So’nggi yangiliklar

07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади  0 01:54ЕЧЛ. ПСЖ Лондонда "Арсенал"ни таслим этди  97 00:30Вадим Абрамов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам биринчи ўринда қоламиз"  0 00:15"Ал Аҳли" "Ал Ҳилол" устидан ишончли ғалаба қозониб, Элит ОЧЛ финалига йўл олди!  26 23:50Февзи Давлетов: "Афсуски, йўл қўйган иккитагина хатомиз туфайли мағлуб бўлдик"  1 23:35Эрик Дайер "Бавария"ни тарк этади. Унинг кейинги жамоаси аниқ  0 22:49Мендининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 22:20Кетма-кет иккинчи мавсум Ўзбекистон Кубогининг амалдаги ғолиби гуруҳдан чиқа олмади  23 21:40"Лочин" бош мураббийи Сардор Тўхтаев: "Андижон" — бизни икки карра кўпроқ куч билан ўйнашга ундайдиган жамоа"  9 21:15Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" ўз майдонида "Динамо"га мағлуб бўлди, "Андижон" гуруҳда қолиб кетди  22 20:55Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" ўз майдонида йирик ғалаба қайд этди  2 20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  32 20:18Учта ўйинда 14:1, саудияликлар фойдасига. ОЧЛ Элит кубоги Саудияда қоладими?  10 19:34"Барселона" "Байер" футболчисини Испанияга қайтармоқчи  1 19:12Ўзбекистон кубоги. "Андижон" сафарда "Лочин"га ютқазиб қўйди   98

La Liga. “Barselona” “Real” bilan bir kishi kam bo'lib o'ynab durang qayd etdi Yangiliklar

La Liga. “Barselona” “Real” bilan bir kishi kam bo'lib o'ynab durang qayd etdi

La Liganing 36-turidan o'rin olgan “El-Klasiko” yakunlandi.

“Barselona” — “Real Madrid” 2:2

Gollar: 1:0 – 10 Suares, 1:1 – 14 Ronaldu, 2:1 – 52 Messi, 2:2 – 72 Beyl.

“Barselona”: ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Koutino (Nelson Semedu, 46), Serji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta (Paulino, 58), Messi, Suares (Pako, 90+1).

“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Nacho (Vaskes, 68), Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 84), Beyl, Ronaldu (Asensio, 46), Benzema.

Ogohlantirishlar: Nacho (12), Varan (31), Suares (44), Ramos (44), Messi (45), Beyl (76), Marselo (77), Rakitich (85).

CHetlatish: Serji Roberto (45).

1. Ernandes Ernandes o'yinni boshlashga ruxsat berdi

3. Hozircha mezbonlar to'pga egalik qilmoqda

4. Birinchi hujum Messi—Suares. Luisning zarbasi biroz noaniq ketdi

Hozircha ustunlik “Barselona” tomonida

5. Ronaldoning uzatmasini ter SHtegen ushlab oldi

7. SHarhlovchi Alisher Uzoqovning fikricha, Andres Inesta o'zidan keyin yangi yarim himoyachini “yasab ulgurmabdi”

8. Beylning uzatmasiga Ronaldo bosh bilan zarba berdi, biroq Mark o'z joyida

10. Suares goool!!! Robertoning uzatmasini Luis golga aylantirdi

13. Nacho Luis Suaresga qo'pollik ishlatdi. Hakam esa unga sariq kartochka ko'rsatdi

15. Ronaldo goool!!! Kross—Benzema—Ronaldo kombinaciyasi Krishtining goli bilan yakunlandi

16. Gol urilgan vaziyatda Pike Ronaldoga qarshi qo'pol o'ynadi. Ronaldoga hozir maydon tashqarisida yordam ko'rsatilmoqda

17. Ronaldo qaytdi. Biroq oqsoqlanishda davom etmoqda

23. O'yin maydon markazida kechmoqda

26. Nachoning qanotdan uzatmasiga Ronaldo bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq

26. CHap qanotdan qilingan hujum Kroosning noaniq zarbasi bilan yakunlandi

27.28. Ronaldoda ikki bor juda qulay vaziyat bo'ldi. Birida darvozabon qaytardi, birida esa Krishti noaniq zarba berdi

30. Alisher Uzoqovdan yana bir shedevr: “Umtiti “Lion”dan kelganda yosh va ancha qoloqroq o'yinchi edi”

39. Madridliklarda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Benzemaning zarbasi birozdan biroz ko'p noaniq ketdi)

42. Messi—Navas. Keylor “Real”ni goldan qutqarib qoldi

43. Ramos — Suares to'qnashuvi. Hakam ikkala o'yinchini ham ogohlantirdi

44. Messi ham Serxio Ramosga qarshi qo'pollik ishlatdi. O'yin qo'pol ko'rinish olmoqda. Leo ham sariq kartochka oldi

47. Serxi Robertoga qizil kartochka ko'rsatildi. Roberto Marseloni urib yiqitgani uchun chetlatildi

Birinchi bo'lim tugadi. “Barselona” ikkinchi bo'limni bir kishi kam bo'lib boshlaydi

Birinchi bo'lim statistikasi

“Barselona” — “Real M” 1:1

Gollar: 1:1

Zarbalar: 4-8

To'p oshirish aniqligi: 88%-91%

Yaratilgan imkoniyatlar: 4-8

To'pga egalik qilish: 59%-41%

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

46. Ronaldo o'rniga ikkinchi bo'limda Asensio harakat qiladi.

46. Koutino o'rniga Nelson Semedu maydonga tushdi

48. “Real” ikkinchi bo'limni hujum bilan boshladi. Marseloning zarbasi ancha noaniq ketdi

53. Messi goool!!! O'n kishi bo'lib qolgan “Barselona”ni Messi hisobda oldinga olib chiqdi

Luis Suares qo'pollik bilan Varandan to'pni egallab olib, Messiga uzatdi, Leo esa Navasni ojiz qoldirdi

57. Afsona Andres o'z o'rnini Paulinoga bo'shatib berdi

67. “Kamp Nou”ga 97 939 nafar tomoshabin tashrif buyuribdi

68. Lukas Vaskes Nacho Fernandez o'rniga maydonga tushdi

Ronaldosiz “Real” hujum qilishga qiynalmoqda

70. Messi birga-bir vaziyatda Navasni dog'da qoldira olmadi

73. Asensioning pasini Garet Beyl chiroyli gol bilan yakunladi

75. Hakam o'yin tizginini butunlay qo'ldan chiqarib yubordi

76. Alba Marseloning oyog'iga ochiqchasiga tepdi, biroq hakamning penalti belgilashga jasorati etmadi

82. Messining zarbasi biroz noaniq ketdi

83. Messining navbatdagi zarbasini Navas qaytardi

85. Kroos o'rniga Kovachich tushdi

O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

90+1. Luis Suares o'rniga Pako Alkaser tushdi

O'yin 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi

Barcelona

Luis Suarez - 10', Lionel Messi - 52'

LaLiga . 36-tur

07/05/2018, 00:45

2
:
2
Tugadi

Real Madrid

Cristiano Ronaldo - 14', Gareth Bale - 72'

Stadion: Camp Nou, 97939 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
10'  Luis Suarez
10'  Sergi Roberto
44'  Luis Suarez
45'  Lionel Messi
45'  Sergi Roberto
46'  Philippe Coutinho (Nelson Semedo)
52'  Lionel Messi
52'  Luis Suarez
58'  Andres Iniesta (Paulinho)
85'  Ivan Rakitic
90'  Luis Suarez (Paco Alcacer)
12'  Nacho Fernandez
14'  Cristiano Ronaldo
14'  Karim Benzema
31'  Raphael Varane
44'  Sergio Ramos
46'  Cristiano Ronaldo (Marco Asensio)
68'  Nacho Fernandez (Lucas Vazquez)
72'  Gareth Bale
72'  Marco Asensio
76'  Gareth Bale
77'  Marcelo
84'  Toni Kroos (Mateo Kovacic)

Reyting: +105   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика