So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  149 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  3 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

La Liga. Messisiz o'ynaydigan “Barselona” “Elche” maydoniga safar qiladi va 20-turning boshqa o'yinlari prevyusi Yangiliklar

La Liga. Messisiz o'ynaydigan “Barselona” “Elche” maydoniga safar qiladi va 20-turning boshqa o'yinlari prevyusi

Kechagina Ispaniya chempionatining 19-turi yakunlangandi. Bugundan boshlab esa 20-turga start beriladi. Tayyormisiz, unda boshladik!

Garchi yakunlanganiga 24 soat bo'lmasa ham o'tgan turni birrov eslab o'tishni joiz deb topdik. Bo'lib o'tgan 8 ta o'yinning 4 tasida durang natija qayd etildi. 4 durangning 3 tasida bir xil – 2:2 hisoblari qayd etildi. “Sevilya” mehmonda “Alaves”ni 1:2 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, “Xetafe” o'z maydonida “Ueska”ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. “Betis” – “Selta” uchrashuvida mezbonlar 3 ochkoni qo'lga kiritishgan bo'lishsa, turnir jadvalida peshqadam “Atletiko Madrid” mehmonda “Eybar”ni mag'lub etdi – 1:2. 

Bugundan boshlanajak 20-tur uchrashuvlarining anonsi bilan quyida tanishing. 


Turning dastlabki uchrashuvi: “Levante” – “Valyadolid”

Ushbu jamoalarning ochkolar orasidagi farqi 3 ochkoni tashkil etadi. “Levante” 22 ochko bilan 12-o'rinni band etgan bo'lsa, “Valyadolid” 19 ochko bilan 16-pog'onada. 19-turda ikki jamoa ham bir xil – 2:2 hisoblarida durang o'ynashgan. “Valyadolid” oldinda kutib turgan uchrashuvda mag'lub bo'lsa xavfli zonaga tushib ketishi ham mumkin. Biroq, jamoa mehmonda o'ynaydi va “Levante” ham bu borada yuqori o'rinlarga chiqish uchun g'alabaga intilsa kerak. Mazkur bahs bugundan ertagaga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi. 

O'zaro o'yinlar: Jami bo'lib o'tgan 27 o'yindan 11 tasida “Levante”, 9 tasida “Valyadolid” g'alaba qozongan. 7 bahs esa durang natija bilan yakuniga etgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Nikola Vukchevich, Xose Kampanya, Serxio Postigo, Oskar Duarte, SHeyk Dukure, Rober Per (“Levante”). Serxi Gvardiola, Xavi Sanches, Valdo Rubio, Kiko Olivas, Raul Garsiya, Markos de Souza, Javad El-Amik, Saydi Janko, Joau Filipe (“Valyadolid”).


“Kuchli to'rtlik”ka kirolmayotgan “Sevilya” o'z maydonida “Kadis”ni qabul qiladi

“Kadis”ning mavsum avvalidagi natijalari-yu, ko'rsatgan o'yinlarini bir eslang. Jamoa CHempionlar ligasiga yo'llanma beradigan o'rinlar uchun kurashga kirishib ketgandi. Ammo bir necha salbiy natijalardan so'ng hozir jamoa o'rtameyonalar qatorida yuribdi. “Sevilya” esa bir harakat bilan 3, hatto 2-o'ringa ham ko'tarilib olish mumkin. Albatta, bu boshqa jamoalarga ham bog'liq bo'lgan holat. Ushbu o'yin “Sevilya” maydonida bo'lishini inobatga olsak “Kadis”ga biroz qiyin bo'lishi mumkin. 23 yanvar 20:15 da boshlanadigan o'yin barchasiga oydinlik kiritib beradi. 

O'zaro o'yinlar: La Liga doirasidagi 25 o'yindan 12 tasida “Sevilya”, 4 tasida “Kadis” 3 ochkoga ega chiqqan. 9 uchrashuvda esa tomonlar 1 ochkodan bo'lishib olishgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Serxio Eskudero, Tomash Vatslik, Diego Karlos (“Sevilya”). Luis Espino, Xose Mari, Augusto Fernandes, Karlos Akapo, Markos Lopes (“Kadis”).


“Real Madrid” autsayder “Alaves” mehmoni bo'ladi

“Real Madrid”ning autsayder jamoalarga (o'zidan kuchsiz jamoalar desa ham bo'ladi) mag'lub bo'lishiga odatlanib qoldik. Ispaniya Superkubogida “Atletik Bilbao”ga yutqazgan jamoa, Ispaniya kubogi doriasida “Alkoyano”ga ham mag'lub bo'ldi. “Alaves” esa 19-turda o'z uyida “Sevilya”ga imkoniyatni boy berdi va ayni vaqtda jamoa 18 ochko bilan 17-o'rinda. Madridliklar qatorasiga omadsizliklardan so'ng raqiblariga qiyinchilik tug'dirishi tabiiy. Ushbu o'yin 23 yanvardan 24 yanvarga o'tar kechasi 01:00 da start oladi. 

O'zaro o'yinlar: Umumiy bo'lib o'tgan 33 bahsning 5 tasi “Alaves”, 26 tasi “Real Madrid”ning g'alabasi bilan yakuniga etgan. 2 uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Rodrigo Eli (“Alaves”). Daniel Karvaxal, Rodrigo (“Real Madrid”).


Messisiz o'ynaydigan “Barselona” “Elche” maydoniga safar qiladi

Ispaniya Superkubogi finalida mag'lub bo'lgan kataloniyaliklar kubok uchrashuvida “Kornella”ni mag'lub eta olishdi. Messining 2 ta o'yinga chetlatilgani aynan mazkur bahsga ham tasir qiladi. Biroq, “Elche” baribir autsayder jamoalar qatorida. Jamoa 18-pog'onada joylashgan. “Barselona” garchi 3-o'rinda bo'lsa ham bir omadsizlik sabab pastga tushib ketish ehtimoli mavjud. SHunday ekan ikkisining ham ochko yo'qotgisi yo'q. Qiziqarli kechishi kutilayotgan ushbu o'yin 24 yanvar kuni 20:15 da boshlanadi. 

O'zaro o'yinlar: Ispaniya chempionati doirasida bo'lib o'tgan 42 o'yinning 22 tasida “Barselona”, 8 tasida “Elche” g'alaba qozongan. 12 uchrashuv esa durang natija bilan yakunlangan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Omenuk Mfulyu, Fidel CHaves, Daniel Kalvo, Tete, Gvido Karrilo (“Elche”). Ansu Fati, Serxi Roberto, Jerar Pike, Ronald Arauxo, Filippe Koutino (“Barselona”).


Afisha jihatidan markaziy o'yin: “Atletiko Madrid” – “Valensiya”

Ushbu bahsni avvalgi yillarda chinakamiga markaziy deyish mumkin edi. Biroq, bu mavsumda “Valensiya”ning ishlari chappasiga ketmoqda. Jamoa 19 o'yindan so'ng 20 ochko bilan 14-pog'onada. Madridliklar esa turnir jadvalida peshqadam. Ammo, bu erda boshqa factor – azaliy raqiblarning o'zaro hisob-kitobi va printsipiallik katta ro'l o'ynashi mumkin. Yakshanbadan dushanbaga o'tar kechasi 01:00 da boshlanishi reja qilingan o'yin barchasiga oydinlik kiritib beradi.

O'zaro o'yinlar: Jami o'tkazilgan 175 o'yindan 60 tasida “Atletiko”ning, 57 tasida “Valensiya”ning qo'li baland kelgan. 44 bahsda durang qayd etilgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Ektor Erera, Mario Ermoso (“Atletiko Madrid”). Yasper Sillessen (“Valensiya”). 


SHuningdek, 20-turda quyidagi uchrashuvlar ham o'tkaziladi:


23.01  18:00   (Toshkent vaqti)  “Ueska” – “Vilyarreal”

23.01  22:30   (Toshkent vaqti)  “Real Sosedad” – “Betis”

24.01  18:00   (Toshkent vaqti)  “Osasuna” – “Granada”

24.01  22:30   (Toshkent vaqti)  “Selta” – “Eybar”

25.01  01:00   (Toshkent vaqti)  “Atletik Bilbao” – “Xetafe”



Qishning qorli kunlarida maroqli tomosha tilaymiz!


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика