La Liga. “Atletiko” safarda g'alaba qozondi
25 avg 2019 23:58
Yangiliklar
Leganes – Atletiko 0:1 LIVE
Gollar: 0:1 — 71 Vitolo
25 avgust, 22:00, «Butarke»
Leganes – Soriano, Silva, Siovas, Omeruo (Arnais, 77), Rosales, Mesa, Ruben Peres, Eraso (Aviles, 78), Tarin (Bustinsa, 28), En-Nesiri, Breytueyt.
Atletiko – Oblak, Ermoso (Vitolo, 60), Tripper, Savich, Ximenes, Tomas (Lorente, 70), Lemar (Felipe, 89), Saul, Koke, Joau Feliks, Morata.
Ogohlantirishlar: Eraso (23), Rosales (34), Ermoso (52), Tomas (62), Silva (73), Lorente (80), Vitolo (86), En-Nesiri (90), Koke (90).
Leganes |
LaLiga . 2-tur 25/08/2019, 23:00 1
:
0
Tugadi
|
Atletico Madrid Vitolo - 71' |
Stadion: Estadio Butarque, 11742 tomoshabin
Bosh hakam: Ricardo De Burgos
MATNLI TRANSLYACIYA
Assalomu alaykum, aziz futbol muxlislari! Sizlarni «Leganes»—«Atletiko» o'rtasidagi bellashuvni birgalikda kuzatib borishga taklif qilamiz, qiziq bo'ladi ishonavering!!!
Uchrashuv boshlandi. Biz ham boshladik. 126 mln evrolik 19 yoshli bolakayning o'yinini kuzatishni boshlaymiz)
«Atletiko» hozircha to'pga egalik qilish borasida «Leganes»dan bir necha bosh ustun ekanligini isbotlamoqda
15. O'yinning 15 daqiqasi ortda qoldi. «Atletiko» qancha harakat qilmasin mezbonlar himoyasini yorib o'ta olmayapti
Feliks ham sheriklari kabi hozircha faollik ko'rsata olganicha yo'q
«Atletiko» xuddiki «Real»ning 2-turda ochko yo'qotganidan bexabardek o'yin ko'rsatmoqda. 22 daqiqa ortda qoldi, pichoqqa ilinadigan hujum ko'rmadik
22. Xaver Eraso esa qo'polligi uchun sariq kartochka bilan jazolandi
«Leganes»ga esa shunchaki qoyil. Ortda qolgan 30 daqiqa ichida tartibli o'yin namoyish etmoqda.
Mehmonlar safida «Tottenxem»dan xarid qilingan Kiran Tripper faolligi bilan ajralib turibdi.
«Leganes»ning hujumi, biroq Yan Oblak bejiz La Liganing eng kuchli darvozabonlaridan biri ekanligini yana bir bor isbotladi
34. Roberto Rosales hozirgina biz maqtagan Oblakka nisbatan xavfli va o'ta qo'pol o'ynadi. Hakam esa uni sariq kartochka bilan jazoladi
O'yinning 39 daqiqasi ortda qoldi, sariq kartochkalar bo'lak esda qoladigan vaziyatlar hozircha yo'q
Bo'lim so'ngiga kelib, «Leganes» faollashib qoldi. «Atletiko» esa o'zining eng sevimli ishi — himoyalanishni qoyillatmoqda
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi
U ham ortda qoldi. Bir sharhlovchimiz takrorlashdan charchamaydigan gap bilan birinchi bo'limga yakun yasaymiz:
«Tabloda hamon teshikkulchalar porlab turibdi»
Ikkinchi bo'lim boshlandi. Biz ham siz kabi gol ko'ramiz degan umiddamiz, aziz muxlislar!
53. Mezbonlarning jarimadan bergan zarbasi Oblakning qo'li va darvoza ustuniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. O'yindagi eng xavfli vaziyat — hozircha!
56. «Atletiko»dan xavfli hujum. Mezbonlar himoyachisi o'z darvozasiga gol urishiga bir bahya qoldi. Ammo darvoza ustuni bu safar «Leganes»ni goldan qutqarib qoldi
57. «Leganes»dan qarshi hujum, Oblak o'z o'rnida!
64. To'pga egalik qilish «Atletik M» foydasiga 61%—39%
71. GOOOOOOL. Zaxiradan maydonga tushganiga hech qancha o'tmagan Vitolo jamoadoshi Joau Feliksning uzatmasini golga aylantirdi
80. Zaxiradan maydonga tushgan Markos Lorente esa gol urmadi, aksincha sariq kartochka ishlab oldi
86. Vitolo gol ham urdi, mana endi sariq kartochka ham ishlab oldi. Oldingda yana ikkita yo'l qoldi, azamat: qizil kartochka va avtogol!
Uchrashuv yakunlandi. «Atletiko» Vitoloning goli evaziga 2-turda g'alaba qozondi va «Real»ni ortda qoldirdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar