So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  9 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

La Liga. O'tgan turda durang o'ynagan “Atletiko Madrid” “Granada” mehmoni bo'ladi va 23-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi Yangiliklar

La Liga. O'tgan turda durang o'ynagan “Atletiko Madrid” “Granada” mehmoni bo'ladi va 23-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi

Bugun Ispaniya chempionatida 23-tur o'yinlari start oladi. Qiziqarli bahslarga boy bo'lgan 22-tur haqida biroz to'xtalib o'tamiz.

Qoniqarsiz natijalar og'ushida qolayotgan “Real Madrid” va nihoyat jamoasi mehmonda “Ueska”ni 1:2 hisobida mag'lub etdi. Qo'shimchasiga, 9 fevral kuni 1-turning qoldirilgan bahsida ishtirok etgan madridliklar “Xetafe”ni mag'lub eta bilishdi – 2:0. “Betis” – “Barselona” bahsidan avval kataloniyaliklar uchun “Betis”ni noqulay raqib degandik. Haqiqatan ham shunga o'xshash bo'ldi, “Barselona” uchun og'ir kechgan o'yinda jamoa 2:3 hisobida g'alabaga erishdi. “Atletik Bilbao” – “Valensiya” uchrashuvida durang natija qayd etildi – 1:1. Turnirda peshqadam bo'lib turgan Madridning boshqa bir jamoasi “Atletiko” esa “Selta”ni qabul qildi va 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. SHu va boshqa uchrashuvlar bilan yakuniga etgan 22-turdan so'ng oldinda kutayotgan 23-tur haqida so'z olib boramiz. 


23-turning ilk uchrashuvi – “Selta” – “Elche”

Mazkur uchrashuvda favorit har tomonlama olib qaralganda “Selta”. Sababi, jamoa ayni vaqtda 10-o'rinda ketmoqda. Qo'shimchasiga mazkur bahs aynan “Selta” maydonida bo'lib o'tadi. “Elche”da esa vaziyat biroz og'irroq. Jamoa ayni vaqtda 18 ochko to'plagan holda 19-o'rinda bormoqda. Xavfli zonadan chiqishi uchun faqat va faqat g'alaba zarur. Mazkur o'yin bugundan ertagaga o'tar kechasi soat 01:00 da start oladi. 

O'zaro o'yinlar: Umumiy o'tkazilgan 38 bahsdan 13 tasida “Selta” va yana 13 tasida “Elche” g'alaba qozongan. 12 uchrashuv esa durang bilan yakunlangan. Oldindagi uchrashuvda biror jamoa g'alaba qozonsa o'zaro statistikada oldinga chiqib olishi kutilyapti.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: David Xunka, Serxio Alvares (“Selta”). Fidel CHaves (“Elche”).


O'tgan turda durang o'ynagan “Atletiko Madrid” “Granada” mehmoni bo'ladi

Madridning “Atletiko”sini 22-turda durang natija qayd etganini takidlab o'tdik. Endi jamoni turnir jadvalida 8-o'rinda bo'lgan, o'tgan turda mehmonda “Levante” bilan durang o'ynagan “Granada” kutib turibdi. “Atletiko” taqibchilarini o'zlariga biroz bo'lsada yaqinlashishiga imkoniyat yaratib berdi. Agar bu o'yinda ham 3 ochkosiz qoladigan bo'lsa yanada yaqinlashish ehtimoli oshadi boshqa jamoalarning. “Granada”ning 21-turda ham durang o'ynaganini qayd etsak ular durangchi jamoaga aylanib qolgan go'yo. Ushbu bahs o'z uylarida, peshqadam jamoaga qarshi bo'lishini inobatga olsak tabiiyki ular 3 ochko uchun harakat qilishadi. Barchasi qanday bo'lishini maydonda – 13 fevral kuni soat 18:00 da ko'ramiz. 

O'zaro o'yinlar: La Liga doirasida bo'lib o'tgan 49 o'yinning, 9 tasida “Granada”, 30 tasida esa “Atletiko Madrid” g'alabaga erishgan. 10 bahs esa durang bilan yakuniga etgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Neyder Losano, Luis Milya, Kini, Maksim Gonalon, Yanxel Erera (“Granada”). Joau Felish, Mario Ermoso, Mussa Dembele (“Atletiko Madrid”).


“Barselona” o'z uyida “Alaves”ni qabul qiladi

Mazkur jamoalarning ikkisi ham o'tgan turda g'alaba qozonishgan. “Alaves” “Valyadolid” ustidan 1:0 hisobida ustun kelgan bo'lsa, “Barselona” mehmonda “Betis”dan ustun kelgan. Tan olish kerak, kataloniyaliklarning holati 5-6 tur avvalgiga qaraganda anchagina yaxshilangan. “Barselona” “kuchli uchlik”dan joy olib bo'lgan. “Alaves” esa xavfli zonaga tushib ketmaslik harakatida. O'zining taqibchisidan 2 ochko farq bilan ustun turibdi ayni vaqtda. Mehmonda ochko olishga harakat qilib ko'rishi tabiiy jamoaning. Voqealar rivoji qanday bo'lishini 13 fevraldan 14 fevralga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadigan bahsda bilib olamiz. 

O'zaro o'yinlar: Jami bo'lib o'tgan 36 o'yindan 25 tasini “Barselona”, 5 tasini “Alaves” yutgan bo'lsa, 6 o'yinda durang natija qayd etilgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Ansu Fati, Serxi Roberto, Jerar Pike, Ronald Arauxo, Filippe Koutino (“Barselona”). Rodrigo Eli, Fakundo Pelistri (“Alaves”).


Turning etiborli bahsi – “Real Madrid” – “Valensiya”

Madridning “Real”ini o'ziga kela boshlagani haqida yozdik. Jamoa endi o'z uyida bu mavsum ishlari yurishmayotgan “Valensiya”ni qabul qiladi. Ayni damda valensiyaliklar 24 ochko bilan 12-pog'onada joylashib turibdi. Afishasi etibori bilan markaziy bo'lib turgan mazkur o'yin chindan ham qiziqarli kechishi mumkin. Sababi raqiblar prinsp jihatdan ham harakat qilishadi. Hozirgi holat, statistika qanday bo'lishidan qatiy nazar sobiq raqiblar bahsi doimo qiziqarli bo'lishi kutilaveradi. Ushbu bahs 14 fevral kuni 20:15 da boshlanadi. 

O'zaro o'yinlar: Ispaniya chempionati doirasidagi 171 o'yindan 88 tasida “Real Madrid”, 46 tasida “Valensiya” 3 ochkoga ega chiqishgan. 37 bahsda esa tomonlar 1 ochkodan bo'lishib olishgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Federiko Valverde, Eden Azar, Alvaro Odriosola, Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Lukas Vaskes, Rodrigo (“Real Madrid”). Denis CHerishev, Terri Korreya, Elyakim Mangala, Muktar Dyakabi (“Valensiya”).


23-turning so'nggi uchrashuvi – “Kadis” – “Atletik Bilbao”

Yodingizda bo'lsa birinchi davra avvalida “Kadis”ni ECHL uchun yo'llanma beradigan o'rinlar qatorida ko'rayotgan edik. Biroq hozirgi kunda jamoa ancha quyida – 24 ochko bilan 14-o'rinda. “Atletik Bilbao” esa 25 ochko bilan 11-pog'onada joylashgan. Ushbu o'yinda “Kadis” g'alabaga erishgudek bo'lsa ular bilbaoliklardan o'tib ketishadi. Raqib jamoa ham tabiiyki, bu narsani xohlamagan holda harakat qilishadi. O'yinning harorati yuqori bo'lishi tabiiy. Ushbu uchrashuv 15 fevraldan 16 fevralga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

O'zaro o'yinlar: Umumiy o'tkazilgan 29 o'yinning 7 tasini “Kadis”, 14 tasini “Atletik Bilbao” yutgan. Yana 6 uchrashuv esa durang bilan yakunlangan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xose Mari, Augusto Fernandes, Aleks Fernandes, Karlos Akapo (“Kadis”). Inigo Visente, Iker Munyain, Peru Nolaskoayn, Aser Vilyalibre (“Atletik Bilbao”).


SHuningdek, mazkur turda quyidagi uchrashuvlar ham o'tkaziladi:

13.02  20:15   (Toshkent vaqti)  “Sevilya” – “Ueska”

13.02  22:30   (Toshkent vaqti)  “Eybar” – “Valyadolid”

14.02  18:00   (Toshkent vaqti)  “Xetafe” – “Real Sosedad”

14.02  22:30   (Toshkent vaqti)  “Levante” – “Osasuna”

14.02  01:00   (Toshkent vaqti)  “Vilyarreal” – “Betis”


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика