So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

La Liga. Markaziy bahs “Barselona” – “Valensiya” va 14-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi Yangiliklar

La Liga. Markaziy bahs “Barselona” – “Valensiya” va 14-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi

Prevyuni o'qishdan avval bir marta turnir jadvaliga ko'z yugurtirib oling.

Kuchli uchlikda turgan jamoalar to'plagan ochkolarni ko'rdingizmi? Ularning ortidan quvib kelayotgan klublar natijalarachi? Bo'ldi a, boshqa izohga hojat yo'q, menimcha. Keling, o'tgan turni birrov eslab o'tamiz-u, 14-tur haqida so'zlashni boshlaymiz.

13-turning markaziy o'yini shubxasiz “Madrid derbi”si edi. “Real” hamda “Atletiko” jamoalari o'rtasidagi bahsda mezbonlar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi (2:0). “Barselona” o'z maydonida “Levante” ustidan minimal hisobda g'alabaga erishdi (1:0). “Kadis”ni ECHLga chiqishini tahmin qilganlar esa adashishgan ko'rinadi, mehmonda “Selta”ga yirik 4:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. “Valensiya” – “Atletik Bilbao” uchrashuvi esa jangovar durang bilan yakunlandi (2:2). SHu va boshqa natijalar bilan yakuniga etgan 13-turdan so'ng oldimizda 14-tur bizni kutmoqda.

Darvoqe, “Real Madrid” hamda “Barselona” jamolari hafta o'rtasida 19-tur o'yinlarida ishtirok etishdi. Madridliklar “Atletik” ustida 3:1 hisobida g'alabaga erishishgan bo'lishsa, “Barselona” “Real Sosedad”ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 14-tur bizga qanday uchrashuvlarni tayyorlagan deysizmi, keling birgalikda tanishamiz.


Turning ilk o'yini – “Atletik Bilbao” – “Ueska”

Juma oqshomingizni bezab beruvchi uchrashuv haqida qisqacha to'xtalamiz. Jamoalarning turnir jadvalidagi holatini qoniqarli deb bo'lmaydi (“Atletik” – 13-o'rin, “Ueska” – 19-o'rin). Ikkisi ham 13 o'yinni o'tkazgan. Jadvaldagi ikki jamoa oralig'ini ko'rib ancha ekanligi haqida o'ylash mumkin, biroq ularning ochkolar orasidagi farq bor yo'g'i 3 ochkoni tashkil qiladi (“Atletik” – 14 ochko, “Ueska” – 11 ochko). “Atletik” o'tgan tur durang o'ynadi, hafta o'rtasida esa “Real Madrid”ga mag'lub bo'ldi. Ushbu o'yinda esa ochko ularga zarur. 13-turda g'alaba qozongan “Ueska” esa o'yinga ishonchi ortib kelgan bo'lsa ajabmas. Qisqasi, maydonda bizni qiziqarli o'yin kutmoqda. 

O'zaro o'yinlar: Atigi 5 o'yinning, 3 tasida “Atletik” g'alaba qozongan bo'lsa, 2 bahsda jamoalar durangga imzo chekishgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Peru Nolaskoayn (“Atletik Bilbao”). Antonio Valera, Sandro Ramires (“Ueska”).


Peshqadam “Atletiko” o'rtamiyona “Elche”ga qarshi

Madridning “Atletiko”si bu mavsumni chinakamiga “yondiryapti”. Ketma-ket g'alabalar (o'tgan turdagini hisobga olmaganda), chempionatdagi peshqadamalik va hokazo. “Elche” esa biroz o'z o'yinini topa olmay yuribdi. Ikkisi ham bir xil 11 o'yin o'tkazgan, “Atletiko” shularning bittasida mag'lub bo'lgan (o'sha ham o'tgan tur, “Real Madrid”ga qarshi o'yinda). “Elche” esa 3 g'alaba, 5 durang, 3 mag'lubiyatga erishgan. 19 dekabr, soat 18:00 da bo'lib o'tishi rejalashtirilgan o'yinda g'olib nomini bilib olamiz.

O'zaro o'yinlar: Mazkur bahs jamoalarning o'zaro 50 o'yini bo'ladi. Undan avval o'tkazilgan 49 bahsning 28 tasida “Atletiko”, 11 tasida “Elche” g'alaba qozongan bo'lsa, yana 10 o'yin durang bilan yakuniga etgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xose Ximenes, Diego Kosta (“Atletiko Madrid”). Gvido Karrilo (“Elche”).


Turning markaziy(roq) o'yini – “Barselona” – “Valensiya”

Ronald Kuman shogirdlari endi-endi o'ziga kelib olmoqda. “Valensiya” esa hamon o'z o'yinini topib olayotgani yo'q. 13-turda o'z maydonida “Atletik Bilbao” bilan durang qayd etgan valensiyaliklar bu gal yanada qiyin raqibga duch kelishdi. Jadvalda o'zidan tashqari 3 jamoa bir xil 14 ochko to'plagan bo'lsa, 2 jamoa ulardan bir ochko kam to'plashgan. “Barselona” 12 o'yindan so'ng 20 ochko to'plagan, 5-pog'onada. 3 ochko-ku ularni yuqoriga olib chiqmasligi mumkindir, lekin yo'qotilgan 3 ochko ularni pastga tushirib yuborish ehtimoli yuqori. SHanba kuni soat 20:15 da barchasiga oydinlik kiritiladi. 

O'zaro o'yinlar: 3 o'yin kam 200 ta bahs o'tkazilgan mazkur jamoalar o'rtasida. SHulardan 94 tasida “Barselona”, 53 tasida “Valensiya” g'alaba qozongan. 50 uchrashuv esa durang bilan yakuniga etgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Ansu Fati, Serxi Roberto, Jerar Pike, Usman Dembele (“Barselona”). Xose Luis Gayya, Li Kan In, Kevin Gameyro, Yasper Sillessen (“Valensiya”).


14-tur intrigasi: “Granada” – “Betis”

Dam olish kunini markaziy bo'lmagan, biroq ikki jamoa uchun yaxshigina intrigali bo'lgan o'yin bilan o'tkazishingiz mumkin. Jamoalarning orasida atigi 2 ochko mavjud. “Granada” o'tgan tur mehmonda “Elche” ustidan g'alabaga erishgan bo'lsa, “Betis” durang o'ynadi, o'z maydonida. To'plar nisbati ikkisida ham yaxshi ahvolda emas (“Granada” -5, “Betis” -9). Ushbu o'yinda mehmonlarning qo'li baland kelsa raqiblaridan oldinga o'tib oladi. “Granada”ning mag'lubiyati ularni pastga tushirib yuborsa, 3 ochko olishi bilan hatto “Barselona”dan ham o'zib ketishlari mumkin. Albatta, bunga boshqa jamoalarning natijasi ham o'z tasirini o'tkazadi. Mazkur o'yin 20:15 da start oladi.

O'zaro o'yinlar: 45 o'yinning 15 tasida “Granada”ning, 19 tasida esa “Betis”ning qo'li baland kelgan. 11 bahs durang bilan yakuniga etgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Anxel Montoro, Neyder Losano, Kini, Fede Viko, Xesus Valexo (“Valensiya”). Sidney, Serxio Kanales, Klaudio Bravo, Viktor Kamarasa (“Betis”).


Turning so'nggi o'yini – “Eybar” – “Real Madrid”

Bir necha o'yinlarda qatorasiga g'alaba qozonayotgan Madridning “Real”i, bu turda “Eybar”ga qarshi maydonga chiqadi. “Eybar” ham oxirgi vaqtlar yaxshi natijalar qayd etmoqda. Xususan, o'tgan turda “Real Sosedad”ga mehmon bo'lib, 1:1 hisobida durang qayd etishga erishdi. Turnir jadvalida ham sekin-asta yuqorilayapti (“Valensiya”, “Atletik Bilbao” kabi jamoalardan oldinda, masalan). “Real” esa mag'lub bo'lsa o'z o'rnini yo'qotib qo'ymasligi aniq, biroq oldindagi ikki jamoadan qolib ketish ehtimoli bor. G'alaba esa ularni peshqadamga ham aylantirishi mumkin. Avvalroq aytganimizdek, bu boshqa jamoalarga ham bog'liq bo'lgan jihat. Yakshanbadan dushanbaga o'tar kechasi soat 01:00 da uchrashuvni kuzatishimiz mumkin.

O'zaro o'yinlar: O'tkazilgan 14 o'yinning atigi 1 tasida “Eybar”, 11 tasida esa “Real Madrid” g'alaba qozongan. 2 uchrashuvda durang qayd etilgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pedro Bigas, Pedro Leon, Kike, Xose Anxel (“Eybar”). Luka Yovich, Eden Azar, Martin Edegor, Mariano Dias (“Real Madrid”).


Mazkur turda shuningdek quyidagi uchrashuvlar ham o'tkaziladi:

19.12  22:30  (Toshkent vaqti)  “Osasuna” – “Vilyarreal”

19.12  22:30  (Toshkent vaqti)  “Levante” – “Real Sosedad”

19.12  01:00  (Toshkent vaqti)  “Sevilya” – “Valyadolid”

20.12  18:00  (Toshkent vaqti)  “Selta” – “Alaves”

20.12  22:30  (Toshkent vaqti)  “Kadis” – “Xetafe”


Ushbu tur yakunlanishi bilan keyingi tur juda ham tez keladi. Ispaniya chempionati eng qizg'in pallasiga kirib bormoqda. APLdagi boksing dayni bilasiz, garchi o'yinlar tig'izligi APLchalik bo'lmasa, ularning harorati aslo kam emas. Yoqimli tomosha va jangovar o'yin tilaymiz, qadrli muxlis!


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика