La Liga rahbari: "Superligaga roziman"
16 iyu 2021 08:31
Yangiliklar
La Liga rahbari: "Superligaga roziman"
La Liga prezidenti Xaver Tebas Evropa Superligasi loyihasini qo'llab-quvvatladi.
"Superliga borasida men ularni qo'llab-quvvatlayman. Bu haqida "Real" va "Barselona"ga ham aytdim. Qisqasi, o'ylashimcha klublar qarorlar qabul qilishda o'z tasir kuchlariga ega bo'lishlari lozim.
Masalan, ular televizion huquqlar bilan bog'liq masalalarni hal qila olishlari kerak.
Klublar futbolning yuragi. Ammo, top-klublarni quyidagi mazmunda beradigan bayonotlari uchun tanqid qilaman: "Biz bu erda asosiymiz, qolganlarga esa pulni savob uchun beramiz".
UEFA bu borada qarorga kelishi kerak. Men bu haqida CHeferinga ham aytdim", - dedi Tebas.
Fikrlar