La Liga. “Barselona”dan yirik g'alaba, Suaresda xet-trik, Messida dubl

25 fev 2018, 03:01
La Liganing 25-turida “Barselona” o'z maydonida “Jirona”ni yirik hisobda taslim etdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq “Jirona” futbolchilari hisobni ochgan bo'lishiga qaramay, birinchi bo'limning o'zida Suares va Messi ikki bor raqib darvozabonini ranjitishdi. Ikkinchi bo'limda Koutino va Suares gol urib, jamoasining yirik g'alabasini taminlashdi.

“Barselona” ushbu g'alabadan keyin 65 ochko bilan turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. “Jirona” 34 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia