchakdan uzatilgan to'pni qaytarib yuborishdi.   

23-daqiqa. Mendining havodan uzatgan to'pi bir yo'la maydonni tark etdi. Benzema hamyurti va jamoadoshining bu uzatmasiga umuman tushunmaganini yuz ifodasidan bilish mumkin edi.   

Mamadu Ndiaye to'pni olib qo'yaman deb, braziliyalikning oyog'iga zarba berib yubordi. Biroq "qaymoqranglilar" standartdan naf chiqara olishmadi. 

20-daqiqa. Kazemiroga nisbatan fol. 

19-daqiqa. "Alaves" bu safar ham hujumga chiqib keta olmadi. Hozircha jamoa bu ishni uddalashi juda qiyin bo'lmoqda.  

16-daqiqa. Vinisius o'yindan tashqari holatdaligi qayd etildi, futbolchining o'zi bunday fikrda emas. 

14-daqiqa. "Real"bosimni kuchaytirib boryapti, ammo chinakamiga xavfli vaziyatgacha ish etib bormayapti. 

12-daqiqa. Mendining uzatmasidan keyin Benzema va Valverde yaxshi nuqtaga chiqib borishdi, ammo o'yindan tashqari holat...  

11-daqiqa. O'ng qanotdan rivojlangan hujum, Karvaxal uzatgan to'pni Asensio darvozaga to'g'rilab qo'yishga muvaffaq bo'ldi, lekin zarba kuchsizligi sabab kiper muammoga duch kelmadi.  

9-daqiqa. Kazemiro juda qattiq tarzda to'pga zarba berdi va uning uzatgan to'pini sheriklari to'xtata olmay qolishdi.   

8-daqiqa. Burchak zarbasidan esa mezbonlar naf chiqara olishmadi. 

7-daqiqa. Himoyachi tavakkal qilmay, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishni maqul ko'rdi. 

4-daqiqa. "Real" maydonda kim xo'jayinligini isbotlab qo'yishga va nazoratni qo'lga olishga urinmoqda. 

3-daqiqa. "Alaves" hujumga o'tmoqchi bo'ldi, lekin niyatiga eta olmadi.  

Vinisius ilk soniyaladan oldinga otildi, lekin to'pni qochirib yubordi. 

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi! Uni "Alaves" vakili boshlab berdi.  


"Real Madrid" - "Alaves"
20 fevral, 01:00

"Real Madrid" - Kurtua, Karvaxal, Militao, Alaba, Benzema, Modrich, Asensio, Kazemiro, Valverde, Vinisius, Mendi

Real Madrid

Marco Asensio - 63', Vinicius Junior - 80', Karim Benzema - 90'

LaLiga . 25-tur

20/02/2022, 00:00

0
:
3
Tugadi

Deportivo Alaves

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 42180 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Munuera

45'
90'
33'  Luka Modric
63'  Marco Asensio
63'  Karim Benzema
80'  Vinicius Junior
80'  Karim Benzema
82'  Marco Asensio (Daniel Ceballos)
82'  Luka Modric (Rodrygo)
85'  Ferland Mendy (Marcelo)
85'  Vinicius Junior (Eden Hazard)
87'  Daniel Carvajal (Lucas Vazquez)
90'  Karim Benzema
48'  Mamadou Loum Ndiaye
61'  Jason (Pere Pons)
72'  Gonzalo Escalante (Edgar Mendez)
72'  Luis Rioja (Manuel Vallejo)
83'  Ruben Duarte (Ximo Navarro)
83'  Mamadou Loum Ndiaye (Antonio Moya)

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика