La Liga. "Real" mavsumdagi 3-mag'lubiyatini qabul qilib oldi
29 noy 2020 02:55
Yangiliklar


La Liga. "Real" mavsumdagi 3-mag'lubiyatini qabul qilib oldi
Bugun "Alaves" "Real" maydoniga safar uyushtirdi. Uchrashuvda hisob mehmonlar tomonidan ochildi — 5-daqiqada Lukas Peres penaltini golga aylantirdi. O'yinning 49-daqiqasida esa "qirollik klubi" darvozaboni Tibo Kurtua "Alaves"ga gol sovg'a qildi — imkoniyatdan "Real" tarbiyalanuvchisi Xoselu foydalanib ketdi. "Qaymoqranglilar"ning hisobni qisqartiruvchi goliga Kazemiro mualliflik qildi. Braziliyalik yarim himoyachi 89-daqiqada to'p burchakdan o'yinga kiritilgach vaziyatdan unumli foydalandi. SHu tariqa Zinedin Zidan shogirdlari mavsumdagi 3-mag'lubiyatini qabul qilib oldi → TURNIR JADVALI
Real Madrid Casemiro - 86' |
LaLiga . 11-tur 29/11/2020, 01:00 2
:
1
Tugadi
|
Deportivo Alaves Lucas Perez - 5', Joselu - 49' |
Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Adrian Cordero
Real Madrid – Alaves 1:2
29 noyabr, 01.00, "Estadio Alfredo Di Stefano"
Gollar:
0:1 – 5, penalti Lukas Peres, 0:2 – 49 Xoselu, 1:2 – 86 Kazemiro.
Real Madrid – Kurtua, Marselo (Mendi, 69), Varan, Nacho, Vaskes, Kroos (Isko, 69), Modrich (Edegor, 69), Asensio (Vinisius Junior, 63), Kazemiro, Azar (Rodrigo, 28), Mariano Dias.
Alaves – Pacheko, Lejen, Ximo Navarro, Duarte, Laguardia, Battalya, Pina (Mendes, 77), Xota, Rioxa (Xavi Lopes, 88), Xoselu (Deyverson, 90), Lukas Peres (Sayns, 88).
Ogohlantirishlar:
Kazemiro (18), Kroos (61), Rioxa (67), Duarte (76), Mendes (88).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar